1918-yil 2-martda Eski Buxoro shahriga hujum boshlandi.
1918-yil 2-martda Rossiya imperatori Nikolay II o‘z
ixtiyori bilan taxtdan voz kechdi.
1918-yil 5-mart F.Kolesov Toshkent tomonga chekinishga
buyruq beradi.
1918-yil 17-martda Kolesov otryadi bilan Samarqandga
yetib keldi.
1918-yil 25-martda sovet Turkistoni bilan Buxoro amirligi
o‘rtasida Qiziltepa bitimi imzolandi.
1918-yil martoyining oxiriga kelib Katta Ergashning nomi
Farg‘ona vodiysi aholisi o‘rtasida juda mashhur bo`lib
ketdi.
1918-yil 20-aprel – 1-mayda Toshkentda Turkiston ishchi,
soldat, krestyan, musulmon va dehqon deputatlarining V
o‘lka syezdi bo‘lib o‘tdi. Syezd deputatlari sovet Rossiyasi
hukumati rahbarlari V.I. Lenin va I.V. Stalin ko‘rsatmasi
asosida 30-aprelda “Rossiya Sovet federatsiyasining
Turkiston Sovet Respublikasi haqidagi Nizom”ni qabul
qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |