Anton Semyonovich Makarenko (1888-1939) ukrain pedagogi. 1905 yildan o`qituvchilikni boshlaydi. Poltava o`qituvchilar institutida o`qiydi.
1920 yili "M.Gorkiy" nomidagi mehnat koloniyasini tuzadi, jinoyatchi bolalardan 120 dan ortig`ini tarbiyalaydi. 1927 yildan Xarkovdagi "F.Dzerjenskiy" nomidagi kommunada ish boshlaydi. Mehnatga katta e’tibor qaratiladi. Тurli narsalar yasashadi.
1933-35 yillarda "Pedagogik poema", "Ota-onalar kitobi" (1937), 1938 yilda "Minoradagi bayroqlar" asarlari chiqadi.
U "jamoada va jamoa orqali tarbiyalash" g`oyasini olg`a suradi. Makarenko mehnat bilan birga axloq tarbiyasi, bolada or nomus, iroda, xarakter va intizom tarbiyalashga alohida e’tibor beradi. Jazolash va rag`batlantirishga qo`yilgan talablarini bayon etadi. U oila tarbiyasiga oid muhim masalalarni yoritadi. Bola tarbiyasida ertaklar, kitoblar, teatr, kino va o`yinning ahamiyatini ko`rsatib beradi. Bolaning estetik tarbiyasiga alohida ahamiyat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |