Улуғмуродов н. Х


Suv taminoti jarayonini avtomatlashtirish



Download 4,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/187
Sana14.04.2022
Hajmi4,43 Mb.
#549733
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   187
Bog'liq
«ТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁНЛАРНИ АВТОМАТЛАШТИРИШ ВА МОДЕЛЛАШТИРИШ» (3)

Suv taminoti jarayonini avtomatlashtirish 
1-rasmda tasvirlangan nasos stansiyalarining texnologik sxemalariga haydaladigan suyuqlik 
to‟plagichlari, markazdan qochma nasoslar, ularni birlashtiruvchi quvurlar va to‟siq rostlovchi va 
ehtiyot quvur armaturasi kiradi.Ochiq suv havzalaridan korxonalarni suv bilan taminlashda ( 1- 
rasm,a) suv nasos stansiyasining birinchi ko‟tarilish stansiyasi deb ataluvchi suv bosimi inshoatiga 
o‟zicha oqib keladi.Suv to‟plagichning 2 ta kirish kamerasi chivish kamerasi bilan teshiklar (darchalar 
) bilan tutashgan bo‟lib, ularga panjaralar o‟rnatilgan, ular me\anik aralashmalarning yirik zarralarani, 
muz parchalarini tutib qoladi.Panjaralarni yig‟ilib qolgan iflosliklardan tozalash uchun mahsus 
qurilmalar ko‟zda tutilgan bshlib, ular chiqish kamerasi tomonidan katta bosim ostida suv oqimlarini 
yo‟naltiradi.Toza suv markazdan qochma nasoslar bilan so‟rib olinadi va korxonaga suv beruvchi 
magistral vodoprovodga haydaladi.Nasos stansiyasining ishonchli ishlashi nasoslarni rezervlash yo‟li 
bilan taminlanadi :ulardan odatda, to‟rttasi o‟rnatiladi.Har bir nasosning chiqishida teskari klapanlar 
o‟rnatilgan. Nasos stansiyasi xonasi qishki payt elektr isitkichlar bilan isitiladi. 
2-rasm. 
Suv taminoti jarayonini avtomatlashtirish sxemasi. 
 
Aylanma suv taminoti sistemasida ifloslanmagan ishlab chiqarish suvi sovitilgach ishlab 
chiqarishga qaytariladi( 1- rasm,b).To‟plagichdan issiq suv markazdan qochma nasoslar bilan 
gradirnyaga haydaladi, keyin sovitilgan suv to‟plagichda yig‟iladi, undan ishlab chiqarishga 
haydaladi.Ifloslanmagan ishlab chiqarish suvini haydash uchun issiq va sovuq suvga 3 tadan nasos 
ajratiladi. 
Ifloslangan ishlab chiqarish suvlari aralashtirgichli to‟plagichga oqib tushadi ( 1- rasm,v), 
undan esa markazdan qochmu nasos yordamida biologik tozalash stansiyasigi haydaladi. 


224 
Ifloslangan suv nasoslardan ikkitasining biri asosiy sifatida ikkichisi esa zaxira ulash uchun 
mo‟ljallangan. 
Nasos stansiyasiyalarining sifati magistral vodoprovodda bosimni aylanma suv to‟plagichlarida 
ifloslangan sanoat oqavalari to‟plagichida sath balandligini berilgan chegaralarda saqlash ishonchliligi 
bilan ifodalanadi. 
Magistral vodoprovoddagi bosim ishlayotgan nasoslarning unumdorligiga va korxona ishlatadigan suv 
sarfiga bog‟liq.Agar suvni istemol qilish nasoslarining unumidan ortib ketsa, u holda magistral 
quvurdagi bosim tushib ketadi( pasakyadi).Haydaladigan suyuqliklar to‟plagichlardagi sath 
balandliklari ularning kelishi va sarflanishi bilan belgilanadi.Sovitilgan aylanma suv sarfi uni 
texnologik stansiyalarning istemol qilishiga bog‟liq bo‟ladi. 
Suv yig‟ish qurilmasi chiqish kamerasidagi suv sathi balandligi panjara o‟rnatilgan 
teshiklarning gidravlik qarshiligi tufayli kirish kameralaridagi sath balandligidan ancha past 
bo‟ladi.Panjaralarda yirik mehanik aralashmalarning cho‟kib, o‟tirib qolishi chiqish kamerasida 
sathning pasayishiga olib kelishi mumkin.Nasos stansiyalari to‟plagichlarda sathning nasoslarning 
so‟ruvchi quvurlarigachak tushishiga yo‟l qo‟yib bo‟lmaydi, chunki markazdan qochma nasosning 
korpusiga havo kirishi natijasida uning unumdorligi keskin tushtb ketadi. 
Nasos stansiyalarining qarab chiqilgan hususiyatlari ularni avtomatlashtirishga bo‟lgan asosiy 
talablarni belgilab beradi : magistral vodoprovodda zarur bosimni taminlash, to‟plagichlarda sath 
balandligini berilgan chegalarda saqlash. 
To‟plagichlarda suv bosimimni va sath balandligini saqlash aniqligiga qo‟yilgan talablar juda 
past, bu ko‟rsatilgan parametrlarni rostlashning pozision sistemalaridan foydalanishga imkon beradi. 
Shu bilan birga nasos agregatlarining ishonchli ishlashini taminlash zarurligi avtomatik rezervlashdan ( 
zaxiralashdan) foydalanishni talab qiladi.Birinchi ko‟tarilish nasos stansiyalarini masofadan turib 
boshqarishda quvvatli markazdan qochma nasoslar yuritmalari elektr dvigatellarini ishga tushirish 
tomonlarini kamaytirish uchun ularni nasoslarning bosim quvurlaridagi to‟siqlar (zadvijkalar) yopiq 
bo‟lganda ulash kerak. 
Shuningdek nasosga suyuqlik keladigan to‟plagichlarda sath balandligi yo‟l qo‟yib bo‟lmaydigan 
darajadp pasayib ketganda nasoslarni o‟chirib quyishni nazarda tutish zarur. 
1-rasm a da keltirilgan birinchi kutarilish nasos stansiyasini avtamatlashtirish sxemasini qarab 
chiqamiz. 
1-rasm a da suv qabul qilish qurilmasidan magistral suv yo‟liga suv uzatishning to‟rtta 
linyasidan faqat bittasida nasosni va to‟sgichni boshqarish. 
Birinchi kutarish nasos stansiyasi xonasida temperaturani avtamatik rostlash qurilmasining ish 
unimini quvvatlash maqsadida amalga oshiriladi.Xonadagi temperatura dilatometrik datchik-rele 
TUDE-1 7a bilan o‟lchanadi.Uning masofadan turib boshqariladigan qurilmasi 7b kontaktor MP 
yordamida elektr isitish asboblarini yoqadi va o‟chiradi. 
Suv qabul qilish qurilmasi kameralaridagi suv sathi balandligi ko‟rsatishlarin masofadan turib 
uzatuvchi qalqovichli asboblar 1b, 2b, 3b yordamida nazorat qilinadi.Kirish va chiqish kameralaridagi 
sath balandligini o‟zgarishlarini differensiyalovchi signallovchi ikkilamchi asboblar 1v va 3 v qabul 
qiladi \amda sathlarning yo‟l qo‟yib bo‟lmaydigan katta o‟zgarishlarida signal berish sxemasining 
elektr kontaktlari tutashadi, natijada \izmat ko‟rsatuvchi xodimlar kirish va chiqish kameralari 
orasidagi derazalardagi \imoya panjarasini tozalash zarurligi to‟g‟risida ogohlantiriladi. 
Bosim truboprovodlaridagi bosim manometr OBM lar bilan, magistral suv yo‟lidagi bosim esa 
signal beruvchi manometr EKM 10b yordamida o‟lchanib, uning tutashuvchi kontaktlari bosimning 
yo‟l qo‟yib bo‟lmas darajada pasayishi to‟g‟risida signal beradi. 
Sanoat tarmoqlariga uzatilayogan suv sarfi sarf o‟lchagich bilan o‟lchanadi, u torayuvuchi 
qurilma kamera diafragmasi DF va o‟zi yozar difmanometr DSS 8b dan iborat.Yig‟indi suv sarfi asbob 
8b ga kiritilgan integrator bilan aniqlanadi. 
Avtomatik blokirovka sistemalari nasos stansiyasining ishonchli ishlashini taminlash uchun 
nazarda tutilgan.Nasoslardan biri to‟xtatilganda yoki magistral suv yo‟lida bosim tushib ketganda 
zaxira nasos ishga tushiriladi.Nasosning ish rejimi zaxira yoki ishchi ekanini boshqarish kaliti 4KU 
belgilaydi.Nasoslarning ishlashi va suv yo‟lidagi bosim to‟g‟risidagi signallar hamda bosim relesi 10b 


225 
dan nasos elektr dvigatellarini boshqarish bloklari BU dan keladigan signallar elektr blokirovka 
sxemasiga uzatiladi.Nasos ulanganda uning bosim ostidagi quvuridagi to‟siq yopiq bo‟lishi kerak, 
binobarin uning chetki uzgichi kontaktlari ulangan bo‟lishi kerak.Aks holda nasosni avtomatik rejimda 
ulab bo‟lmaydi.Nasos ishga tushirilgandan so‟ng malum vaqt o‟tgach, rele kontakti ulanishida vaqt 
o‟tkazib, to‟siqni ochishga buyruq beradi.Nasoslar va to‟siqlar bosim va sathlar o‟zgarishlarining 
chegaraviy qiymatlari holatini signallash, nasos stansiyasi ishini nazorat qilish va hizmat ko‟rsatuvchi 
xodimlarni ishning nominal rejimidan chetlashishilar birligi haqida habardor qilish uchun 
mo‟ljallangan.Nasoslarning ishlashi va avariya rejimlari to‟g‟risidagi yorug‟lik signallari markaziy 
boshqaruv postida takrorlanadi.Mahalliy boshqarish postida yorug‟lik signaliga qo‟shimcha ravishda 
tovush signallari ham nazarda tutilgan. 
Boshqarish rejimini tanlash – masofadan turib, mahalliy ( joyidan), avtomatik-kalitlar 
3KU,4KU va 9KU yordamida amalga oshiriladi. 
1-rasm, b da aylanma suv taminoti sistemasida ifloslanmagan ishlab chiqarish suvlarini haydovchi 
nasoslar guguhini avtomatlashtirish sxemasi ko‟rsatilgan. 
To‟plagichlarda sathni uch pozisiyali avtomatik rostlash nasoslarni ulash va uzish yo‟li bilan 
amalga oshiriladi.Sathlarning chegaraviy qiymatlari haqidagi signallar sath signalizatorlari ERSU-3
1g, 4g bilan uzatiladi.Ishlab chiqarishga haydaladigan sovitilgan suvning temperaturasini nazorat 
qilish uchun suyuqlikli termometr 6 a qo‟llaniladi.Bosimni,suv sarfi va miqdorini blokirovka 
sistemasini, signalizasiya va masofadan turib boshqarish sistemasini nazorat qilish sistemasining 
texnik hal etilishi birinchi ko‟tarilish nasos stansiyasida qo‟llanilganlarga o‟xshashdir. 
1-rasm,v da ifodalangan ifloslangan sanoat oqava suvlarini haydash nasoslarini 
avtomatlashtirish sxemasi asosan 1-rasm,b dagi sxema bilan mos tushadi.Farqi muhitning 
ifloslanganlagi bilan ifodalanadi.Ifloslangan suvlarning sarfini nazorat qilish sistemasida biologik 
tozalashga ajratilgan idish SRS qo‟llanilgan.Bundan tashqari to‟plagichning avariyaviy to‟lib ketishi 
haqida signallash ko‟zda tutilgan. 
O‟zlashtirish uchun savollar : 
1. Kimyo va oziq – ovqat sanoati korxonalarida qanday sovuq ta‟minlash mashinalaridan 
foydalaniladi? 
2.Sovitish qurilmasi ishning samaradorligi nima bilan belgilanadi? 
3.Oraliq sovuq eltkich qanday tuzilgan? 
4. Suv taminoti jarayoni qanday avtomatlashtiriladi? 

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish