1927-1928-yillarda “Hujum” harakati eng faol o‘tkazilgan
O‘zbekistonda 2500 dan ortiq faol xotin-qizlar, tuman va
qishloq sho‘rolarining a’zolari, xotin-qizlar klublari va
kutubxonalar mudiralari, muallimalar yangi hayot yo‘lida
o‘z jonini qurbon qildi.
1928-yili mamlakatda sanoatni industrlashtirish amalga
oshirildi.
1928-yil 18-fevralda O‘zbekiston SSR MIK va XKSning
“Davlat apparatini o‘zbeklashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma
qarori qabul qilindi.
1928-yil kuzigacha mamlakat xalq xo‘jaligi bir yillik
rejalar asosida boshqarib kelindi.
1928-yil oktyabr-1932-yil dekabrida O‘zbekistonda 289
ta yangi sanoat korxonasi qurildi, 79 ta korxona qayta
tashkil etildi.
1928-yil oktyabrdan 1932-yil dekabrgacha O`zSSRda
Birinchi besh yillik reja muddatidan 9 oy oldin yakunlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |