Umum ped na amal-O`um 13-14



Download 4,85 Mb.
bet502/713
Sana15.02.2022
Hajmi4,85 Mb.
#449665
1   ...   498   499   500   501   502   503   504   505   ...   713
Bog'liq
pedagogika help

Nutq odobi. Nutq odobi insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir. Kishining odobi eng avvalo, uning nutqida ko’rinadi. Nutq odobi nima? Nutq odobi deganda aytilishi zarur bo’lgan xabarlarni, tinglovchini hurmat qilgan holda, uning ko’ngliga mos, adabiy normadagi ifodalar bilan yetkazish tushuniladi. Har qanday xunuk xabarni ham tinglovchiga beozor yetkazish mumkin. Buning uchun so’zlovchi tilni, adabiy til normalarini mukammal bilishi lozim. Muloyim, yoqimli, obodli so’zlash ham o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Unga yoshlikdan ongli mashqlar qilish, tilning lug’at boyligini egallash, bu borada nutqi ibratli kishilarga taqlid qilish, ulardan o’rganish orqali erishiladi. O’quvchi uchun eng yaxshi namuna bu o’qituvchi nutqidir. Buni o’qituvchi har doim o’zida his etib turishi, o’z nutqida hech vaqt odob-ahloq, nutq madaniyati normalaridan chiqmasligi lozim.
Nutqiy muomala salomlashishdan boshlanadi. Salomlashishdagi xushmuomalalik undan keyingi yaxshi suhbatga debocha bo’ladi. Tinglovchida yaxshi kayfiyat paydo qiladi. Agar salomlashish quruq, iltifotsiz bo’lsa, keyingi suhbatga salbiy ta’sir etishi mumkin. Ko’p asrlik odatiy an’analarimizga ko’ra, «Assalomu alaykum» ning javobi «Vaalaykum assalom» dan iborat. Keyingi davrlarda yoshlar orasida salom ham, alik ham to’mtoqlashib ketdi, ya’ni salom berish uchun ham, alik olish uchun ham «salom» so’zi ishlatiladigan bo’ldi. Bu tarixiy an’analarimizdan chetlashishdir.
Madaniyatli kishi o’z aybini bo’yniga ola bilishi, aybi uchun kechirim so’rashni ham bilishi zarur. O’z aybi uchun kechirim so’rash, o’z g’ururini yerga urish emas, balki odoblilik, xushmuomalalik alomatidir. «Kechirasiz, mendan o’tibdi» yoki «Avf eting, bundan so’ng takrorlanmaydi» deyish bilan kishi o’zining odobliligini namoyish etadi, xolos.
5. Bugunda nutq texnikasi bo’yicha ishlashning teatrli pedagogika tajribasi asosida nutqiy nafas, tovush, diksiya, ritmika kabi komplekslarini ishlash ko’zda tutiladi.
a) Nafas olish. Nafas olish organizmga hayot bag’ishlovchi fiziologik funksiyani bajaradi. SHu bilan birga nutqning energiya bazasi bo’lib ham hisoblanadi.
Nutq so’zlayotganda nafas olish fonatsion nafas olish deb ataladi (fono-tovush). Kundalik hayotdagi nutq asosan dialog shaklida bo’ladi. SHuning uchun ham nafas olish ortiqcha qiyinchilik tug’dirmaydi. Dars davomida o’qituvchi juda ko’p gapiradi, yangi mavzuni tushuntiradi, ma’ruza o’qiydi. Agar o’qituvchi nafas olish texnikasini yaxshi egallamagan bo’lsa, uning qon tomirlarini urishi tezlashib, yuzini qizarib ketishi, nafas qisishi sodir bo’lishi mumkin.
b) Tovush-chiqarilgan havoni hiqildoqdan o’tish paytida ovoz pardalarning tebranishi natijasida vujudga keladi. Tovush o’zining quyidagi xususiyatlari bilan harakterlanadi:
- tovush kuchi-tovush apparati organlarining faol ishlashiga bog’liq. CHiqarilayotgan havo oqimining tovush tirqishiga bo’lgan bosimi qancha katta bo’lsa, tovush ham shuncha kuchli bo’ladi;
- tovush pardozi-tovushni uzoq masofaga uzatilishi va qattiqligini sozlay olishini bildiradi;
- tovushning ixchamligi va harakatchanligi- uning mazmuniga, tinglovchilarga moslab o’zgartira olish qobiliyatini bildiradi;
- diapazon-tovush hajmi bo’lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi ohanglar bilan belgilanadi. Diapazonning qisqarishi nutqni bir ohangli (zerkarli) bo’lib qolishiga sabab bo’ladi. Bir ohangda gapirish axborotni idrok qilishni susaytiradi, uyquni keltiradi.
- tembr- tovush rangdorligi, yorqinligi hamda uning yumshoqligi va alohidaligidir.
v) Diksiya - so’z, bo’g’in, tovushning aytilishidagi to’g’ri va aniqlik, diksiya- aniq talaffuz qilish. Talaffuzning aniqligi o’qituvchi uchun professional zarurat bo’lib, o’qituvchi nutqini o’quvchilar tomonidan to’g’ri tushunilishini ta’minlaydi. Talaffuzning aniqligi aytilayotgan so’z, bo’g’in va tovushlarning qat’iy aniqligidir. U nutq apparati barcha a’zolarini (lablar, jag’, tishlar, yumshoq va qattiq tanglay, kichik til, kyokirdak, tomoq orqa devori, tovush naychalari) birgalikda ishlashiga bog’liqdir. Til, lablar, yumshoq tanglay, kichik til, va pastki jag’ nutqda faol ishtirok etadi. SHuning uchun ham ularni mashq qildirish muhim ahamiyatga egadir.
g) Ritmika- bu ayrim so’z va bo’g’inlarning aytilish muddati va to’xtalishi, nutq va ifodalarning navbat bilan o’z o’rnida ishlatilishini bildiradi. Bu nutqning muhim elementi bo’lib, ba’zan intonatsiya va pauza so’zdan ko’ra kuchli emotsional ta’sir qiladi.

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   498   499   500   501   502   503   504   505   ...   713




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish