1928-1929-yillar Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm
okruglarida yer-suv islohoti o`tkazildi.
1929-yili o‘zbeklashtirish siyosati bo‘yicha tashkilotlararo
o‘zbeklashtirish komissiyasi faoliyat ko‘rsatgan.
1929-yili sovet jamiyatida bozor munosabatlari muhiti
barham topdi.
1929-yil 17-fevral - 2 martda Samarqandda o‘tkazilgan
O‘zbekiston Kommunistik partiyasining IV syezdidan keyin
jazo mexanizmi ishga tushirildi.
1929-yil mart oyida O‘zbekiston SSR Oliy sudining raisi
Sa’dulla Qosimov lavozimidan bo‘shatilib, qamoqqa olindi.
1929-yil may oyida Samarqandda o‘tgan O‘zbekiston
adiblari, imlochilari va yetakchi ziyolilari konferensiyasida
o‘zbek yozuvini arab grafikasidan lotin grafikasiga
o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |