Umarova Moxistoraning «2-sinf “ona tili va oqish savodhonligi” darsligidagi bahor fasli haqidagi matnlarni o’rgatish usullari»



Download 59,86 Kb.
bet4/8
Sana28.04.2023
Hajmi59,86 Kb.
#933252
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi

Boshlang'ich sinflarda ona tili mashg'ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1. O'qish, yozuv, grammatik materialni o'rganish, kuzatishlar hamda o'quvchilam ing ijtimoiy faoliyatlari bilan bog'liq holda, ularning og'zaki va yozma nutqini o'stirish.
2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o'rgatish, ya’ni ularni elem entar o'qish va yozishga o'rgatish, bu ko'nikm alarni malakaga aylantirish.
3. Adabiy til me’yorlarini, ya’ni imloviy va tinish belgilariga rioya qilingan savodli yozuvni, to'g'ri talaffuzni o'rganish, nutq va uslubiy elem entlarni egallash.
4. Grammatika, fonetika, leksikologiyadan nazariy materiallarni o'rganish, tildan ilmiy tushunchalarini shakllantirish.
5. O'quvchilarni o'qish va gram m atika darslari orqali badiiy, ilmiyom mabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda badiiy asarni idrok etish ko'nikmasini hosil qilish.

Bu vazifalarning hammasini boshlang'ich sinflarda ona tili predmeti hal etadi va ular ona tili dasturida aks etadi. Dastur davlat hujjati bo'lib, unda o'quv predmetining mazmuni va hajmi,


0 ‘qish va yozish — nutq faoliyatining turi. Maktabda o'qitish elem entar o'qish va yozishga o'rgatishdan boshlanadi. ,,Alifbe“ga asoslangan holda qisqa vaqt ichida o'quvchilar o'qish va yozishga o'rgatiladi. ya’ni o'qish va yozish ko'nikmasini egallaydilar. Savod o'rgatish davrida o'qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o'qish va yozish ko'nikm asi deyiladi. Bu ko'nikm a bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko'nikm a bilimsiz shakllanmavdi. Bilim ko'nikm aga aylanm agan bo'lishi m um kin. M asalan, bola v harfining elem entlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki o'quvchi harflam i tanib, ularni o'qiy olmasligi mumkin. Yozish ko'nikm asini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to 'g 'ri o'tirish, ruchkani barm oqlar orasida tulish, daftarni qiyalikda qo'yish kabilar ham o'rgatiladi. O 'qish va yozish ko'nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim. Yozish malakasida o'quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida o'ylab o'tirm ay, so'z va gaplarni yoza boshlaydi. Dem ak, o'qish va yozish malakasi harakatning o'ylab o'tirm ay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka o'qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga yetkaziladi. O 'qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo'lib, u nutqqa oid malakadir. O'qish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq faoliyatining boshqa turlari bilan, ya’ni og'zaki hikoya qilish, o'zgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki nutq bilan uzviy bog'liq holda shakllanadi. M aktabda o'qitishning muvaffaqiyati savod o'rgatishning qanday tashkil etilganligiga bog'liq. O'quvchini savod o'rgatish jarayonida elem entar o'qish va yozishga o'rgatishda o'quvchilam ing faoliyat ko'rsatishi va nutq faoliyatiga kirishishlari uchun talab bo'lishi, o'z fikrini og'zaki yoki yozma ifodalashi uchun zaruriyat va ehtiyojni yuzaga kcltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim. 0 ‘qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvafifaqiyatli amalga oshuvini ta ’minlaydi. Shuning uchun ham o'qishga o'rgatish bilan yozuvga o'rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat m untazam ravishda mashq qildiriladi. Shunday ekan, savod o'rgatish jarayonida bola juda ko'p o'qishi va yozishi zarur. O'qish uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o'qish bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko'pincha o'qilgan m atnni yuzaki yodlab olishga olib keladi. Takroriy faoliyatda vaziyat va m azm unning almashinishi malakani mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o'stiradi. O'quvchi oldida uzoq m uddatda amalga oshadigan maqsad — o'qish va yozishni o'rganish hamda hozirda bajarishi shart bo'lgan kundalik maqsad — topishmoqni o'qish va javobini topish, so'z va gaplarni o'qish, rasm asosida so'zlab berish kabilar turadi. O'zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya’ni fonematik yozuvdir. H ar bir tovush uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O'qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi. Bu o'qish va yozish faoliyatida o'quvchi uchun qiyinchilik tug'dirgandek tuyulsa-da, aslida o'qish va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi tovushni ifodalovchi harflar soni uncha ko'p emas. O'qish va yozishni o'zlashtirish uchun tovush va harflaming o'zaro munosabaliga oid qoidalarni o'zlashtirish kifoya. Savod o'rgatish metodikasida o'zbek tili tovushlar va harflar tizimining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi. 0 ‘zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. O'zbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi. 1993-yil 2-sentabrdagi „Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriv etish to'g'risida"gi qonunga muvofiq o'zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. N utqning har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl qabul qilindi. O'qituvchi savod o'rgatish jarayonida o'quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni sintezlab o'qishga o'rgatishda o'zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Savod o'rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So'z bo'g'inga bo'linadi, bo'g'indan kerakli — o'rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o'rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o'qish jarayoni o'zlashtiriladi. Bunda o'zbek tili grafik tizimi, tovushlami yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi. Savod o'rgatishda o'zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega: 1. Savod o'rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. Hozirgi o ‘zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o‘. E harfi so'z va bo'g'in boshida qo'llanadi (ekin, echki, aeroplan), undoshdan keyin o 'rta keng lablanmagan unli tarzida o'qiladi (kel, tez). Savod o'rgatishda oldin so'z boshida keladigan e, so'ngra undoshdan keyin keladigan e tovush-harfi bilan tanishtiriladi. 0 harfi o'zbekcha, um uinturkiy so'zlarda quyi keng, lablangan о tovushini ifodalaydi, ruscha-baynalmilal so'zlarda urg'usiz bo'g'inda a tarzida (botanika), o‘ tovushi kabi (tonna), qisqa i tarzida (traktor) talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unli qatnashgan ruscha-baynalmilal so'zlar savod o'rgatish davridan so'ng o'quv jarayoniga kiritiladi. A tovushi bahor, savol kabi so'zlarda о kabi, mitomala, munosabat kabi so'zlarda i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi. U tovushi qovun, sovim kabi so'zlarda i tovushiga yaqin talaffuz etilsa ham u yoziladi. 1 tovushi bilan, sira kabi so'zlarda talaffuz etilmasa ham yozuvda doim o saqlanadi. 2. O'zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf bilan ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 21 tasi yakka harf bilan belgilanadi. U lar quyidagilar: b, d, f, g, h, j (jurnal), j (jo ‘ja ), k, 1, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g', sh, ch, ng. UndoshJarni o'rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi. Alifbo davrida undosh tovushlar bilan tanishtirishni sonor, ya’ni ovozdor tovushlar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki sonor tovushlami bo'g 'in va so'z tarkibidan ajratib olish oson. Lekin ng sonor undoshi n va g undosh tovushlari va harflari bilan tanishtirilgach, o'rgatiladi. H arf birikmalarini o'rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda, ularning alifbe davrining oxirgi bosqichida o'rganilishi maqsadga muvofiqdir. J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar ajratiladi. Birinchi darsda portlovchi j tovushini o'rgatish, talaffuzini tushuntirish, analitik-sintetik m ashqlar yordam ida ko'nikm alar hosil qiliinadi, keyingi darsda esa sirg'aluvchi j tovushi va uning talaffuzi o'rgatiladi. So'ng bu ikki tovushning talaffuzidagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. Berilgan bilim analitik-sintetik mashqlar yordamida m ustahkamlanadi. Sh tovushini ifodalovchi sh harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch tovushini ifodalovchi ch harf birikmasi h harfi bilan tanishtirilgach,
o'rgatiladi. O 'quvchilar bu harf birikmalarini bir yaxlit tovush sifatida o'qish va yozishga ko'nikishlari lozim. Bu davrda s’h (is’hoq) tarzida o'qiladigan holatga to'xtalmaydi. Jarangsiz jufti borjarangli undoshlar talaffuzi (b —p, d —t, v ~ f g —k, Z~s kabi) haqida dastlabki amaliy tushunchalar hosil qilinadi, ularning talaffuzi va yozilishiga e’tibor qaratiladi. X va h tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dastlabki tushunchalar beriladi, ulam i farqlash bo'yicha maxsus mashqlar ham uyushtiriladi. Tutuq belgisi (’) unli tovushdan so'ng kelsa, uni cho'zib talaffuz qilishga, undosh tovushdan so'ng kelsa. undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin uni qo'llashga doir ko'nikm alar shakllantiriladi. Savod o'rgatish jarayonida harflaming 4 xil (bosma, yozma, bosh va kichik) shakli va ularning ishlatilish o'rni o'rgatiladi. O'quvchilarni o'qishga o'rgatish bo'g'in asosida olib boriladi. Bo'g'inlab o'qishga o'rgatish uchun so'zni bo'g’inga bo'lish, bo'g'in chegarasini aniqlashni o'rgatish muhim sanaladi. Savod o'rgatish davrida o'quvchilar so'zlarni bo'g'inlarga to'g'ri ajrata olsalar, o'qish ko'nikmasini ham yaxshi egallaydilar. O'qishning dastlabki bosqichida orfografik o'qishdan foydalaniladi, asta-sekin orfoepik o'qish ko'nikmalari shakllantiriladi. Talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan tovushlar ishtirok etgan so'zlar oldin orfografik, so'ngra orfoepik o'qib beriladi va ulaming o'qilishi bilan yozilishi taqqoslanadi. O'quvchilar muayyan darajada tushunchaga ega bo'lganlaridan so'ng orfoepik o'qish mashq qilinadi. 0 ‘qish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi. O 'qish ham, yozish ham murakkab nutq faoliyati hisoblanadi. Bu jarayonlar kichik yoshdagi o'quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi. Kichik yoshdagi o'quvchini o'qishga o'rgatishda quyidagilar kuzatiladi: 1. Bola o'qish paytida bitta harfni ko'radi, uni bilish uchun rasmlarni ko'z oldiga keltiradi, rasmlarni yoki boshqa harflami eslaydi, esga tushirgach, uni aytishga oshiqadi, biroq o'qituvchi aytishga yo'l qo'ym aydi, undan bo'g'inni aytishni talab qiladi. O'quvchi ikkinchi harfni eslab olguncha, birinchisi esdan chiqib qoladi yoki ularni qo'shib bo'g'in, bo'g'indan so'z hosil qilguncha, o'qish jarayoni sustlashadi.
2. K o'pincha bola o'qiyotgan qatorni yo'qotib qo'yadi, harfni, bo'g'inni, so'zni qayta o'qishiga to'g'ri keladi. O 'quvchining diqqati kengaygan sari bo'g'in va so'zni butunligicha idrok eta boshlaydi. 3. O 'qishni endi o'rganayotgan bola o'qiyotgan matn mazm unini o'zlashtirm aydi, chunki u so'zni qanday o'qishga ko'p kuch beradi. Darslikdagi rasmlar, o'qituvchining savollari, ko'rgazm ali qtrrollar ularning ongli o'qishlarini ta ’minlaydi. 4. Tajribasiz kitobxon so'zni birinchi bo'g'iniga yoki rasmga qarab topadi. Bu xato o'qishga olib keladi. Bunday xatoning oldini olish uchun so'z bo'g'inlab o'qitiladi, so'zni bo'g'in-tovush tom ondan tahlil qilishga, tovush-harf tom ondan analiz va sintez qilishga diqqat qaratiladi. O'qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun o'quvchilam ing idroki, xotirasi, tafakkuri va nutqini o'stirishga katta e ’tibor berish kerak. Savod o'rgatishda fonematik eshitish qobiliyatlarini o'stirishga, ya’ni tovushni aniq talaffuz qilishga, boshqa tovushlardan farqlashga o'rgatish, bo'g'in yoki so'zdan o'sha tovushni ajrata olish ko'nikm asini o'stirish muhim sanaladi. Fonem atik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir. Shu bois savod o'rgatish davrida eshitish idrokini o'stirish uchun ham maxsus xilma-xil mashqlar o'tkazib borish maqsadga muvofiqdir. Yozuv jarayonida o'quvchilar ruchkani to'g'ri ushlashni, daftarni to'g'ri qo'yishni, harfni yozishda yozuv chiziqlari, ular bo'ylab qo'lni harakatlantirishni esda saqlashi, harfni harfga qanday ulash, qatorga sig'ish-sig'masligini mo'ljallashi lozim. Bu jarayon o'quvchini aqliy va jism onan charchatadi, ayniqsa, ularning barm oq va yelka muskullari charchaydi. Shuning uchun ham darsda ikki-uch marta daqiqali jism oniy m ashqlar o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Yozuv jarayonida o'quvchi aichkani qog'oz ustida sekin, ishonchsizlik bilan qim irlatadi, bir harfni yozib to'xtaydi va nam una bilan solishtiradi, b a’zan chiziqdan chiqib ketadi, noto'g'rilarini bo'yab, to'g'rilaydi. Bunda u o'qituvchiga har daqiqada m urojaat qiladi, uning qo'li va boshi yozishda birgalikda harakat qiladi. Yozuv jarayoni o'quvchilam ing ongli harakat qilishlarini ham talab etadi. Shu sababli o'qituvchi yozuv jarayoniga sabr-qanoat bilan katta e ’tibor qaratishi juda muhim. Yozuvning chiroyli va imloviy jihatdan to'g'ri bo'lishi savodxonlikning yuksak belgisidir.
zabar (fatha) —undosh harf ustidagi urg‘u belgisiga o ‘xshash chiziqcha bo‘lib, undoshga a unli tovushini qo‘shib aytish zarurligini ko'rsatadi; zer (kasra) undosh harf ostidagi chiziqcha bo'lib, shu undoshga / unli tovushini qo'shib aytish kerakligini bildiradi; pesh (zam m a) esa undosh harf ustiga qo'yiladigan belgi bo'lib, shu undosh tovushga и unlisini qo'shib aytish zarurligini ko'rsatadi. Dem ak, arabcha m atnlam i o'qish uchun .,zer-u zabar“ ni bilish juda zarur bo'lgan, am m o o'qishga o'rgatish anglab o'qishga asoslanmagani uchun bolalar mim zabar m a, m im zer mi, m im pesh mu deb yodlaganlar, ,,zer-u zabar"ning mohiyatini anglamaganlar. 3-bosqich. Bo‘g‘inlarni qo‘shish. Eski maktabda bo'g'inlarni qo'sliish „abjad" bilan boshlangan. M aktabdor taxtaning ikkinchi tomoniga arab tili alfavitidagi 28 ta harf jam langan 8 so'zni ,,zer-u zabar" bilan yozib bergan. Bolalar bu 8 ta so'zni birin-ketin hijo usulida o'qib yodlab olganlar. M asalan, abjad so'zi alifga zabar qo'yib, begr/ itrisluirilsa ab, jinigrt zabar qo'yib, dolga urishtirilsa ja d , bularning ikkisidan abjad hosil bo'lgan. Abjaddan keyin eski maktab o'quv kitobi bo'lgan ,,Haftiyak“ka o'tilgan. ,,Haftiyak"dagi suralar ham ,,Abjad"dagi kabi hijo usulida o'qitilgan. Bolalar ,,Haftiyak“ ning bir betini hijo usulida o'qish uchun juda ko'p vaqt va kuch sarflaganlar. So'zni hijo usulida o'qishda aw al so'zdagi birinchi undosh harfning, keyin ikkinchi undosh harfning noniini aytib, unga zarur harakatni qo'yib hijo hosil qilingan. Shu usulda navbatdagi harflardan ham hijo hosil qilinib, hijolarni bir-biriga qo'shib, bu so'z bir butunicha aytilgan. So'zni hijo usulida o'qishda tovush emas, balki shu tovushni ifodalovchi harfning nomi asos qilib olingan. So'zni tovush jihatidan tahlil qilishga oid hech qanday ish qilinmagan, tovushlarning qo'shilishi bolalarga tushunarli bo'lm agan, bolalar so'zdagi har bir harf m a’lum bir tovushni bildirishini m utlaqo anglamaganlar. Hijo usulida o'qishga o'rgatish, birinchidan, mexanik ravishda bo'lib, ayni bir narsani qayta-qayta aytishga majbur qilingan, ikkinchidan, bola o'zi aytgan so'zining m a’nosini tushunm ay, maktabdordan eshitganini takrorlayvergan. ,,Haftiyak“ ning keyingi ayrim suralari so'zni yaxlit „o'qish" usulida olib borilgan, aniqrog'i bola o'qim agan, eshitganini yodlagan. Natijada bolalar maktabxonada o'qiganlarini o'zi o'qib yurgan kitobidan „o'qib bergan", amm o ularning qo'liga maktabda o'qilm agan boshqa bir kitob berilsa, uni o'qiy olmagan; eski m aktabda 6—10 yil m untazam o ‘qigan bolalaming juda ko‘p deganda 4—5 foizigina o'qish va yozish ko'nikmasini hosil qilgan. Turkistonda ochilgan rus-tuzem maktablari savod o'rgatishda m a’­ lum darajada ijobiy o'rin tutdi. Rus-tuzem maktablarining o'zbekcha sinflarida o'zbekcha xat-savod o'rgatish metodi 1900-yildan boshlab asta-sekin isloh qilindi: hijo m etodidan tovush metodiga o'tildi. 1900-yilIardan rus-tuzem maktabi o'zbekcha sinflarining peshqadam muallimlari tovush metodi asosida tuzilgan tatarcha alifbedan f'oydalana boshladilar. Bu kitobning tili va mazmuni o'zbekcha sinflarga mos kelmas edi. 1902-yilda Saidrasul Saidazizovning tovush metodi talabiga muvofiq tuzilgan ona tili alifbesi — „Ustodi aw al" nashr etildi. „Ustodi aw al" nashr qilingandan keyin o'zbekcha xat-savod o'rgatishda yangi davr boshlandi. Tovush metodi savod o'rgatishning eski usulidan tam om ila farq qilib, o'qitishni osonlashtirdi, ta’limni bola tushunadigan, anglaydigan ta ’limga, ya’ni faol ta ’limga aylantirdi. „Ustodi aw al" 3 bo'lim dan iborat edi: 1-bo'lim , hozirgi atama bilan aytganimizda, alifbe davridir. M uallif bu bo'lim da arab alfavitidagi harflarni alfavit tartibida emas, balki harf orqali ifodalangan tovushning talaffuzi oson-qiyinligini, harflaming yozilishi sodda yoki murakkabligini e’tiborga olgan holda tizib chiqqan. M uallif har bir harfning yozuvda bir necha xil shaklda kelishi xat-savod o'rgatishni qiyinlashtirishini hisobga olgan; alifbe davrining boshida deyarli har doim bir xil shaklda qo'llanadigan harflarni bergan. U shakli yozilish o'rniga qarab turlicha bo'ladigan harflaming so'z boshida, so‘z o'rtasida, so'z oxirida va alohida yozilish shaklini berib, ularga mos misollar keltirgan. Masalan, q harfini tanitish uchun qor, uyqu, oq so'zlarini, g‘ harfini tanitish uchun g'or, uyg'oq, tog‘ so'zlarini tanlagan. M uallif soddadan murakkabga tamoyiliga amal qilib, alifbe davrini asta-sekin murakkablashtira borgan. Kitobning alifbe qismiga, asosan, o'zbek tilining lug'at tarkibidagi so'zlar tanlab olingan. „Ustodi aw al“ ning 2-bo'lim i alifbedan keyingi davrdir. Bu bo'lim da hikoya, masal va 50 maqola berilgan. Ularning ayrimlarida bilim olish targ'ib qilinsa, boshqalari tarbiyaviy m azm unda bo'lgan. S.Saidazizov kitobining 3-bo'lim ini „Alifboi Q ur’on" deb atagan va o'z oldiga bolalarga ,,Qur’o n “ni tushunib o'qishga o'rgatishni m aqsad qilib qo'ygan. U m um an, tovush metodi M arkaziy Osiyoga ikki m anbadan yoyilgan: 1. Rus-tuzem maktablari ruscha sinflarida xat-savod tovush metodi bilan o ‘rgatilar edi. O'zbekcha sinf muallimlari tovush m etodi oson va qulayligini amalda o ‘z ko'zlari bilan ko'rganlar va asta-sekin tovush metodini o'z sinflariga tatbiq eta boshlaganlar. 2. XIX asrning oxiridan boshlab Rossiyadan Markaziy Osiyoga kelgan tatar muallimlari, ya’ni jadidlar tovush m etodida xat-savod o'rgata boshlagan edilar, oradan ko'p o'tm ay, bir qancha mahalliy muallimiqx ular kabi yangi maktablar ochadilar va bolalarga xat-savodni tovusTi metodi asosida o'rgata boshlaydilar. Shunday qilib, O 'rta Osiyoda tovush metodi asta-sekin hijo m etodining o'rnini egallay boshlagan. M a’lumki, tovush metodi bilan xat-savod o'rgatishga Rossiyada K .D .U shinskiy asos solib, u sintetik tovush m etodini q at’iy himoya qilgan. Tovush meiodi bilan savod o'rgatilganda, so'zning eng kichik bo'lagi, ya'ni nutq tovushlari asos qilib olinadi. So'zning m a’nosini o'zgartira oluvchi har bir tovush yozuvda harf orqali ifodalanishi: so'zda tovushlar almashinishi, ortishi yoki kamayishi natijasida boshqa bir yangi so'z hosil bo'lishi mumkinligi bolalar ongiga yetkaziladi. Keyingi yillarda ham xat savod tovush m etodida o'rgatilm oqda. Atoqli metodistlar (S. P. Redazubov, A. I. Voskresenskaya, K. Qosimova, Y.Abdullayev, O. Sharafiddinov va boshq.) tovush m etodida xat-savod o'rgatishni takomillashtirdilar. Arab alilbosida yozuvni o’rgatish qiyin bo'lgan. Bu alifbodagi harflar so'zda qo'llash o'rniga qarab, har xil shaklda yozilgan, bu yozuvni o 'ra n is h n i qiyinlasluirgan. Shuning uchun ko'p m aktablarda bolalarga ('■qish o'rgatilib yozuv o'rgatilm agan, chunki dom la va otinoyilarning ko'pchiligi o'qishni bilib, yozishni bilmagan. Eski maktabda yozish chiziqsiz tekis oq qog'ozga dastlab yo'g'onroq savag'ich qalamda o'rgatilgan; bolalar yozishni ozroq o'rganganlaridan keyin qamish qalamda ham yozishgan, ularga ruchkada yozishga ruxsat etilmagan. Yozishni o'rgatish alifbo tartibida harflaming alohida-alohida shaklini yozdirishdan boshlangan. Aw al alifax yozish o'rgatilgan, keyin o'.xshash shaklli harflar bandlarga bo'linib, o'xshash unsuri bo'lm aganlari esa ayrim-ayrim yozdirilgan. Ba’zi dom lalar ayrim harflaming elementlarini yozishni ham alohida mashq qildirganlar. Shundan keyin harflarni nusxaga qarab alifbo tartibida katta-katta qilib yozish (bu m ufradot (sarhad) deyilgan: bunday yozish bir-ikki yilga cho'zilgan) o'rgatilgan. Shundan keyin harflarni bir-biriga qo'shib yozish mashqi boshlangan. Bu mashqni m urakkabbot deyilgan. Harflarni bir-biriga qo'shib yozish mashqi bir necha bosqichga bo'linib, harf birikmalarining m a’no anglatish-anglatmasligi um um an e ’tiborga olinmagan, qanday qo'shilish mashq qilinavergan. K o'pgina eski maktablarda bunday mashq „abjad yozish“ bilan tugallangan. Murakkabbotdan keyin bayt, qit’a va ruboiylarni ko'chirib yozish mashqi boshlangan. Bu mashqni m uqattaol deyilgan. Bu mashqqa ham juda ko'p vaqt sarflangan; u m a’noli so'zlarni yozish bilan boshlanib, duoyi salom (insho) yozish bilan tugallangan. Bola duoyi salom yozishni bilsa, „xati chiqqan" hisoblangan. Yozuvni o'rgatish va husnixat mashq qildirishda „M u fradot“ kitobidan foydalanilgan. Bu kitobchada har uchala mashq turi, ba’zi nashrlarda esa insho namunalari berilgan. Eski maktabda yozuvga o'rgatishning birdan-bir yo'li ko'chirib yozuv — nusxa ko'chirish hisoblangan, natijada bolada yozma nutq ko'nikmasi hosil qilinmagan. Bu mashq bolani juda zeriktirgan, hech o'ylanm asdan yozishga odatlantirgan. M aktabxonada ijodiy ko'chirib yozuv mashqlarining, shuningdek, boshqa usullarning qo'llanilm aganligi orqasida bola chiroyli ko'chirib yozish ko'nikmasini hosil qilgan bo'lsa ham , o'z fikrini yozma ifoda qila olmagan, eng oddiy jumlalarni ham zo'r-bazo'r xato bilan yozgan. Eski maktablarda, madrasalarda o'zbek tili o'qitilm agan, natijada eski maktab bolalarigina emas, hatto madrasada bir necha yil um r o'tkazgan ba’zi bolalar ham o'z ismini to'g'ri yozishni bilmaganlar. Arabchada to'g'ri, chiroyli yozuvga o'rgatish uchun xivalik shoir Shermuham mad Avazbey o'g'li M unisning (1778-1829) „Savodi ta ’­ lim" kitobidan foydalanilgan. Rus-tuzem maktablarida o'qish va yozishni o'rgatish, odatda, bir vaqtda boshlanib, bir-biriga bog'lab olib borilgan, har kuni aw al o'qish, keyin yozuv darsi bo'lgan; o'qish va yozish onglilik tamoyili asosida o'rgatilgan; bolalar qaysi tovush, bo'g'in, so'z yoki gapni o'qiyotgan yoki yozayotganini aniq tasavvur qilgan, m a’nosiga tushungan, arabcha harfning yolg'iz shaklini yoxud biror harfning elementini yozayotganligini ongli ravishda bilgan. Rus-tuzem maktablarining o'zbekcha sinfida ko'chirib yozishga va diktantga ko'p vaqt sarf etilgan. Bulardan tashqari. insho (turli tilxat, duoyi salom va savdo ishiga oid har xil xatlar) yozishga ham o'rgatilgan.
. Bolalaming savod o'rgatishga tayyorgarligini o'rganish
Savod o'rgatishni to'g'ri tashkil etish uchun bolalaming unga nutqiy tayyorgarligini maxsus o'rganish talab etiladi. Oldin bolalami maxsus o'rganish avgust oyida, hatto undan oldin — bahordan boshlangan. Bunda 1-sinfga keladigan o'quvchining oilasiga yoki bolalar bog'chasiga borilgan, suhbat o'tkazilgan, bolalaming um um iy bilim saviyasi aniqlangan.
Hozir 1-sinfga qabul qilinadigan bolalar savod o'rgatishga maxsus tayyorlanyaptilar. U lar uchun bir-ikki, ba’zi joylarda uch-to'rt oylik tayyorlov sinflari tashkil qilingan. Tayyorlov m ashg'ulotlarda bolalar tovush-harf bilan tanishtirilyapti, elem enter tarzda yozuvga ham o'rgatilyapti. M etodistlar tayyorlov sinflar uchun aniq talablar, metodik tavsiyalar ishlab chiqishmoqda.
Tayyorlov sinflarning ta’lim mazmuni va tashkil etish muddati bir xil bo'lm asa-da, lekin bu davrda bolalaming nutqiy tayyorgarfigini o'rganish uchun quyidagilarni aniqlash tavsiya etiladi:

Download 59,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish