7.Berk zanjirli avtomatik rostlash sistemalari.
Mexnat predmetiga ishlov berish prosessi turli sharoitlarda olib boriladi. Bu sharoitlar,
ko‟pincha, rostlash parametrlari o‟zgarmas (stabillashgan) bo‟lishi, berilgan programmaga muvofiq
o‟zgarishi, noma‟lum tasodifiy o‟zgaruvchi signalga muvofiq o‟zgarishi mavjudligi bilan bog‟liqdir.
Shunga muvofiq rostlanuvchi parametrni stabillovchi, berilgan programmaga, tasodifiy signalga
muvofiq o‟zgartiruvchi rostlash sistemalari mavjud bo‟lib, ular texnologik prosesslarni
avtomatlashtirishda keng qo‟llaniladi. Avtomatik sistemalarning ob‟ektga ta‟siri orqali rostlanuvchi
parametrning oniy qiymati
X
„
ch
(t) uning texnologik prosess talabiga muvofiq berilgan qiymati
X
b
ga teng yoki yaqin bo‟lishi ta‟minlanadi.
Stabillovchi avtomatik rostlash sistemasida rostlanuvchi parametrning berilgan qiymati
texnologik prosess davomida o‟zgarmas
X
b
= const bo‟ladi, rostlanuvchi parametrning barqaror rejimdagi haqiqiy qiymati X
ch
(t) esa berilgan
qiymatga teng yoki berilgan qiymat
ΔX
Q
ga muvofiq, unga yaqin bo‟ladi :
X
ch
(t) = X
b
± ΔX
Q
,
(19)
ΔX
Q
≥ ΔX
Bunda X
b
─
rostlanuvchi parametrning berilgan qiymati, ΔX
Q
─
rostlash xatosi uchun berilgan
quyim, ΔX sistemaning barqaror holatidagi rostlash xatosi. Bu xato asosan nosezgirlik va signal
energiyasining o‟tkazgichlarda yo‟qolishi oqibatida paydo bo‟ladi. ARS ni rostlash xatosi ΔX ning
rostlash xatosi uchun berilgan quyim ΔX
Q
dan kichik yoki teng bo‟lishi ΔX ≤ ΔX
Q
talab qilinadi.
Stabillovchi ARS astatik va statik sistemalarga bo‟linadi.
Astatik rejimda ishlaydigan avtomatik rostlash sistemalarida rostlanuvchi parametr sistemani
qo‟zg‟atuvchi (muvozanat holatidan chiqaruvchi ) tashqi ta‟sirlarga ─ nagruzka o‟zgarishlariga bog‟liq
bo‟lmaydi.Rostlash prosessi davomida rostlanuvchi parametrning
barqaror rejimlaridagi qiymati X
ch
(t) berilgan qiymat X
b
ga teng yoki yaqin va regulyatorning
nosezgirligini hisobga olganda
X
ch
(t) ≈ X
b
± ΔX
bo‟ladi. Astatik sistemaning prinsipial va funksional sxemalari 11 – rasm, a va b da ko‟rsatilgan.
Unda suyuqlik sathining berilgan balandligi reostatda N
b
nuqta bilan belgilangan. Suyuqlik
balandligining haqiqiy qiymati N(t) ni qalqovich ─ datchik S ning reostat 1 dagi surilgichi turgan
nuqta bilan aniqlanadi. Reostatning N
b
nuqtasida kuchlanish U
b
= k N(t) bo‟lsa, surilgich turgan
nuqtada U(t) = k N(t) bo‟ladi. Natijada
suyuqlik balandligining o‟zgarishiga muvofiq ikki nuqta orasida potensiallar farqi ± ΔU = U
b
─
U(t)
hosil bo‟ladi. Shunday qilib,
112
Do'stlaringiz bilan baham: |