1913-1915-yillar “Samarqand”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi
Farg‘ona”, “El bayrog‘i”, “Kengash”, “Ulug‘ Turkiston”,
“Turon” gazetalari, “Oyna” jurnali chop etildi.
1914-yil Qoraqalpoqlar yashaydigan joylarda atigi to‘rtta
umumta’lim maktabida 200 nafar o‘quvchi o‘qir, ikkita
kasalxona va feldsherlik punktida uch shifokor ishlar edi.
1914-yil Turkistonda “favqulodda muhofaza holati” deb
e’lon qilindi.
1914-yil Abdulla Avloniy Toshkent shahrida “Turon” teatr
truppasini tashkil etdi.
1914-yil Buxoro amirining Sitorai Mohi Xosa saroyi
qurilishi nihoyasiga yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |