1945-yil 9-mayda gitlerchilar Germaniyasi butunlay taslim
bo‘ldi.
1945-yil avgustda Yaponiyaga qarshi urush sovet
qo‘shinlarining hujumi bilan boshlandi.
1945-yil 2-sentyabrda Manjuriyadagi yapon qo‘shinlari
sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilingach, Yaponiya
so‘zsiz taslim bo‘lganligi haqidagi hujjatga qo‘l qo‘ydi.
1945-yil oxiriga kelib O‘zbekistonning mashinasozlik
sanoati qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya ehtiyojlari uchun
mashina va uskunalar ishlab chiqarishga o‘tkazildi.
1946-yili O‘zbekiston metallurgiya zavodida yangi prokat
sexi ishga tushirildi.
1946-yili O‘zSSR uchun paxta ekin maydoni 779 000
gektar qilib belgilab berildi.
1946-yili respublikada 218 000 gektar sug‘oriladigan
maydon faqat paxta ekish uchun bo‘shatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |