235
neytrallanadi hamda uglerod sulfidi va vodorod sulfidning asosiy qismi tindiriladi.Keyin oqavalar
aralashtirgich 4 ga tushadi, u erda ohakli suv bilan ishlov beriladi. Aralashtirgichdan chiqishda rN= 9 –
10 o‟zgarmas qiymatni saqlab turish zarur.Bunda suvda erigan rux sulfati kam eruvchan rux
gidroksidiga o‟tadi.Hosil bo‟lgan cho‟kma tindirgich 5 ga tushadi.Bundan keyin rangsizlantirilgan suv
rangsizlantirgich ( osvetlitel ) 6 da qo‟shimcha tozalanadi.Tozalangan suv yuqori darajada
ishqoriylikka ega bo‟lgani uchun uni kanalizasiyaga tashlashdan oldin u kislotalanadi.Buning uchun
uni aralashtirgich 7 ga yo‟llanadi, uning kirishiga sulfat kislota eritmasi uzatiladi. Aralashtirgich 7 ning
doimiy qiymati saqlab turilishi kerak.Neytrallangan oqavalar 7 dan so‟ng kanalizasiyaga
oqiziladi.Tindirgich 5 dagi 98 % li namlikka ega cho‟kma dekantator 8 da zichlanadi va namligi 96 %
gacha pasaytirilgandan so‟ng barabanli vakuum-filtr 9 ga suvsizlantirish uchun uzatiladi.Vakuum –
filtr 9 dan chiqqan suv resiver 10 dan o‟tib, rezervuar 11 ga tushadi va keyinchalik kontakt
yoritkichlarni yuvishda foydalaniladi.
Idishlar 1 va 2 dagi oqava suvlar sath balandligini sath datchiklari 19 va 20 nazorat qiladi,
dekontator 8 dagi sathni esa datchik 21 nazorat qiladi., rezervuar ( idish) 11 dagi sathni 22 nazorat
qiladi.Tindirgich 5 ga kirishdagi qayta ishlanadigan oqavalarning sarfini datchik 23 nazorat qiladi,
kanalizasiyaga oqiziladigan oqavalar sarfini esa datchik 31 nazorat qiladi.Tindirgichning ishi loyqa
datchigi 24 yordamida nazorat qilinadi.Resiver 10 dagi suyuqlik sathi dekantanni uzatish quvurida
klapan 26 ni boshqaruvchi rostlagich 25 tomonidan rostlanadi.Aralashtirgich 3 va 4 lardagi rN
kattalikni rostlagich 28 va 29 lar avtomatik rostlab, ular aralashtirgich 3 va 4 da ohakli eritmani
dozalovchi dozator 17 va 18 larning yuritmalariga tasir ko‟rsatadi.
Kislotali aralashtirgich 7 ga uzatish rostlagich pH 30 va rostlovchi klapan 27 yordamida
rostlanadi.
Zamonaviy tozalash inshoatlarida eng qiyin, mehnat talab texnologik operasiyalardan biri
reagentlarni tayyorlashdir. Shuning uchun reagent bo‟g‟inlarni avtomatlashtirishga katta ahamiyat
beriladi.Bazi toza eritmalarni masalan, nitrat kislota eritmasini tayyorlash bo‟g‟inlarida,texnologik sikl
shu tarzda qurilganki, unda hizmat ko‟rsatuvchi hodimlarning bevosita ishtirokisiz amalga oshirish
mumkin.
Kislota eritmasini tayyorlash bo‟g‟inini avtomatlashtirishning prisipial sxemasi 7– rasmda
ko‟rsatilgan.Konsentrlangan nitrat kislota zaxirasi ko‟rsatilgan.Konsentrlangan nitrat kislota zahirasi (
idish) 1 da saqlanadi. Eritma idishlari 2 va 3 mos ravishda nasoslar 4 va 5 bilan va bosim bochkalari 6
va 7 bilan navbatma-navbat ishlaydi.Navbatdagi eritma baki 2 yoki 3 ag‟darilganda tegishli sath
signalizatori 8 yoki 9 dan kelayotgan impuls bo‟yicha programmaviy buyruq berish bloki 10
yordamida tegishli nasos ( 4 yoki 5) o‟chiriladi ( to‟xtatiladi), bosim quvuridagi klapan yopiladi,
ikkinchi nasos ulanadi va eritmani ikkinchi bosimli bochkaga uzatish uchun uning klapani
ochiladi.Ikkinchi eritma bakida bu vaqtga kelib, kislotaning eritmasi tayyorlangan bo‟ladi.Bir vaqtda
bakka suv uzatish liniyasida klapan ochiladi. Yuqori sathga etganda suv berish to‟xtatiladi.Keyin
birinchi bakka konsentrlangan kislotali uzatish klapani ochiladi.Quyilayotgan suv miqdori kislota
klapanlarini boshqaruvchi programmaviy buyruq berish bloki 10 ning vaqt bo‟yicha sozlanishiga
bog‟liq.Kislota klapani yopilgandan so‟ng birinchi nasos ishga tushiriladi va eritma
aralashtiriladi.Aralashtirishning davomiyligini blok 10 belgtlaydi.Nasos to‟xtatilgandan so‟ng birinchi
bak ishga tayyor bo‟ladi.Ikkinchi eritma baki ag‟darilgandan so‟ng shunga o‟xshash operasiyalar
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: