“UMID NIHOLLARI” SPORT O’YINLARIDA GANDBOLNING TUTGAN O’RNI VA ROLI
KIRISH
I BOB “UMID NIHOLLARI.” SPORT MUSOBAQALARNING TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH.
“Umid nihollari.” Sport musobaqalari
Qo’l to’pida o’yin texnikasi.
Qo’l to’pida hujum va himoya texnikasi.
II BOB QO’L TO’PI O’YINI TAKTIKASINI O’RGATISH YO’LLARI.
2.1 Qo’l to’pi o’yinida o’yin taktikasi.
2.2 Qo’l to’pi o’yinida hujum taktikasi.
Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
O’zbekistonning mustaqilligi va istiqboli yo’lidagi barcha islohotlar negizidagi tashkiliy, madaniy, sog’liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, sport va boshqa shu kabi muhim tadbirlar bugungi kunning asosiy vazifalariga aylanmoqda.
«Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonun hamda ular bilan bevosita bog’liq bo’lgan 2016 yil «Sog’lom оnа va bola» davlat dasturi, qarorlar, farmonlar va nizomlarda o’quvchi-yoshlarni ma’naviy va jismoniy barkamolligini tarbiyalash kasb-hunarni egallashda zamonaviy bilimlar berish kabi muhim masalalar o’z ifodasini topgan.
Qabul qilingan qarorlar va qonunlarda kelajak avlodlarning jismoniy va aqliy barkamolligini ta’minlash yo’llari ochib berilmoqda. Yoshlarning jismoniy tayyorgarligi, qobiliyati, qiziqishiga qarab sport turlari bo’yicha turli xil mashg’ulotlar, musobaqalar o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Shu sababli, jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy ravishda shug’ullanish o’quvchi-yoshlar va talabalarning kundalik ehtiyojiga aylanmog’i zarur. Shu bilan birga, u o’quvchi-yoshlarni har tomonlama rivojlantirishda, sog’lom turmush tarzini shakllantirishda, ularni barkamol inson bo’lib yetishishiga asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Qo’l to’pini o’rgatish uzluksiz ta’lim tizimining deyarli barcha bosqichlarida, jumladan, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining doimiy tarkibiy qismi sifatida o’rgatish va o’rganish nazarda tutiladi. Ushbu uslubiy qo’llanmada.
Mamlakatimizda mustaqillikka erishilgandan so’ng jismoniy tarbiya va sportga yanada ko’proq e’tibor berib kelinmoqda. Sportchilarimiz Osiyo hamda jahon miqyosidagi musobaqlarda yaxshi natijalarga erishib, O’zbekiston bayrog’ini yuqori ko’tarishmoqda. O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to’g’risida»gi qonuni, «Sog’lom avlod uchun» dasturi, «O’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida»gi Prezident farmoni va boshqa qator hukumat qarorlari jismoniy tarbiya va sportning rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |