I BOB “UMID NIHOLLARI.” SPORT MUSOBAQALARNING TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH.
Umid nihollari” musobaqalari
“Umid nihollari.” Sport musobaqalarini birinchi necha bosqichda
amalga oshirilishi maqsadiga muvofiq bo‘ladi.
Musobaqalar bosqichlarini birinchi yil o‘tqazish tartibi.
1. Maktab bosqichi (sinflararo musobaqalar). Maktab darajasidagi
musobaqalar yilning sentabr oyidan boshlanib, 1 -4, 5-9, 10-11 sinf
o‘quvchilari o‘rtasi sportning belgilangan turlari bo‘yicha o ‘tqaziladi.
O‘quv yili davomida o‘tadigan sinflararo musobaqalarning
muddatlari va ma’sul shaxslari aniq ko‘rsatib, tasdiqlangan tavqim
asosida, may -iyun oyigacha davom etadi.
Sentabr-oktabr oylarida maktabning sport turlaridan yaxshi
natijalarni ko‘rsatgan, kunikma va mahorati yuqori 1 -4, 5-9, 10-11-sinf o‘quvchilari orasida terma jamoalar shakllantiriladi va ular
keyingi bosqich maktablararo hudud bosqichi musobaqalarida
qatnashadi.
Terma jamoa maktab sporti klubi (jamoasini) qaroriga binoan
tuzilishi, u nga kirgan har bitta o‘quvchining sportdagi yutuqlari
barchaga ma’lum qilinishi va sport borasida boshqalarga o‘rnak
sifatida ko‘rsatilishi lozim.
1-4, 5-9, 10-11-sinf o‘quvchilarining sog‘lomligini ta’minlashga
qaratilgan musobaqalar bosqichini ushbu tarzda belgilashi tavsiya
etiladi:
- o‘quv yili davomida “Umid nihollari” sport musobaqalarining
bosqich o‘yinlarida olti milliondan ortiq umumiy o‘rta ta’lim tizimi
o‘quvchilarining o‘zlo‘qsmiz, ommaviy sport harakati da ushlab turishini va bu orqali ularning sog‘lom darajasini yuqori fiziologik
meyorga еtqazish;
– sport turlariga katta qiziqishi bo‘lgan yoshlar orasidan
jamoatchi va еtishtirib chiqarilishi;
– yoshlarda sport turlariga bo‘lgan qiziqishlarining oshishi,
musobaqalarga ommaviy ravshda jalb qilinib, raqobat asosida ular
orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olishi;
– joylarda sport to‘garaqlarining ochilishiga va yoshlarning
sportga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish;
– sport togarak ishlarining faollashtirilishi, qiziqarli va bolalar
salomatligiga foydali bo‘lishi;
– maktab va maktabdan tashqari sport inshoatlarini talab
darajasiga keltirish, yangilarini qurish va ularni sport anjomlari va
jihozlari bilan ta’minlash.
2. Hudud bosqichi (hudud ichidagi maktablararo musobaqalar).
Noyabr-dekabr oylarida maktablarning 1 -4, 5-9 va 10-11-sinf
o‘quvchilaridan tashkil topgan terma jamoalari o‘rtasida o‘tqaziladi.
3. Tuman bosqichi yanvar oyida (kishi ta’tilda) maktablarning 5 -9-sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan hudud terma jamoalari o‘rtasida
tuman final bellashuvlari o‘tqaziladi. Hududlararo musobaqalar
bosqichida tumanda joylashgan bolalar va o‘smirlar sport
maktablarining sportchilari qatnashadi. Musobaqalar yakuniga asosan
tuman aniqlanadi, g‘oliblar diplom va sovghalar bilan taqdirlanadi.
Ushbu bosqichda maktablar 5-9-sinf o‘quvchilarining hudud terma
jamoalari o‘rtasidagi final o‘yinlari yako‘nlanadi.
4. Viloyat bosqichi mart oyida (bahorgi ta’tilda) 8 -11-sinf
o‘quvchilari, bolalar va o‘smirlar sport va maxsus sport maktablari
sportchilaridan to‘zilgan viloyat terma jamoalari o‘rtasida final
musobaqalari o‘tqaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |