1898-yil 17-may Mahalliy aholining mustamlakachilik
jabr-zulmlariga qarshi norozilik harakatlarining oshkora
qo‘zg‘olon ko‘rinishida boshlanib ketishiga Muhammad
Ali o‘z odamlari orqali atrofdagi qishloqlarga xabar
tarqatib, qo‘zg‘olon boshlash vaqti kelganligini e’lon
qilishi sabab bo‘ldi.
1898-yil
17-may
Muhammad
Ali
rahbarligidagi
qo‘zg‘olonchilar tomonidan Tojikqishloqdagi telegraf
simlarining qirqib tashlanishi bilan qo‘zg‘olon boshlanib
ketdi.
1898-yil Andijondagi qo‘zg‘olondan keyin Rossiya
podshosi Nikolay II Turkiston general-gubernatori A.
Vrevskiyni lavozimidan chetlatib, uning vazifasini
vaqtinchalik Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori N.
Korolkov zimmasiga yukladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |