yaxshilash haqida.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining 99.15.10 dagi
204-raqamli buyrug’iga binoan, o’qitish va o’quv jarayonining yangi tizimga o’tishi
munosabati bilan quyidagilarni:
TAVSIYA ETAMAN
1.
O’quv jarayonlarning yangi tizimiga o’tishga tayyorgarlik hay’ati ishini
yaxshilash maqsadida uning tarkibiga reja bo’limi mudiri I.Lobacheva, etakchi
mutaxassisi R.Musailova kiritilsin.
2.
Kafedraga foyda bermaydigan yordamchi 605 xonani kafedra tasarrufidan
chiqarish maqsadida yoay’atga bu boradagi aniq takliflarni ishlab chiqish
topshirilsin - muddati 22 dekabr mas’ul - hay’at raisi - G.Zokirov
Rektor Vahobov A
I S H O N C H N O M A
Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish uchun ikkinchi bir
shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat
ishonchnoma hisoblanadi. Muayyan
ish-harakatni bajarishga vakolat berish kim tomondan (muassasa tomonidanmi yoki
ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat)
va shaxsiy turlarga bo‘linadi.
R a s m i y (x i z m a t s o h a s i d a g i ) i s h o n c h n o m a l a r davlat
muassasalari, kasaba uyushmasi, jamoa xo‘jaligi, jamoat tashkilotlari muayyan lavozimli
shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish
uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va
muhr bilan tasdiqlanishi kerak.
Rasmiy ishonchnomalarda ularning amal qilish (o‘z kuchini saqlash) muddati,
albatta, ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ular bir necha kundan bir necha yilgacha bo‘lgan (lekin uch
yildan ortiq bo‘lmagan) muddat uchun berilishi mumkin. Agar ishonchnomada uning
amal qilish muddati aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bunday hollarda u berilgan kundan
boshlab bir yil davomida o‘z kuchini saqlaydi. Berilgan kuni ko‘rsatilmagan
ishonchnoma haqiqiy emas.
Ishonchnomalarning ikkinchi xili s h a x s i y, ya’ni ayrim shaxs tomonidan
boshqa bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirib berilgan yozma
hujjatdir. Muayyan tashkilotdan pul yoki qimmatbaho buyum, zaruriy hujjatlar olish,
avtomobilni boshqarish, oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish, mulkni boshqarish
va boshqa xususiy ishlarni bajarish uchun ishonch bildiriladi.
Shaxsiy ishonchnomalar ayrim shaxslar tomonidan o‘ziga tegishli pul yoki
qimmatbaho narsalarni borib olish uchun ishongan kishisiga ishonch bildirib yozgan
hujjatidir. Bunday ishonchnoma vakolat beruvchining ish joyi (ishlamagan taqdirda
mahalla qo‘mitasi) tomonidan muhr bilan tasdiqlanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: