Umar Xayyom 1 library ziyonet uz/ Ruboiyot Umar Xayyom u mar X ayyom (1048—1131)



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/29
Sana02.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#731051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
ruboiyot

Ruboiy ot
Umar Xayyom 

library.ziyonet.uz/ 
Rohat qisqa, zahmat topmoqda rivoj. 
Xudoga ming bora shukrki, balo 
Va kulfatga meni etmadi muhtoj. 
* * * 
Baxtingdan obodlik shoxi unsa ham, 
Hayoting libosi boʻlsa-da, hurram. 
Tanang chodiriga suyanma koʻpam, 
Toʻrttala qozigʻi sustdir, ey odam. 
Qayda kamol topding, jononam oʻzing, 
Oyni uyaltirar tunda yulduzing. 
Bazm uchun yuzlarim bezar goʻzallar, 
Jahon bazmin bezar bir sening yuzing. 
* * * 
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, 
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, 
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: 
Oʻn gaz kafan bilan ikki gaz zamin. 
Oʻzgartirib boʻlmas ne bitmish qalam, 
Faqat dil xun boʻlur tortaversang gʻam, 
Butun umr jigar qonin yutsang ham, 
Umring uzaytirib boʻlmas biror dam. 
* * * 
Olma sardaftari ishqning imlosi
Yoshlik qasidasin jilva ziyosi. 
Ey, ishq olamidan xabarsiz, bilgʻil, 
Ishq emasmi asli hayot ma’nosi. 
Kimsani ranjitma, ranjitma hayhot, 


Ruboiy ot
Umar Xayyom 
10 
library.ziyonet.uz/ 
Gʻazabing birovga sochmagil, ey zot. 
Oʻzing ranj cheku, hech kimni ranjitma, 
Rohat desang agar oʻzing gʻamga bot. 
* * * 
Muhabbat oʻtida yonmasa koʻngil, 
Holiga voy degil bemoru zahil. 
Muhabbatsiz oʻtgan har bi kuning, bil: 
Umringdan behuda ketmish behosil. 
Bir burchakda qotgan nonga qanoat
Istamadim undan ortiq hashamat. 
Jonu dildan harid etdim faqirlik, 
Faqirlikdan ortiq koʻrmadim davlat. 
* * * 
Poku, ahil, oqil kishiga oʻrtqo - 
Boʻlu noahildan qochaver yiroq. 
Dono senga zahar tutsa ham ichgil, 
Qoʻl choʻzmagil sharbat tutsa ham ahmoq. 
Dardga chalinmish bu dili vayronam
Ishqdan uygʻonmadi sarmast jononam, 
Oshiqlik sharobin berganlari kun 
Jigarim qoni-la, toʻldi paymonam. 
* * * 
Hikmat chodirini tikladi Xayyom
Andux koʻrasida yondi ul nokom. 
Umr ipin kesdi ajal qaychisi, 
Xizmatiga oxir shul erdi in’om. 
Shoislom Shomuhamedov tarjimalari.



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish