Umarova Moxistoraning «2-sinf “ona tili va oqish savodhonligi” darsligidagi bahor fasli haqidagi matnlarni o’rgatish usullari»



Download 59,86 Kb.
bet5/8
Sana28.04.2023
Hajmi59,86 Kb.
#933252
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi

1. O‘qish ko‘nikmasini aniqlash.
a) so'zni sidirg'a o'qiydi;
b) bo'g'inlab o'qiydi;
d) harflab o'qiydi (noto'g'ri o'qish);
e) anchagina harflarni biladi, lekin o'qishni bilmaydi;
f) ayrim harflarni taniydi.
2. Yozuv ko‘nikmasi.
a) hamma harfni yozishni biladi, so'z yozadi (bosma yoki yozma):
b) ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki yozma);
d) yozishni um um an bilmaydi.
3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi.
a) so‘zni bo'g'inlarga boMadi;
b) so'z yoki bo'g'indagi tovushni ajratadi;
d) hamma tovushni to‘g‘ri talaffuz qiladi;
e) ayrim tovushlam i noto'g'ri talafTiiz qiladi (qaysi tovushlar ckani hisobga olinadi);
f) nutqining baland yoki pastligi, diksiyasiga e’tibor qaratiladi.
4. Og'zaki bog'lanishli nutqi. She’rni yoddan o‘qish.
a) 3 ta yoki undan ortiq she’rni biladi, uni zavqlanib aytadi;
b) 1—2 ta she’rni biladi, aytishga uyaladi;
d) birorta she’rni yoddan o'qishni bilmaydi.
5. Og'zaki boglanishli nutqi. Ertak aytish.
a) bir yoki bir nechta ertakni biladi va aytib bera oladi;
b) ertakni biladi va uni aytishga harakat qiladi, lekin ayta olmaydi;
d) ertak avtishni bilmaydi, o'rganishga ham harakat qilmaydi.
6. Og‘zaki bog'lanishli nutqi. Fikr bayon qilish.
a) 20 so'zdan ortiq bog'lanishli hikoya, bir necha gap tuza oladi;
b) 10 tadan 20 tagacha so'z, bir necha gap tuza oladi;
d) 10 tagacha so'z bilan bog'lanishli nutq tarzida javob qaytara oladi;
e) 3—4 so'z bilan qisqa javob bera oladi.

Shuningdek, bu jarayonda bola nutqining sintaktik qurilishi ham, foydalanadigan so'zlar doirasi ham o'rganiladi, lo'plangan materiallar ikki variantda yoziladi:


a) har bir o'quvchi haqida alohida m a’lumot (bu bolaga yakka yoki differensial yondashish uchun kerak bo'ladi);
b) sinf o'quvchilari uchun um um iy m a’lumot (bu m a’lum otdan darsda sinf o'quvchilari uchun um um iy ishlar metodikasini tanlashda foydalaniladi).
M a’lumki, o'quvchilar 1-sinfga har xil tayyorgarlik bilan keladi. O'quv materiallari 1-sinf o'quvchilari saviyasiga mos, izchil ravishda beriladi. Shunga qaramay, har xil tayyorgarlik bilan kelgan o'quvchilarning o'zlashtirishlari turlicha bo'ladi. Bu savod o'rgatish jarayonida o'quvchilarga differensial va individual yondashishni taqozo etadi. Bunday yondashish ta’limning barcha bosqichlarida ham yaxshi natija beradi.
Differensial yondashishda o'quvchilar guruhlarga bo'linadi, har bir guruhning saviyasiga va imkoniyatiga mos topshiriqlar beriladi. Sinf o'quvchilari 3 guruhga bo'linishi mumkin. Topshiriqlar ham 3 variantda ishlab chiqiladi.
O'qituvchi sinfda frontal ishlash jarayonida 3 guruhdagi o'quvchilar bilan parallel ish olib boradi. 3 guruh uchun ham o'quv materiali „Alifbe" hisoblanadi, unga qo'shim cha tarzda tarqatm a materiallardan, jadvallardan, mustaqil ishlardan foydalanish mumkin.
Alifbedagi o'quv materiali yoki o'qilayotgan m atnning qiyin o'rni oldin tayyorgarligi puxta o'quvchiga, so'ng bo’sh o'quvchiga o'qitiladi. Ba’zi o'quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtda yakka tartibda ishlar olib borishga ham to'g'ri keladi.
Bu jarayonda maxsus nusxalar asosida o'quvchilam ing bog'lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga ,,Alifbe“da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o'zlari bilgan she’r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishm oq, xalq ashulalari, alia, qo'shiqlar, latifalardan ayttiriladi. Tayanch so'zlar asosida gap tuzdirish, „Alifbe" sahifalaridagi so'zlam ing talaffuzi, o'qilishi va m a’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi (Bu tarzdagi ishlar har bir darsda mavzularga bog'liq ravishda izchil davom ettirib boriladi). Bu bosqichdagi yozuv darslarida o'quvchilar yozuv daftari va yozuv chiziqlari bilan tanishtirilib, harf elem entlarini yozishga o'rgatiladi, ularda namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash - o'z-o'zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya
Dastur talablarini to'liq bajarish va am alga oshirish uchun, birinchi navbatda, o'qish ko'nikm alarini to'g'ri va puxta egallash va takomillashtirib borish zarur. O'qish ko'nikm alari savod o'rgatish jarayonida shakllanadi, o'qitishning keyingi bosqichlarida takomillashadi. 0 ‘qish malakalari deganda badiiy asar matnini to ‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o'qish tushuniladi. O'qish darslarida o'quvchilam ing o'qish malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi. O'qish malakasining sifatlari o'zaro bog'liq bo'lib, ularning asosi ongli o‘qish hisoblanadi. O'quvchi matnni tez va to 'g 'ri o ‘qisa-yu, anglab o'qim asa yoki uning tez o'qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunm asa, to'g'ri o'qisa-yu, o'ta sekin o'qisa, nutq birliklari orasida to'xtam larga e’tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to'g'ri o'qish ongli o'qishga xizmat qiladi, to'g'ri, tez va ongli o'qish esa ifodali o'qishning asosi hisoblanadi. O'qish malakalarini egallash maktabda o'qitiladigan barcha predmetlarni muvaffaqiyatli o'zlashtirishning muhim sharti hisoblanadi. O'qish faoliyatning asosiy turi bo'lib, o'quvchilarni g'oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutqiy tom ondan rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa o'qish malakalarini o'stirish va takomillashtirish ustida tizimli va maqsadga muvofiq ishlashni talab qiladi. O'qish malakasini egallash ancha murakkab bo'lib, uni shakllantirish uzoq vaqtni talab etadi. Ruhshunos olim T. G. Yegorov o'zining „Очерки психологии обучени детей чтению" nomli asarida o'qish malakalarini shakllantirish jarayonini uch bosqichga ajratadi: analitik bosqich, sintetik bosqich va avtomatlashgan bosqich. Analitik bosqich savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi, bunda so'zni b o 'g 'in -h arf to ­ monidan tahlil qilish va bo'g'inlab o'qish malakasi shakllantiriladi. Sintetik bosqich uchun so'zni sidirg'a o'qish xarakterlidir; bunda so'zni ko'rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so'z m a’nosini anglash bilan asosan mos keladi. O'qish so'z m a’nosini idrok qilish bilan amalga oshadi. O 'quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o'tadilar. Bundan keyingi yillarda o'qish avtomatlasha boradi. O'qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar m azm unini tahlil qilish o'qish malakalarini takomillashtirishga yo'naltirilgan bo'lsin. To‘g‘ri o‘qish. To'g'ri o'qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o'qish tushuniladi, ya’ni to'g'ri o'qish so'zning tovush-harf tarkibini, gram m atik shakllarini buzmasdan, so'zdagi tovush yoki bo'g'inni tushirib qoldirmay, boshqa tovushni qo'shm ay, harflar o 'rnini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so'zga urg'uni to'g'ri qo'yib o'qish hisoblanadi. M .Odilova va T.Ashrapovalar „Adabiy talaffuz m e’yorlariga qo'yilgan barcha talablar to'g'ri o'qish ko'nikm asiga ham taalluqlidir", — deb ta’kidlaydilar. Rus metodisti Yakovleva to'g'ri o'qishga quyidagicha ta ’rif bergan: „T o'g'ri o'qish — bu m aterialning tovush tom onidan xatosiz va bir tekisda ravon nusxa ko'chirishdir". Demak, to'g'ri o'qish so'zning tovush tarkibini, gram m atik shaklini buzmasdan adabiy-orfoepik m e’yorlar asosida o'qishdir. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida idrok etish, talaffuz qilish va m atn m azm unini tushunish o'rtasida puxta sintez yo'q bo'lgani uchun ular o'qishda xatoga yo'l qo'yadilar. Bu esa m atn m azm unini tushunishni qiyinlashtiradi. T o'g'ri o'qish so'zning uzun-qisqaligiga, o'quvchining so'z boyligiga, ya’ni so'zning leksik m a’nosini qanchalik bilishiga hamda so'zning bo'g'in va morfemik tarkibiga bog'liq. O 'quvchilar ko'pincha quyidagi sabablarga ko'ra xatoga yo'l qo'yadilar: 1. So'zni talaffuz qilish bilan uning m a’nosini tushunish o 'rta ­ sida puxta sintez bo'lm agani uchun bola so'zning oldin tovush tomonini ko'radi, uni talaffuz qilishga oshiqadi. So'zning m a’nosini esa e ’tibordan chetda qoldiradi. 2. So'z ko'p bo'g'inli bo'lib, bola uni oldin eshitmagan bo'lsa, xatoga yo'l qo'yadi. 3. So'zning m a’nosini bilmaslik tufayli xatoga yo'l qo'yadi. 4. Tez o'qiym an deb xatoga yo'l qo'yadi. 5. To'g'ri o'qish yorug'likka va yorug'likning tushishiga ham bog'liq. 6. U ndosh tovush so'zning o'rtasida va oxirida kelgan yopiq bo'g'inli so'zlarni o'qishda qiynaladilar. Xato o'qishning oldini olish uchun quyidagilar e’tiborga olinadi: 1. M atnni o'qitishdan oldin undagi o'qilishi qiyin so'z, birikma va gaplarni aniqlash va ular ustida ishlash usullarini belgilab olish. Tuzilishi murakkab so'zlarni bo'g'inlab o'qilishini mashq qildirish. 2. M atnni o'qishdan oldin uning mazm unini tushunishni qiyinlashtiradigan so'zlam ing lug'aviy m a’nosini tushuntirish. So'z m a’nosini izohlash usullarini aniqlash. 3. Vazifalarni aniq va tushunarli qilib berish. 4. Matnni diqqat-e’tibor bilan o'qishlari uchun sharoit yaratish. 5. Oldin ichda o'qitish, so'ng ovoz chiqarib o'qitish. 6. O'qitishda o'quvchilam ing individual xususiyatlarini hisobga olish, ya’ni m atnni oson, o'rtacha qiyinlikda va qiyin o'qiladigan o ‘rinlarini belgilab olib, unga kuchi yetadigan o ‘quvchilarga oldindan taqsimlab berish. 7. 0 ‘quvchilarning o ‘qishini m untazam tekshirib turish. 8. Xatoning xarakteriga qarab, uni metodik tom ondan to ‘g‘ri tuzatish yo'lini aniqlash. 9. O'quvchilarni xato qilish m umkin bo'lgan o'rindan ogohlantirib turish. 10. X atcho'pdan foydalanish. 11. Xato o'qish o ‘quvchining shaxsiy ko‘ruv sezgisiga bog‘liq bo'lsa, bu jihatni ham hisobga olish. O'qituvchining tuzilishi murakkab so'zlarni oldindan xattaxtaga yoki kartonga bo'g'inlarga bo'lib yozib qo'yib, o'quvchilarga ovoz chiqarib birgalikda o'qitishi yaxshi natija beradi. O'quvchilar yo'l qo'ygan xato ikki xil yo'l bilan tuzatiladi: 1. O'quvchi so'z oxiridagi qo'shim chani noto'g'ri o'qisa, uni o'qishdan to'xtatm asdan xatoni to'g'rilash mumkin. 2. Xato o'qish bilan gaplarning m azm uni buzilsa, qayta o'qitish usulidan foydalaniladi. Bunda o'quvchiga o'qigan matni yuzasidan savol berilsa, o'quvchi e ’tiborli bo'lib qayta o'qiydi. Tez o‘qish. Tez o'qish m e’yoriy tezlikda o'qish bo'lib, bunda o'qish sur’ati matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O'qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o'sib borishi lozim. O'qilayotgan asar mazm unini o'zlashtirishni, m atn mazmunini ongli idrok etishni ta’minlaydigan o'qish tez o‘qish deyiladi. O'qish sifatlarini yaxshi o'zlashtirgan holda o'quvchilam ing o'qish sur’ati bir-biridan farq qiladi. Bu dastur talablarini bajarmadi, degan gap emas. Og'zaki nutq tempiga to'g'ri keladigan o'qish sur’ati normal tezlik hisoblanadi. Chunki o'ta tez ham , o 'ta sekin o'qish ham matn m azm unini o'zlashtirishni qiyinlashtiradi. O'qish tezligi bir daqiqada o'qiladigan so'zlar soni bilan belgilanadi. 2005-yilda e’lon qilingan o'qish dasturida 1-sinfning 2-yarim yilligida o'qish sur’ati 20—25 so'z (notanish m atnni o'qish tezligi ham 20—25 so'z); o'quv yili oxirida 25—30 so'z; 2-sinfning 1-yarim yilligida m atnni o'qish tezligi 30—35 so'z; 2-yarim yilligida 40—50 so'z; 3-sinfning 1-yarim yilligida 60—70 so'z; 2-yarim yilligida 70—80 so'z; 4-sinfning 1-yarim yilligida ichda ovozsiz 110—130 so'z, ovozli o'qishda 90—100 so'z deb belgilangan. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, bir daqiqada bola 250 so'zli matnni o'qisa, undagi 200 ta so'zni eslab qolar ekan. Agar harflab, bo'g'inlab o ‘qisa, uning diqqat markazida so'z emas, bo'g'in bo'ladi. N atijada u so'zlarni eslab qola olmaydi9. Bu 4-sinf o'quvchilarining o'qish tezligiga tatbiq etilsa, 125 so'zdan 100 so'zni eslab qoladi. Bu esa yuqori ko'rsatkichlarga erishish imkonini beradi. 4-sinfda bir daqiqada 170—180 ta so'z o'qiydigan o'quvchilar ham bor. O'qish tezligi to 'rt yil davomida to 'g 'ri va ongli o'qish bilan bog'liq holda asta ortib boradi. O'qish tezligini tekshirganda o'qituvchi o'qiladigan materialning xarakterini, ya’ni g'oyaviy-mavzuviy m urakkabligini, so'z va gaplam ing tuzilishini, ularning bolalar nutqida qay darajada ishlatilishini, o'qishning to 'g 'ri va ongli bo'lishini hisobga oladi. O 'quvchilam ing o'qish tezligi har xil bo'ladi, albatta. O'qituvchining vazifasi barcha o'quvchilam ing o'qish tezligini, iloji boricha bir xillikka keltirishdan iborat. O'qish sur’atini oshirishda tez aytishlarni, maqollarni yod oldirish va matnni ovoz chiqarib o'qishni mashq qilish kabilar samarali usullardan hisoblanadi. Ongli o‘qish. Ongli o'qish yaxshi o'qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli o'qish o'qilgan matnning aniq m azm unini, asarning g'oyaviy yo'nalishini, obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o'qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga o 'z munosabatini ifodalay olishdir. Ongli o'qish o 'z navbatida, o'quvchilam ing zarur hayotiy tajribasiga, so'zning leksik m a’nosini, gapda so'zlam ing bog'lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog'liq. Hozirda ongli o'qish atamasi adabiyotlarda va maktab tajribasida ikki m a’noda: birinchidan, o'qish jarayonini egallashga nisbatan o'qish texnikasi m a’nosida, ikkinchidan, keng m a’nodagi o'qishga nisbatan o'qish sifatlaridan biri m a’nosida qo'llanadi. M atnni ongli o'qish uchun o'quvchilar to'g'ri, m e’yorida o'qishni egallagan bo'lishlari va o'qish jarayonida qiynalmasligi talab etiladi. O 'quvchilar matnni ongli o'qishlari uchun matn mazmuni va badiiy vositalari jihatidan tahlil qilinadi. Ongli o'qishning muhim sharti asar qurilishi va m azm unini tushunish hisoblanadi. O'qituvchi ongli o'qishni matnni ifodali o'qishga (agar ovoz chiqarib o'qilsa) va asar m azm uni yuzasidan berilgan savollarga javobning to'g'riligiga, asar voqealari va qahram onlam ing xatti-harakatiga bildirgan munosabatiga qarab baholaydi. Ongli o'qish va ifodali o'qish bir-birini taqozo qiladi, am m o bir-biriga aynan o'xshamaydigan o'qish sifatlaridir. 4 Yo'ldoshev J . G ‘. 1992-yil „O 'qituvchilar uyi“dagi ijodkor o'qituvchilarning 1-anjumanidagi nutqdan. Ifodali o ‘qish. Ifodali o'qish intonatsiya — ohang yordam ida asarning g‘oyasi va jozibasini to ‘g‘ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. „Ifodali o'qish adabiyotni aniq va ko'rgazmali o'qitishning dastlabki va asosiy shaklidir", deb ta ’kidlaydi metodist olima M .A.Ribnikova10. Demak, „Ifodali o'qishning asosiy vazifasi asarning mazmunini va emotsionalligini intonatsiya orqali o'quvchilarga ko'rgazmali qilib ko'rsatishdir. Ifodali o'qishning asosiy tamoyili o'qiladigan asar g'oyasi va badiiy qimmatini chuqur tushuntirishdir"". Intonatsiya (ohang). Intonatsiya og'zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari: urg'u, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past-balandligining yig'indisidir. Bu elem entlar bir-biriga ta’sir etadi va hammasi birgalikda asarning mazmunini, g'oyasini, qahram onlam ing turli kayfiyatini, ichki kechinmalarini ifodalaydi. O 'quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun mvihim shartlar quyidagilardan iborat: 1. N utq jarayonida nafasni to'g'ri olish va to'g'ri taqsimlay bilish. 2. Har bir tovushning to'g'ri artikulatsiyasi va aniq diksiya (burro gapirish) malakasini egallash. 3. Adabiy talaffuz m e’yorlarini egallash12. Bu shartlar faqat ifodali o'qishgagina emas, balki ifodali nutqqa, ya’ni hikoya qilishga ham taalluqlidir. O'quvchining har qanday og'zaki hikoyasi ifodali bo'lishi zarur. Ifodali o'qishning asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas bilan uzviy bog'lanadi. Shuning uchun o'qituvchi bolalaming ifodali nutqi ustida ishlashni talaffuz qilayotganda o 'z nafasini boshqara olish va ovozdan to'g'ri foydalanishga o'rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi baland-pastlik, uzun-qisqalik, tezlik (tem p), yoqimli-yoqimsizlik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O'quvchilar matn mazmuniga qarab, baland yoki past ovozda o'qish (gapirish)ga, nutqda tez, o'rtacha yoki sekin tempni tanlashga, biror tuyg'uni ifodalashga o'rganadilar. Tfodali o'qishga o'rgatishda o'quvchilar pauza va logik urg'u bilan ham tanishtiriladi. 10 Р ы бникова M .A . О черки по методике литературного чтени . — „У чпедгиз", 1945. — стр. 125. 11 Jo'rayev К. Ifodali o ‘qish va hikoya qilish. - Т . : „ 0 ‘qituvchi", 1968. 7 —9-betlar. 12 O 'sha asar, 11-bet. Ifodali o ‘qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo'linadi: 1. Asarning aniq mazmunini tushunish, unda qatnashgan shaxslarning xatti-harakatini tahlil qilish, asarning g'oyasini belgilash, ya’ni asarning g‘oyaviy-mavzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda tushunish. 2. M atnning qaysi joyida to ‘xtam (pauza) qilishni, mantiqiy urg‘uning o ‘rnini, o'qish tempini belgilab olish. 3. 0 ‘qishni mashq qilish, m uallif fikrini, uning tasvirlangan voqeahodisalarga va qatnashuvchi shaxslarga m unosabatini ovoz bilan ifodalay olish uchun matnni qayta o'qish. Asarning mazmuni va g'oyaviy yo'nalishini tahlil qilish ifodali o'qishga o'rgatish bilan bog'lab olib boriladi. Ifodali o'qishga o'rgatishda matn m azm unini tushunish, m uallif hikoya qilgan voqealarga o'z munosabatini bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. O 'quvchilarda ifodali o'qish malakasini shakllantirish uchun asarni o'qituvchining ifodali o'qishi m uhim ahamiyatga ega. 0 ‘qish turlari Boshlang'ich ta ’limda o'qishning uch turidan foydalaniladi: 1. Ovozli o'qish. 2. Ichda o'qish. 3. Shivirlab o'qish. Ovozli o‘qish ovozga asoslangan o'qish bo'lib, undan ta ’lim jarayonida keng foydalaniladi. Ovozli o'qishning yakka, jo 'r va rollarga bo'lib o'qish usullari mavjud. Yod aytish ham ovozli o'qishning bir shaklidir. Ichda o‘qish ham tovushga asoslangan, lekin unda ovozsiz o'qiladi. Shivirlab o‘qish yarim ovoz bilan o'qishdir. Malakali kitobxon o'qishning har uch turini bilishi zarur. Ovozli o'qishning ham, ovozsiz ichda o'qishning ham , shivirlab o'qishning ham o'z qo'llanish o'rni va afzalliklari hamda kamchiliklari bor. M asalan, 2-sinf o'quvchilari ichda o'qiganda kam so'z o'qiydi, so'zning m a’nolarini tushunm ay qoladi, o'qiganlarining m azm unini to'liq o'zlashtira olmaydilar. Psixologik izlanishlar shuni ko'rsatadiki, o'qishni endi o'rganayotgan o'quvchilar o'qilayotgan matnni tushunib borishlari nchun eshitish sezgisiga ham e ’tibor qaratganlar. Ikkinchidan, 2-sinf o'quvchilarida o‘qish ko'nikmalari yaxshi shakllanmagani uchun ichda o ‘qish ja ­ rayonida ayrim so'zlarni noto'g'ri o'qish natijasida uning m a’nosini tushunm aganlar. Shularni nazarda tutgan holda, 1— 2-sinflarda ovozli va shivirlab o'qishdan foydalaniladi. 3—4-sinflarda ovozli o'qish bilan birga ichda o'qishdan ham foydalaniladi. Bu sinflarda ichda o'qish ancha samarali bo'ladi, lekin bunda ichda o'qish mexanik o'qishga aylanmasligi kerak. Ichda o'qish biror maqsadga yo'naltirilishi, ya’ni quyidagicha turli topshiriqlar asosida ichda o'qitilishi lozim: — She’rni ichingizda o'qib, ifodali o'qishga tayyorlaning. — Ichda o'qing, m a’nosi tushunarsiz so'zlarni aniqlab, lug'at daftaringizga yozing. Lug'atdan foydalanib, ularning m a’nosini izohlashga harakat qiling. — Hikoyani ichingizda o'qib, uni qismlarga bo'ling. — Ichingizda o'qib, ovoz chiqarib to'g'ri o'qishga tayyorlaning. — Ichingizda o'qing. Tabiatning ko'rinishi tasvirlangan o'rinni toping. Bu kabi topshiriqlar sinfdan sinfga o'tgan sari murakkablashib boradi. Bunda o'quvchilam ing asarni qanchalik idrok etganliklari tekshirilib borilishi zarur. Ichda o‘qish quyidagi afzalliklarga ega: 1. Bir vaqtning o'zida butun sinf o'quvchilari o'qiydi. 2. O'quvchilarda asar matni ustida mustaqil ishlash ko'nikmalari takomillashadi. 3. O'qituvchi har bir o'quvchining mustaqil ishlash jarayonida o'zlashtirish darajasini aniqlaydi. 4. Ichda o'qishda ongli o'qishga talab va e ’tibor kuchayadi. Ichda o'qishda o'qituvchi o'quvchilar o'qishidagi kamchiliklami aniqlay olmaydi. Bu undan foydalanishni cheklab qo'yadi. Ovozli o'qishning afzalliklari quyidagilar: 1. O'qituvchi o'quvchilam ing xato va kamchiliklarini, o'qish ko‘- nikmalarini aniqlay oladi. 2. Kichik yoshdagi o'quvchilar ovoz chiqarib o'qisalar, matn mazm unini tez tushunib oladilar. 3. Ovozli o'qishdan kitobxon estetik zavq oladi. 4. Ovozli o'qishda ifodalilikka katta e ’tibor beriladi. 5. Ovozli o'qish o'quvchilar lug'atini boyitish va nutqini o'stirishda katta ahamiyatga ega. Shivirlab (yarim ovozli) o'qish darsning tashkiliy qismlarida, 0‘qituvchi sinf jurnali bilan m ashg‘ul paytda yoki o‘quvchilami darsga tayyorlash bosqichlarida o'tkaziladi. M aktabda o'qishning bu uch turi almashtirib turiladi. 1— 2-sinflarda ovozli va shivirlab (pichirlab) o'qishdan ichda o'qishga o'tilsa, 3—4- sinflarda ichda o'qishdan ovozli o'qishga o'tiladi. 3—4-sinflarda o'qish turlaridan foydalanishda chegara qo'yilmaydi. Boshlang'ich sinflarda o'qishning ham m a turiga bir xil talab qo'yiladi, ya’ni o'qish to 'g 'ri bo'lishi, tez, ongli va ifodali bo'lishi zarur
M aktabda o'quv predm eti sifatida tilni o'rganish tizimi tilning barcha tom onlarini, yani fonetikasi, leksikasi, so'z yasalishi va gram ­ matikasi (morfologiya va sintaksis)ning o'zaro ichki bog'lanishlariga asoslanadi. Tilning barcha tom onlari o'zaro bog'lanishining ko'p qirraliligi va murakkabligi, ularning dialektik birligi, aw alo, uning aloqa vosi- tasidagi vazifasida namoyon bo'ladi. Aloqa vositaligi tilning muhim xususiyati, asosidir. Bu vazifani tilning har bir qismi boshqa qismlar bilan o ‘zaro bog'lanishda bajaradi. H ar bir so‘zga xos bo'lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi. Ammo so'zning to ­ vush qurilishi, shakli mazmunsiz, aqlga to'g'ri kelmaganidek, o'zicha yashamaydi. Istalgan tovushlar yig'indisi emas, balki m a’lum m a’no bildiradigan tovushlar yig'indisigina aloqa maqsadiga xizmat qilishi mumkin. M a’lumki, m a’no bildiradigan tovushlar yig'indisi so'zdir. Tilning lug'at boyligi, leksikasi fikr ifodalash uchun xizmat qiladigan o'ziga xos qurilish materialidir. Tilning lug'ati qanchalik boy bo'lsa ham grammatikasiz u o'lik hisoblanadi. Tilning lug'at boyligi o'z-o'zicha aloqa vazifasini bajarmaydi. Aloqa maqsadida xizmat qilish uchun lug'at boyligidagi so'zlar bir-biri bilan grammatik jihatdan o'zaro bog'lanib, gap tuziladi. Mana shu tuzilgan gap orqali fikr ifodalanadi. Tilning har bir tom onining xususiyati undagi til birliklarining o'ziga xosligida namoyon bo'ladi. Fonetika uchun bunday til birligi nutq tovushlari, fonemalar; leksikologiya uchun m a’nosi va qo'llanishi nuqtai nazardan so'z; grammatika uchun so'z shakllari, shuningdek, so'z birikmasi va gap; so'z yasalishi uchun morfema, tuzilishi va yasalishi jihatdan so'z hisoblanadi. So'z, so'z birikmasi va gap grammatik tom ondan ko'pgina xususiyatlarga ega. So'zning o'z morfemik qurilishi, o'zining so'z yasalish turi, biror grammatik kategoriyasi (shaxs, son, egalik, kelishik va boshq.), ma’lum sintaktik vazifasi bor. So'z birikmasi ham so'z kabi so'z o'zgarishi (ko'proq ergash so'z o'zgaradi) shakllariga ega. Gap o'z qurilishiga ko'ra so'zdan sifat jihatdan farqlanadi: so'z o'zi alohida kelganda mustaqil m a’no anglatmaydigan morfemalardan tuziladi, gapni tashkil etuvchi qismlar esa gapdan tashqarida ham mustaqil leksik m a’no bildiradi, gap tarkibida esa uning m a’nosi yana oydinlashadi. Gap va so'z birikmasi „qurilish materiali" sifatida xilma-xil tuzilgan so'zdan foydalanadi. G ap uchun qator sintaktik xususiyatlar, shuningdek, tugallangan ohang ham xarakterlidir. Shunday qilib, tilning har bir jihatining o'ziga xos xususiyatini ko'rib chiqishning o'zi ularning o'zaro munosabatini, bir-biriga o'tishining murakkabligini ta’kidlaydi. Tilshunoslik fani bo'limlari o'rtasidagi munosabatlar ham shunga o'xshash murakkabdir. Fonetika, leksikologiya bilan ham, grammatika bilan ham bog‘- lanadi. Tovushlar, fonemalar, bo‘g‘inlar tilda alohida emas, balki m a’lum leksik m a’no bildiradigan so‘z tarkibida yashaydi. Fonetikaning sintaksis bilan bog'lanishi, xususan, har bir gapda m a’lum ohangda bo‘lishida ko‘rinadi. G ram m atik va semantik jihatdan bog'langan so‘zlar majmuasi m a’lum ohangga ega boMsagina gap hisoblanadi. Bunda gapning mazmuni so‘zlovchining gapda ifodalangan ohangiga bog'liq bo'ladi. Shunday qilib, ohang gapda so‘z tartibi, yordamchi so'zlardan foydalanish, so'z o'zgartishlar bilan birga gap tuzish usullaridan biri sifatida xizmat qiladi. Leksikologiya so'z yasalishi bilan jips bog'lanadi: birinchidan, tilning lug'at tarkibi, asosan, tilda mavjud bo'lgan so'zlardan yangi so'zlar yasalishi hisobiga to'ldirilib, boyib boradi; ikkinchidan, yasalgan so'zlam ing leksik m a’nosi yasama negizning moddiy m a’nosiga asoslanadi. Morfologiya leksikologiya va so'z yasalishi bilan jips bog'langan. Morfologiya, asosan, so'zning grammatik xususiyatlarini o'rganadi. So'zning gram m atik m a’nosi doimo leksik m a’nosi bilan birga namoyon bo'ladi, har bir so'z, bir tom ondan, shu so'zga tegishli bo'lgan m a’lum o'ziga xos leksik-grammatik guruhning belgilarini bildiradi, ikkinchi tom ondan, u so'zning o'z leksik ma’nosi bo'ladi. So'zdagi mana shu um umiy birlik morfologiyada, leksikadan ajralmagan holda, leksika zaminida o'rganiladi. So'z uchun m uqarrar morfemik tarkibi xarakterli bo'lib, bunga so'zning leksik m a’nosi va qator grammatik belgilari bog'liq bo'ladi. Yangi so'z qaysi usul bilan vasalmasin, 11 doim grammatik shakllanadi va o'zining leksik m a’nosiga ega bo'ladi. Har bir so'z turkum ida so'z yasalishining xarakterli xususiyatlari mavjud. So'zning morfemik tarkibi va yangi so'z yasalish usullari tilshunoslik fanining so'z yasalishi bo'lim ida, gram m atika va leksikologiyadan ajratilmagan holda o'rganiladi. Morfologiya va sintaksis har tom onlam a o'zaro bog'lanadi. Morfologiyada, asosan, so'zlam ing gram m atik m a’nosi va uni ifodalash shakllari o'rganiladi; sintaksisda so'zlarni o'zaro bog'lanib so'z birikmasi va gap hosil qilish usullari, shuningdek, gap turlari, ulam ing mazmuni va ishlatilishi o'rganiladi. So'z morfologiyada ham, sintaksisda ham o'rganiladi, am m o o'rganish obyekti har xil bo'ladi. Sintaksisning o'rganish obyekti gapdir; unda so'z gap yoki so'z birikmasida boshqa so'zlar bilan m a’no va grammatik jihatdan bog'langan holda o'rganiladi. Morfologiyada so'z gapdan tashqarida ham o ‘rganilishi mumkin; so‘zga muayyan leksik-grammatik guruhga kiradigan so'zlar bilan o ‘zaro munosabati nuqtai nazaridan qaraladi. Morfologiya va sintaksisda so‘zga bunday har xil yondashish ularning bir-biriga bog'liqligini inkor etmaydi, aksincha, ular so'z va gapning o'zida yashaydi. So'zlar so'z o'zgarish tizimiga ega bo'lgani tufayli gapiar aloqa vazifasini bajaradi. Shakl yasalishi va so'z yasalishi m orfologiyada o'rganiladi, ammo gapda tatbiq etiladi, so'zlam ing o'zaro bog'lanish qoidalarini o'rganish esa sintaksis sohasiga taalluqlidir. So'z birikmasi tarkibidagi so'zlam ing o'zaro bog'lanish usulini aniqlashda shu so'z birikmasiga kirgan so'z turkumining morfologik xususiyatlari hisobga olinadi. Bular morfologiya va sintaksisda bir-biri bilan bog'liq holda o'rganiladigan til hodisalarining ayrimlaridir. Bu aniq misollar morfologiya va sintaksis bir-birini taqozo qilsa ham, grammatikaning mustaqil bo'lim i ekanini ta’kidlash uchun yetarli. Keltirilgan fikrlar boshlang'ich sinf o'quvchilariga predm etlararo ichki bog'lanishni hisobga olgan holda ona tilini o'rgatish metodikasini belgilaydi: 1. Tilning barcha (leksik, fonetik, so'z yasash, grammatik) tomonlari o'zaro bog'liqligini va ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanini hisobga olib, o'quvchilar tilni ongli o'zlashtirishlari uchun tilning har bir tom oni xususiyatlarini va ular o'rtasidagi bog'lanishni o'zlashtirishlari zarur. 1—4-sinflarda ona tilini o'rganish tizimi fonetika, leksikologiya, so'z yasalishi va grammatikaning o'zaro bog'lanishi mohiyatini hisobga olgan holda tuziladi. Bu hoi dastur materiallarini o'rganish tartibini belgilashda ham, ta ’lim mazm unini (dastur bo'limlari o'rtasidagi uzviy bog'lanishni) aniqlashda ham hisobga olinadi. 2. Tilning barcha jihatlarining bir-biriga ta’siri uning aloqa quroli vazifasida namoyon bo'ladi. Tilning asosiy birligi sifatida aloqa maqsadida so'zni to'g'ri talaffuz qilish yoki yozish, shu tilda so'zlashuvchi barcha kishilarga bir xilda tushunarli bo'lishi, gapda grammatik jih atdan to'g'ri tuzilishi kerak. Shularni hisobga olib, kichik yoshdagi o'quvchilar tilning talaffuzi, grafik, leksik, so'z yasalishi va grammatik tomonlarining o'zaro bog'lanishi mohiyatini tushunishlari uchun dastur materialini o'rganishda tilning aloqa vazifasi yetakchi ekani nazarda tutiladi, ya’ni kishilar bilan aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari birgalikda foydalanilishi hisobga olinadi. Shu maqsadda tilning fonetik tomonini o'rganishda so‘zning m a’no va talaffuz jihatdan birlik hosil qilishini, tovushning so‘z m a’nosini farqlashdagi o'rnini tushuntirishga katta ahamiyat qaratiladi. ,,So‘z“ mavzusi o'tilayotganda o'quvchilar tom onidan so'zning talaffuzi, leksik m a’nosi, morfologik tarkibi, grammatik belgilari, yasalishi, nutqda ishlatilishi va yozilishini yaxlit tushunishga asosiy diqqat qaratiladi. Bunda o'qituvchi so'zning nom bo'lib xizmat qilishini ham, morfemik tarkibi va leksik m a’nosining bir-biriga ta ’sirini ham o'quvchilaming tushunib olishlariga erishishi lozim. ,,G ap“ mavzusini o'rganish vaqtida esa ishning asosiy yo'nalishi nutqda gapning til birligi sifatidagi vazifasini tushuntirish va o'quvchilarda og'zaki va yozma nutqlarida gapdan oson foydalanish ko'nikmasini shakllantirish hisoblanadi. M aktabda tilning barcha tom onlarini bir-biri bilan bog'liq holda o'rganish ona tilini o'rgatishning yetakchi metodik tamoyili hisoblanadi. Buni amalga oshirish til o'suvchan, bir-biriga o'zaro ta ’sir etadigan tomonlari mavjud bo'lgan murakkab hodisa ekanini tushuntirishda Dmiy asos hisoblanadi.

. O'qish darslarining maqsad va vazifalari, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati.


Boshlang'ich sinflarning o'qish darslari o'z m ohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra ta ’lim tizim ida alohida o'rin tutadi. Negaki uning zam inida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predm etlar ta ’limini o'qish ta ’limisiz tasaw ur qilib bo'lmaydi. O 'quvchi m atnni to 'g 'ri, tez, tushunib o'qish, m azm unini o'zlashtirish bilan ilk bor o'qish darslarida yuzlashadi. O'qish darslari orqali o'quvchilam ing Davlat ta’lim standarti (DTS) talablari bo'yicha o'zlashtirishlari ko'zda tutilgan o'quv-biluv ko'nikm a-m alakalari ham da bilimlarni egallashlariga yo'l ochiladi. Aynan o'qish ta ’limida insonning, aw alo, o'zligini, qolaversa olam ni anglashga bo'lgan intilishlariga turtki beriladi. Shu maqsadda „O'qish kitobi" darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o'rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va m illiy-m a’naviy qadriyatlar, xalqlar do'stligi va tinclilik kabi turli mavzular bo'yicha atroflicha tushunchalar berishga mo'ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiyom m abop asarlar kiritiladi. O 'qish darslari savod o'rgatish davrida o'quvchilarni bo'g'in, so'z va gapiar bilan tanishtirish va ularni o'qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o'qish texnikasi egallangandan so'ng o'qish muayyan mavzular bo'yicha tanlangan badiiy, ilm iy-omm abop m atnlar yuzasidan olib boriladi. Boshlang'ich sinf „O'qish kitobi" darsliklariga kiritilgan muayyan m avzular o'quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to'g'ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga ko'ra, o'qish darslarining yetakchi xususiyati o'quvchilam ing savodxonligini ta ’minlash bilan birga, o'quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi.
ida tarbiyalashga qaratiladi. Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo'lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og'zaki ijodi, m ehnatga m uhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va m a’naviyat kabi um um iy mavzular doirasida birlashtirilgan. O'qish darslari uchun tanlangan mavzular o'quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo'yicha ham bilim va tarbiya berishni ko'zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko'zlangan maqsad o'zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog'liq tuyg'ularni uyg'otishdir. Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam, mehnatsevarlik kabi mavzular o'qish darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo'lib, 2-sinf „O 'qish kitobi“dagi „Опа у urtim-oltin beshigim" bo‘limiga kiritilgan , , 0 ‘zbekistonim“ {H. Imonberdiyev), „ Istiqlol “ (J.Jabborov), , , 0 ‘lk a “ (E.Vohidov), „Yiir tog‘larga“ (U .N osir), 3-sinfda „Ona bitta, Vatan yagona" bo'limidagi „Vatan haqida sh e’r" (A.Avloniy), , , 0 ‘zbegim“ (E.Vohidov), „Vatan mo'tabardir" (X .D avron), „Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi“ (T. M alik), 4-sinfda „ 0 ‘zbekiston — Vatanim manim “ bo'limidagi „Serquyosh o ‘lk a “ (Z. Diyor), „Iqboli buyuksan“ (A. Oripov), „Toshkentnoma" (M .Shayxzoda), ,,Xarira“ (N .N orqobil) kabi asarlar misolida atroflicha tahlilga tortiladi. Ijtim oiy-tarixiy m azm undagi mavzular Vatanim iz o'tm ishi, xalqimiz hayoti, m ardonavor kurashi, ulug' siym olar tom onidan am alga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to'g'risida m uayyan tasavvur beradi. Beruniy, Am ir Tem ur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarim iz haqidagi m atnlar shular jum lasidandir. Bu xildagi asarlar o'quvchilarni faqat o'tm ishim iz bilan tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi farzandlik burchi va m as’uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. U larda Vatanga m uhabbat tuyg'usi shu tariqa shakllanadi. Vatanim iz o'tm ishi haqida hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o'quvchilar o'tm ish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo'ladilar, jam iyat taraqqiyoti xususida qisqacha bo'lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada ayniqsa milliy istiqlol bilan bog'liq H. Imonberdiyevning , , 0 ‘zbekistonim ", J. Jabborovning „Istiqlol11(2-sinf), A. Rustamovning „Bayroq nima?“, A. Obidjonning ,,0'ktam avlod“ (3-sinf), S. Barnoyevning „Mangulikka tatigulik kun“, E. M alikovning „Assalom, Neksiya!“ (4-sinf) mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi. Tabiatga oid mavzular yordamida o'quvchilar tabiatdagi o'zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bi- limlarni egallaydilar. Bunday mavzudagi asarlar o'quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan to'g'ri m unosabatda bo'lishga o'rgatadi. Tabiat tasviriga oid m atnlar ustida ishlashda tabiat bag'riga sayohat uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o'rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi. U m um an, „O 'qish kitobi" darsliklaridagi barcha m avzular o'quvchilarga ta ’lim -tarbiya berish bilan birga, ularning lug'atini boyitishga, og'zaki va yozma nutqini to 'g 'ri shakllantirish va nutq m adaniyatini o'stirishga ham qaratiladi. Amaldagi „O'qish kitobi" darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o'tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. M asalan, 1-sinfda o'rgatiladigan „Ajdodlarimiz — faxrimiz", „Пт ~ aql chirog‘i “, „Zumrad bahor“, „Kumush qish “ kabi mavzular 2—4-sinflarda ham davom ettirilgan. Bu esa o'quvchilam ing oldingi bilimlarini to'ldiradi va boyitadi. Uzluksiz ta ’limning boshqa bosqichlaridan farqli o'laroq, boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'quvchilam ing o'qish m alakalarini shakllantirish, asar m atni ustida ishlash ta ’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi m atnlar ustida ishlash orqali m a’naviy-ahloqiy, adabiy-estelik tarbiya bilan chambarchas bog'lab olib boriladi. Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan m atnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, o'quvchilam ing bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi. O 'quvchilar darsliklar yordamida o'zlashtiriladigan bilim, ko'nikm a va malakalarining kelajak hayotda zarur bo'lishini tushunib yetishishlariga erishish o'qituvchilar oldidagi m uhim vazifalardandir. Boshlang'ich ta ’lim bo'yicha DTS va „O na tili" o'quv dasturida o'qish ta ’limi oldiga qo'yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o'qishni to 'g 'ri tashkil qilish, o'qitish bosqichlari, tamoyillari va m etodlari, birinchi navbatda, ilg'or pedagogik texnologiyalardan o'rinli foydalanishga ko'p jihatdan bog'liqdir.

Download 59,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish