Umum ped na amal-O`um 13-14



Download 4,85 Mb.
bet266/713
Sana15.02.2022
Hajmi4,85 Mb.
#449665
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   713
Bog'liq
pedagogika help

Pedagogik faoliyat — bu o’qituvchining o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish vazifalarini hal qilishga qaratilgan hamda pedagogik ta’sir o’tkazish vositalari bilan amalga oshiriladigan professional faolligidir. O’qituvchi bu mazkur faoliyatning bir necha turlarini bajaradi: o’qitadi, tarbiyalaydi, yo’l - yo’riqlar ko’rsatadi, tashkil qiladi, targ’ibot yurgizadi, mustaqil bilim olish bilan shug’ullanadi. Bularning hammasi bevosita yoki bilvosita o’qitish va tarbiyalash vazifalarini hal qilishga yo’naltirilgan. Pedagogik faoliyat maqsad va vazifalarni faoliyatning motivatsion — oriyentirlash bosqichi, vaziyatni tushunishi namoyon bo’ladi, motivlar tug’iladi, faoliyatga ruhiy tayyorgarlik vujudga keltiriladi, maqsad va vazifalar qo’yiladi va o’zgartiriladi; pedagogik ta’sir o’tkazish vositalari (faoliyatning ijro qilishning dastlabki bosqichi, o’qituvchini o’quvchilarnnng psixik rivojlanishlariga ta’sir o’tkazishi); pedagogik o’z - o’zini tahlil qilish usullarini (nazorat — baholash bosqichida ) o’qituvchi qo’yilgan vazifani hal etadi va buning uchun mavjud sharoitlar nuqtai nazardan o’z harakatini tahlil qiladi va tuzatishlar kiritadi) o’z ichiga oladi.
Pedagogik maqsad va vazifalar yanada umumiy planda bo’lishi mumkin. Masalan, haqiqiy fuqaroni, komil insonni tarbiyalash, mehnatga va uzluksiz ta’limga tayyorgarlikni shakllantirish, o’quvchilarning bilimi sifatini oshirish, ularning individual ijodiy qobiliyatlarini mustahkamlash yanada xususiyroq o’quv yurti xususiyatidan kelib chiqqan holda o’quv predmeti hamda sinfdagi kontingenti aniqlanadi. O’quvchilarning psixik rivojlanishi, maqsad va vazifalarining biri bilimlarni o’zlashtirishni, boshqalari — shaxsning o’sishini ta’minlaydi. Masalan, shaxsning qimmatli sifatlaridan o’quv ishidagi o’z - o’zini nazorat qilishni. Uchinchi guruh eca o’quvchilarda, masalan, boshlagan ishni oxirigacha yetkazish ko’nikmasi, puxtalik va shunga o’xshashlarni tarbiyalash bilan bog’liqdir. SHuning uchun aslida o’qituvchi har doim birgina emas, balki bir nechta pedagogik vazifalar qo’yadi va ularni ish davomida pedagogik vaziyatlarga, jumladan, pedagogik vazifalarning qo’yilishi va hal qilinishi sharoitlari va boshqalarga bog’liq ravishda tuzatib boradi. Bunday vaziyatlar rejali (masalan, muammoli dars, tarbiyaviy tadbir) va tasodifiy (tarbiyasi qiyin o’smirnnng qo’qqisdan namoyon bo’ladigan xulqi) bo’lishi mumkin. Mohir o’qituvchi pedagogik vaziyatni to’la boshqarishga intiladi va ayni shu vaqtning o’zida bolalarning tashabbusiga keng yo’l qo’yadi. Zaruriyat, tug’ilganda u har qanday kutilmaganda yuz berishi mumkin bo’lgan vaziyatlarni pedagogik vaziyatga aylantira oladi.
Pedagogik faoliyat o’quvchilarga uch xil pedagogik ta’sir ko’rsatishni nazarda tutadi: nimaga o’qitish, kimni o’qitish va qanday o’qitish. Gap o’zining o’quv predmetidan material tanlash va uni guruhlarga ajratish o’quvi haqida borayapti; o’quvchilarning mavjud imkoniyatlarini, shuningdek eng yaqin rivojlanish zonalarini o’rganish; yuqorida tilga olingan ta’limning yanada umumiy maqsadlarini amalga oshirib, o’quvchilarga ta’sir ko’rsatishning forma va metodlarini tanlash va qo’llash.
Tabiiyki, o’qituvchining o’z shaxsiy faoliyatini o’zi tahlil qilmasdan iloji yo’q. Ish davomida o’quvchilar va o’zining shaxsiy mehnatini va sarflangan vaqtni hisobga olishlik, ishdagi bo’sh o’rinlarni ko’ra bilishlik va ularning bartaraf etish yo’llarini tanlashlik, o’z tajribasini va hamkasblarining ishlarini tahlil qilishlik juda muxim. Agar pedagogik faoliyatining barcha sanab o’tilgan tarkibiy qismlari mavjud bo’lsa, u holda uni psixologik jihatdan to’la va yetuk deb hisoblash mumkin. Ammo, bu ba’zan chala ham bo’ladi: o’qituvchi, masalan, pedagogik vazifalarni mustaqil holda qo’ya olmaydi, balki ularni tayyor metodik ishlanmalariga suyangan holda pedagogik ta’sir ko’rsatishni amalga oshiradi, lekin ularni tahlil qila olmaydi. Pedagogik faoliyat davomida pedagogik vazifa (pedagogik maqsad)larni qo’yish va uni o’zgartirish, pedagogik vaziyatlarni taqqoslash va klassifikatsiyalash, qaror qabul qilish pedagogik tafakkur va pedagogik intiutsiya), tahlil etish, baholash, o’zini o’zi tuzatish (pedagogik refleksiya) va boshqalar kabi muhim professional sifatlar mujassamlanadi.

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   713




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish