T A V S I Y A N O M A
Biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a’zo bo‘lish uchun
tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat tavsiyanoma deyiladi.
U ma’muriyat yoki alohida shaxs tomonidan berilishi mumkin. Tavsiyanoma
matnida tavsiya qilinayotgan shaxsning xususiyatlari – mutaxassis sifatidagi malakasi,
oilaviy, axloqiy jihatlari va faoliyatiga baho beriladi, u tavsiya etilayotgan lavozim yoki
tashkilotga a’zo bo‘lishga munosib ekanligi yuzasidan ishonch bildiriladi.
Tavsiyanoma ba’zi xususiyatlariga ko‘ra tavsifnomaga o‘xshaydi, shu sababli
ularning ko‘pchiligi tavsifiy tavsiyanoma shaklida bo‘ladi. Ular orasidagi asosiy farq
shundaki, tavsifnomalarda shaxsning barcha ijobiy, salbiy xususiyatlari qayd qiinadi.
Tavsiyanomalarda esa uning ijobiy xususiyatlari ko‘rsatilishi bilan birga, keyinchalik
uning zimmasiga yuklatiladigan vazifani bajara olishiga ishonch bildiriladi va tavsiya
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |