Buxgalteriya balansi – buxgalteriya hisoboti aniq hisobot sanasida yakunlovchi, mablag’larning sarflanishi, manbai va maqsadini ta’riflovchi, jamlovchi, umumlashtirilgan jadvalda pil hisobida aks ettiruvchi hujjat. Buxgalteriya balansi korxona, tashkilot, firma va boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mulkiy holatini qiymat ko’rinishida ta’riflab beradi. Buxgalteriya balansi umumlashtirilgan jadval shaklida korxonaning mulklari tarkibini, ularning joylashtirilishini, manbalarini mablag’larning sarflanishi va safarbar etilishini hisobot sanasida qiymat jihatidan aks ettiradi. Buxgalteriya balansi 2 qismdan iborat bo’lib, chap tomoni aktiv, o’ng tomoni passiv deb ataladi. Aktiv va passiv bir-biriga teng bo’ladi.
Buxgalteriya hisoboti – korxona (tashkilot)ning hisobot davri (oy, chorak, yil)dagi mablag’lari holati va xo’jalik-moliyaviy faoliyatini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi; buxgalteriya hisobi ma’lumotlar bo’yicha tuziladi. Buxgalteriya hisoboti statistika va operativ hisobotlar bilan birgalikda moliyaviy hisobotning tarkibiy qismini tashkil etadi. Maqsadga ko’ra ichki va tashqi turlarga bo’linadi. Ichki Buxgalteriya hisoboti korxona va uning tarkibiy bo’linmalari faoliyatini tahlil etish hamda boshqarishga xizmat qiladi. Tashqi Buxgalteriya hisoboti korxonaning moliyaviy holati haqida axborotlar oladigan boshqaruv hamda nazorat idoralariga beriladi. Buxgalteriya hisobotining belgilangan muddatda topshirilishi va majburiyligi ularga qo’yiladigan asosiy talabdir. Korxonalar yillik Buxgalteriya hisobotini yakunlangan yildan keyin 15-fevraldan choraklik Buxgalteriya hisobotini chorak tugagach, 25 kundan kechikmay mulk egalariga, korxona joylashgan hududdagi davlat statistika idoralariga, davlat soliq inspeksiyalariga va boshqa davlat organlariga topshirishlari shart.
Xulosa va takliflar
Mazkur hisobotimda ko’tarilgan mavzudan shunday xulosa
qilishimiz mumkinki, tijorat banklarining yuqoriroq foyda olishi, ularning
daromadlilik va likvidliligining ta’minlanishi, shuningdek banklarning
moliyaviy barqarorligi, avvalambor, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga
salmoqli ahamiyatga ega bo’lib, bundan tashqari banklarning qanchalik ko’proqfoydaga ega bo’lishi, o’z navbatida, banklarning omonatchilar va kreditorlarmanfaatlarini shunchalik darajada himoya qilinganligidan, hamda tijoratbankining xizmatlari, operatsiyalari va faoliyati barqaror ekanligidan dalolatberadi.
O’tgan yil yakunlarini sarhisob qilganda, avvalambor shuni ta’kidlashimiz
kerakki, global jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan jiddiy
muammolarga qaramasdan 2014-yilda O’zbekiston o’z iqtisodiyotini barqaror
sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholining turmush darajasini izchilyuksaltirishni ta’minladi, dunyo bozoridagi o’z pozitsiyasini mustahkamladi.
Ayni paytda barqaror va ishonchli faoliyat yuritib kelayotgan mamlakatimizdagibarcha tijorat banklari iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni yanadachuqurlashtirish, uning yetakchi tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish hamdatexnik va texnologik jihatdan yangilash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishhamda aholining ish bilan bandligini ta‟minlashga qaratilgan tadbirlarda faolishtirok etib kelmoqda.Aholining bo’sh pul mablag’larini bank omonatlariga jalb qilish orqaliular uchun nafaqat daromad manbai, shu bilan birga bank uchun hamqo’shimcha resurs manbaidir. Shuningdek, bu orqali iqtisodiyotda pulmablag’larini bankdan tashqari jamg’arilishiga yo’l qo’yilmaydi. Ushbuvaziyatdan kelib chiqib, bu borada aholining manfaatlarini ham inobatga olganholda, tijorat banklari tomonidan aholi uchun jozibador omonat turlari joriyetilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyati natijalarining tahlili
shuni ko’rsatadiki, banklarning sof foydasi oshgan. Bank foydasining oshishibank daromadlarining, ayniqsa bankning kredit operatsiyalari bo’yichadaromadlarining o’sganligi evaziga bo’lgan. Lekin tahlil natijalari shuniko’rsatmoqda banklarimiz jami daromadlari tarkibida foizsiz daromadlarninghajmi ko’proq, jami xarajatlar tarkibida esa operatsiya xarajatlari ko’proqulushni tashkil etmoqda. Bu natijalarga berilgan kreditlar, depozitlar va boshqajalb qilingan mablag’larning oshganligi evaziga erishildi. Shuningdek foizsizxarajatlar hajmining oshishini ham inobatga olish kerak, bu bank faoliyatidamenejmentni rivojlantirish kerak ekanligini anglatadi, aks holda bu qoniqarsiznatijaga olib kelishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Saidvaliyeva D.S banklar va ularning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni.
O’zbekiston Respublikasi banklar to’g’risidagi elektron to’lovlar tizimi bo’yicha hisob-kitoblar yuritish to’g’risidagi nizom 2004-yil 2-may.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining meyoriy xujjatlar to’plami.
Do'stlaringiz bilan baham: |