Tadqiqot obyekti va predmeti. Ulug‟bek Hamdamning “Muvozanat”,
“Isyon va itoat”, romanlari, “Na‟matak” mini-romani va 20dan ortiq hikoyalari
obyekt sifatida, Ulug‟bek Hamdam ijodini o„rganishga bag‟ishlangan zamonaviy
adabiyotshunoslik tadqiqotlari predmet sifatida olindi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ulug„bek Hamdamning nasriy asarlari
an‟anaviylik va novatorlik tamoyillari asosida monografik o„rganildi. Izlanishlar
natijasida yozuvchining hikoya va roman janri rivojiga qo„shgan novatorona
hissasi aniqlandi. Adibning obrazlar tizimi, bayon uslubidagi yangicha qarashlari
oydinlashtirildi. Ulug‟bek Hamdam asarlari va bu boradagi tadqiqotlari asosida
bibliografik ro„yxat yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |