Umarali Normatov



Download 21,18 Kb.
bet1/2
Sana10.07.2022
Hajmi21,18 Kb.
#772993
  1   2
Bog'liq
Umarali Normatov


Umarali Normatov
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtishQidirish qismiga oʻtish
Umarali Normatov — adabiyotshunos, tanqidchi. Umarali Normatov 1931-yil 3-yanvarda Fargʻona viloyatining Rapqon qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgu OʻzMU) filologiya fakultetini tugatgan (1952–1957), aspiranturasida taʼlim olgan (1959–1962).
1962-yildan hozirgi kungacha oʻzbek adabiyoti kafedrasida katta oʻqituvchidotsentprofessor, mudir boʻlib ishlamoqda. Adabiy tanqidchilik faoliyatini 1957-yildan boshlagan: hozirgacha 20 dan ortiq kitobi, 500 dan ortiq maqolataqrizlari bosilgan. Adabiyotshunos olimning faoliyati yaxlit holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi oʻzbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalari yechimiga yoʻnaltirilgan.
U 1962-yilda filologiya fanlari nomzodi, 1978-yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. „Nasrimiz ufqlari“ (1974), „Yetuklik“ (1982), „Qalb inqilobi“ (1986), „Qodiriy bogʻi“ (1996), „Umidbaxsh tamoyillar“ (2000) singari asarlarida yangi oʻzbek adabiyoti, uning namoyandalari ijodining muhim tomonlari yoritib berilgan. Umarali Normatov „Oʻzbekiston fan arbobi“ (1981), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1989).[1][2][3]
1931 yil 3 yanvarda Fargʻona viloyati Beshariq tumanidagi Rapqon qishlogʻida tugʻilgan. Toshkent Davlat universitetining (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetida (1952–1957), soʻng aspiranturasida (1959–1962) taʼlim olgan. 1962 yildan Milliy universitet oʻzbek adabiyoti kafedrasida ishlaydi, filologiya fanlari doktori, professor. 1974–2000 yillari Hozirgi oʻzbek adabiyoti kafedrasiga mudirlik qilgan. Bu yillari kafedrada O. Sharafiddinov, A. Aliyev, A. Rasulov, N. Xudoyberganov, S. Sodiqov, B. Karimov, A. Ulugʻov, R. Qoʻchqorov, D. Quronov, U. Hamdam singari isteʼdodli munaqqid-adabiyotshunoslardan iborat ilmiy jamoa shakllandi; mazkur jamoaning saʼy-harakati tufayli O. Sharafiddinov boshliq milliy tanqidchilik maktabiga asos solindi.
U. Normatov 1957 yildan matbuotda koʻrina boshladi, 500 dan ortiq maqolalari, 50 dan ortiq adabiy-tanqidiy asarlari, darslik, oʻquv qoʻllanmalari chop etilgan. Adabiyotshunos-olimning adabiy-tanqidiy ishlari yaxlit holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi oʻzbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalariga bagʻishlangan; uning qalamiga mansub milliy adabiyotimizning nodir asarlari tahlili, oʻziga xos talqini, bu adabiyotning oʻnlab namoyandalari adabiy portretlari, nihoyat, yangi oʻzbek adabiyotining oʻziga xos xususiyatlari, taraqqiyot tamoyillariga oid ilmiy-nazariy ishlari ahamiyati adabiy jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilgan. Munaqqidning “Nasrimiz ufqlari” (1974), “Yetuklik” (1982), “Qalb inqilobi” (1986), “Qodiriy bogʻi” (1996) kitoblari zamonaviy oʻzbek adabiyotshunosligining yutugʻidir.
Umarali Normatov tanqidchi-adabiyotshunos sifatida mustaqillik yillaridagi milliy adabiy jarayonni qadam-baqadam sinchiklab kuzatib, adabiyotimizda paydo boʻlgan yangicha adabiy-estetik tamoyillarni aniqlash, bugungi adabiy jarayonning nazariy muammolarini tadqiq etish yoʻlidan bordi. “Umidbaxsh tamoyillar”, “Tafakkur yogʻdusi”, “Qahhorni anglash mashaqqati”, “Koʻngillarga koʻchgan sheʼriyat”, “Ustoz ibrati”, “Ijod sehri”, “Ijodkorning daxlsiz dunyosi” kitoblari, matbuotda eʼlon etilgan yuzlab adabiy-tanqidiy maqolalari ayni shu muammolarga bagʻishlangan.
Asarlari rus, turk, tojik tillarida chiqqan.
Umarali Normatov 1991 yildan umumtaʼlim maktablari uchun tubdan yangilangan adabiyot dasturi va darsliklari yaratish boʻyicha mualliflar guruhiga rahbarlik qildi, 5,9, 11-sinflar uchun darslik, qoʻllanmalar muallifi sifatida qatnashdi; uning ishtirokida oliy oʻquv yurtlari uchun “XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi”, “Yangi oʻzbek adabiyoti” kitoblari yaratildi.
U. Normatovning adabiyotshunoslik, taʼlim-tarbiya sohasidagi xizmatlari munosib taqdirlangan. U Oʻzbekiston Respublikasi Fan arbobi (1981), Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989); Oʻzbekiston Respublikasi Xalq maorifi aʼlochisi nishoni (1992), “ToshDU mohir pedagogi”(1998) unvoni sohibi. Adabiy-tanqidiy maqolalari uchun “Sharq yulduzi”, “Guliston”, “Tafakkur” jurnallari mukofotlarini olgan.
(2010 yilgi maʼlumot)

Umarali Normatov (1931.3.1, Beshariq tumani) — adabiyotshunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1981), filologiya fanlari doktori (1978), professor (1979). Toshkent universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1957).


1962 yildan ToshDU (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetining o‘zbek abadiyoti kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent; kafedra mudiri (1974—2000), kafedra professori (2001 yildan).
1957 yildan adabiy-tanqidiy va ilmiy maqolalari bilan adabiy jarayonda ishtirok etib keladi. Umarali Normatovning ilmiy, adabiy-tanqidiy tadqiqotlari yangi o‘zbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalariga, uning o‘ziga xos an’analari va novatorlik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan.
Ilmiy faoliyatida realizm masalalari, 20-asr o‘zbek adabiyoti, adabiy jarayon hamda adabiy tanqidchiligining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, Qodiriy, Sh. Xolmirzayev, P. Qodirov, O‘. Hoshimov va boshqa ijodkorlarning asarlari bilan bog‘liq masalalar muhim o‘rin egallaydi.
Umarali Normatov umumta’lim maktablarining 5-, 9-, 11-sinflari uchun «O‘zbek adabiyoti» darslik va majmualari, oliy o‘quv yurtlari uchun «20-asr o‘zbek adabiyoti tarixi» (1999) darsligi mualliflaridan biri. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).
“Nasrimiz ufqlari” (1978) “Qalb inqilobi” (1986), “Qodiriy bog‘i” (1996), “Umumbaxsh tamoyillar” (2000), “Qahhorni anglash mashaqqati” (2000), kabi kitoblar muallifi.

Download 21,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish