Asosiy savollar:
1.
Tashkiliy farmoyish hujjatlari
2.
Bo’yruq va uning zaruriy qismlari
3.
Farmoyish hujjatlarining boshqaruvdagi ahamiyati va strukturasi
4.
Majlis bayoni va ma’lumotnoma mazmuni
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
Davlat boshqaruv organi rahbarlarining yakka hokimligiga
asoslangan huquqiy
hujjat, muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish
maqsadida qo’llaniladi.
Tashkiliy-farmoyish hujjatlari - bu bajarilishi mumkin bo’lgan
ishning aniq bir yo’lini tanlab olishdir. Tashkiliy-farmoyish hujjatlari qabul qilish
zaruriyati
mavjud holatining, bo’lishi lozim bo’lgan holat bilan mos tushmasligi
natijasida yuzaga keladi. Qabul qilingan tashkiliy-farmoyish hujjatlari reja,
topshiriq,
buyruq, farmon va farmoyishlar orqali yuridik kuchga kiritiladi va amalga oshiriladi. SHu
nuqtai nazardan tashkiliy-farmoyish hujjatlari - bu butun boshqaruv binosining poydevori
hisoblanadi. Tashkiliy-farmoyish hujjatlarini qabul qilish menejerning fikri-zikirini doim
band qilib turadigan tashvishdir. Menejer juda xilma-xil masalalar yuzasidan ishlab
chiqarish va kadrlarga oid, tashkiliy va xo’jalik masalalari
yuzasidan bir qator
tashkiliyxfarmoyish hujjatlari lar qabul qiladi. Ba’zi hollarda u bu ishni o’zi yakka
boshchilik bilan, boshqa hollarda o’z yordamchilari bilan,
yana uchinchi hollarda
ekspertlar va jamoatchilikni jalb, qilib uddalaydi. Boshqaruvga oid har qanday tashkiliy-
farmoyish hujjatlari samarli bo’lsagina, ana shu holdagina u maqsadga muvofiq deb
hisoblanadi. Oqilona tashkiliy-farmoyish hujjatlarini qabul qilish bir necha omillarga
bog’liq. Ulardan asosiylari quyidagilardir:
•
Tashkiliy-farmoyish hujjatlarni qabul qilish jarayonida axbrotning to’laligi va
uning sifati;
•
Tashkiliy-farmoyish hujjatlarni qabul qiluvchi rahbarning shaxsiy sifati;
•
Tashkiliy-farmoyish hujjatlarni qabul qilish-da tashkiliy
masalalarning oqilona
echilishi darajasi (masalan, tashkiliy-farmoyish hujjat-larni qabul qilishda mutaxassilarni
jalb etish, tashkiliy farmoyish hujjatlarni qabul qilish tizimining takomillik darajsi, ularni
ijrochilarga etkazish, nazorat qilish va bajarilish darajasi va hokazo).
Tashkiliy-farmoyish hujjatlarini to’g’ri tanlash uchun muayyan tamoyillarga
tayanish va tashkiliy-farmoyish hujjat-lariga bo’lgan talabalarni hisobga olish, aniq
tashkiliy-farmoyish hujjatlarni qabul qilish maqsadini butun xalq xo’jaligi
maqsadiga
muvofiqlashtirish mehnat jamoasi manfaatlarining jamiyat manfaatlari bilan mos
kelishini oldindan belgilash, mehnat va moddiy resurslardan tejamli
foydalanish, texnikaviy, iqtisodiy tendentsiyalarini hisobga olish zarur.
Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo’linadi:
asosiy faoliyatga oid va
kadrlarga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar doimiy, kadrlarning shaxsiy tartibiga oid
buyruqlar esa 40 yilgacha muddatda saqlanadi.
Asosiy faoliyatga oid
buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning
bo’limlari faoliyatini tartibga solishda qo’llaniladi. Ular odatda,
yuqori tashkilotlardan
kelgan ko’rsatmaviy hujjatlar xodimlarga etkaziladi, bularning ijrochi yuzasidan tadbir-
choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi.
Ichki mehnat tartibi qoidalari mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash bilan
bog’liq normativ buyruqlar ham asosiy
faoliyatga oid buyruqlarga kiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo’lib, muayyan bir
shaxsga emas, balki butun jamoaga qaratiladi.