1885-yil iyul oyining oxirgi kunlarida qo‘zg‘olon
ko‘targan dehqonlar va amir Muzaffar lashkari o‘rtasida
jang bo‘lib o‘tdi. Tayyorgarlik ko‘rmagan va mehnat
qurollari bilan ko‘chaga chiqqan dehqonlar mag‘lubiyatga
uchradi.
1885-yil Kaspiyorti temiryo‘li qurilgan.
1885-1887-yillar Muzokaralar natijasida chegaralarni
belgilash bo‘yicha ingliz-rus komissiyasi Rossiya
imperiyasining O‘rta Osiyodagi Buxoro amirligi yerlari
bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara chizig‘ini belgilashni
nihoyasiga yetkazdi.
1886-yil 12-iyul Rossiya imperatori Aleksandr III
tomonidan yangi “Turkiston o‘lkasini idora qilish
to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlandi. Mazkur Nizomning
asosiy
maqsadi
o‘lkada
ma’muriy
boshqaruvni
mustahkamlash
va
yerdan
foydalanish
tartiblarini
o‘zgartirishdan iborat bo‘lgan. Nizomga muvofiq
Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylantirildi.
Xo‘jand, Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand uyezdlari
uning tarkibiga kiritildi. Qurama uyezdining nomi
Toshkent uyezdi deb o‘zgartirildi. Nizomga muvofiq
Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy boshqaruvi
yangi idora – Turkiston general-gubernatori Kengashi bilan
to‘ldirilgan. Viloyat harbiy gubernatorlari, general-
gubernator devoni boshqaruvchisi, Turkiston harbiy okrugi
shtabi boshlig‘i bu Kengashning doimiy a’zolari
bo‘lishgan. Nizomning “Turkiston o‘lkasining yer
tuzilishi” degan bo‘limida o‘lkada tarixan shakllanib
kelgan an’anaviy yerga egalik qilish munosabatlari
o‘zgartirib yuborildi. Unga ko‘ra Turkiston yerlari,
o‘rmonlari va yerosti qazilma boyliklari davlat mulki deb
e’lon qilindi. Bu bilan ular Rossiya imperiyasi mulkiga
aylandi. Nizom bo‘yicha o‘lkada yirik yer egaligi ham
tugatildi. Nizomda hukumat tasarrufida qolayotgan bo‘sh
turgan davlat yerlariga rus aholisini joylashtirish muhim
ekanligi qat’iy belgilab qo‘yildi. Nizomda Turkiston
o‘lkasida qozilar sudi saqlanib qoldi. Uyezd sudlari bekor
qilinib, ularning o‘rniga shahar va zemstvo boshliqlari
tomonidan tayinlanadigan uchastka mirovoy sudyalari
Z
UFAR
B
EKCHANOV *
D
ONIYOR
J
UMANAZAROV
Telegram manzilimiz;
99 749 77 00 99 506 55 00
38
tuzildi. Viloyat boshqaruvining sud bo‘limlari viloyat
sudlari bilan almashtirildi. Sud tergovchilari, viloyat
prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi.
Nizom shahar va qishloqlarning har bir mavzesini nazorat
ostida saqlab turgan avvalgi politsiya tuzilmalariga
qo‘shimcha tarzda uyezd boshliqlariga ispravniklar
huquqini ham berdi.
1886-yil Turkiston general-gubernatorligining umumiy
hududi 1,7 million kv. km bo‘lib, aholisining soni 5,2
million kishidan iborat bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |