etuvchilar soni ko’rsatilishi juda muhimdir, chunki bu siyosiy
va huquqiy ahamiyatga
ega. Majlis qarorlarini qabul qilish va uning qonuniy bo’lishi uchun ishtirokchilarning
nizom bo’yicha etarli ekanligi (kvorum) asosiy hisoblanadi.
Ma’muriy idoralarda majlis bayoni umumiy yoki maxsus bosma ish qog’ozlarida
rasmiylashtiriladi. Majlis bayoni bir necha sahifadan iborat bo’lsa,
fakt birinchi sahifa
bosma ish qog’ozida, qolgan betlari esa oddiy qog’ozda yoziladi.
Yig’ilish o’tkazilgan kun majlis bayonining sanasi hisoblanadi. Muntazam ish
ko’ruvchi organlar majlis bayonining raqami taqvim yili bo’yicha izchil davom etadi.
Majlis bayonida qatnashchilar ro’yxati berilganda doimiy a’zolar
va taklif
etilganlar familiyasi alohida-alohida tartibda qayd etiladi. Taklif etilganlar soni 15
kishidan oshmasa, ularning familiyasini, qavs ichida esa ish joyini ko’rsatish kerak.
Kengaytirilgan majlislarda ishtirok etuvchilarning soni ko’rsatiladi va
qatnashuvchilarning ro’yxati majlis bayoniga ilova qilinadi.
Majlis bayoni kirish va asosiy qismdan iborat bo’lib, kirish qismi kun tartibi bilan
tugaydi. Kun tartibidan so’ng ikki nusxa qo’yilib, ko’riladigan masalalar tartib raqami
bilan beriladi. Ular qaysi masala alohida satrdan yoziladi. Ularning o’zaro
tartibi
masalaning dolzarbligi
va muhimligiga qarab belgilanadi. Majlis bayonida kun tartibini bosh kelishikda
ifodalash kerak.
Kun tartibidagi masalarni bayon qilishda ma’ruzachining ismi,
familiyasi,
lavozimi alohida jumla bilan yozish maqsadga muvofiqdir.
Ba’zan kun tartibining oxirgi qismida «Turli masalalar» sarlavhasi bilan alohida
qism beriladi-ki, bu maqsadga muvofiq emas, chunki kun tartibidagi har bir masala aniq
va ravshan bo’lishi lozim.
Matnning asosiy qismi kun tartibi masalalariga muvofiq joylashadi. Har bir bo’lim
uch qismidan iborat bo’ladi:
ESHITILDI, SO’ZGA CHIQDILAR, QAROR QILINDI.
Bu so’zlar bosh (katta) harflar bilan yoziladi. «ESHITILDI» so’zidan
oldin kun
tartibidagi masalarning raqami qo’yiladi, so’zdan keyin esa ikki nuqta qo’yilib, yangi
satrdan ma’ruzachining ismi, familiyasi bosh kelishikda yoziladi. Familiyadan so’ng
chiziqqa (tire) qo’yilib, ma’ruza yoki xabarning qisqacha mazmuni bayon qilinadi. Agar
ma’ruza matni tayyor holda bo’lsa tiredan keyin - «Matn ilova qilinadi»
deb yozib
qo’yiladi. «SO’ZGA CHIQDILAR» birikmasi ham aynan shu shaklda yoziladi. Zaruriyat
bo’lganda qavs ichida har bir so’zlovchining ish joyi va lavozimi ko’rsatiladi.
Majlisda berilgan savollar ham majlis bayoniga yoziladi.
Matnning uchinchi qismida muhokama etilgan masala bo’yicha qaror qabul
qilinadi. «QAROR QILINDI» birikmasi ham bosh harflar bilan yoziladi.
Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan alohida-alohida «ESHITILDI»,
«SO’ZGA CHIQDILAR», «QAROR QILINDI» sarlavhalari qo’yiladi va so’zlovchilar
nutqining
qisqa mazmuni, qabul qilingan qaror rasmiylashtiriladi. Quyida esa ilmiy
kengash majlisining bayoni namuna sifatida berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: