1914-1915-yillar “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg‘ona”
gazetalarining ikki yillik faoliyati davomida milliy
ziyolilarning vatanparvar qatlamlari tomonidan millat
ozodligi va ravnaqini tarannum etuvchi,
xurofot kabi eski aqidaparastlikni qoralovchi ko‘plab
maqolalar e’lon qilindi.
1915-yil Turkistonda paxtaga o‘zgarmas davlat narxlari
joriy etildi, narxlar umumiy o‘sishi sharoitida bu narx
paxtakorlarning hosil yetishtirishdagi xarajatlarini qoplay
olmas edi.
1915-yil Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat tomonidan
islom tarixiga oid asar yaratildi.
1915-yil “Turon” teatrining Turkiston shaharlari bo‘ylab
gastrollari zo‘r muvaffaqiyat bilan o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |