194
Yuvilgan pirogaz kolonna 13 ning yuqorisidan kolonna 19 ga keladi, u erda asetilen
dimetilformamid bilan , uning gomologlari, shuningdek biroe miqdordagi sintez-gaz absorbsiyasi yuz
beradi. Sintez-gazning asosiy qismi 19 kolonnaning yuqori qismidan chiqariladi. To‟yingan absorbent
19 kolonnadan 20 desorbsion kolonnaning yuqori qismiga uzatiladi, u erda bosimning pasayishi
natijasida dimetilformamid eritmasidan yomon eruvchi gazlarning (sirkulyasion gaz) katta qismi
ajraladi.Bu gazlar kolonna 20 ning yuqori qismidan chiqarib yuboriladi.Dimetilformamid kolonnaning
o‟rta qismiga uzatilayotgan asetilen hom ashyosiga qarshi kolonna kubiga oqib tushadi.
Asetilen homashyosi asosan asetilenning dimetilformamid yutadigan yuqori asetilenli
uglevodorodlar bilan aralashmasidan iborat.Kolonna 20 da olinadigan asetilen – konsentrat
dimetilformamid qoldiqlarini suv bilan yuvish uchun yuvgich 21 ga yo‟naladi.CHiqarib yuborilgan
(chetlashtirilgan) dimetilformamid 20 kolonnaga qaytadi.
Desorber kubidan eritkich issiqlik almashgich 23 ga uzatiladi, unda 104
0
S gacha qizdiriladi,
so‟ngra desorbsion kolonna 24 ning yuqori qismiga keladi. Bosimning pasayishi va temperaturaning
ortishi hisobiga bu kolonnada dimetilformamiddan asetilen ajraladi . Asetilen kolonnaning yuqori
qismidan qaytariladi.
Desorber 24 dan eritkich vakuum desorbsion kolonna 25 ga oqib tushadi.Kompressor 26
yordamida kolonnada vakuum hosil qilinadi. Kompressor so‟rib olayotgan asetilen homashyosi
desorber 20 ga yo‟llanadi, kolonna tubidan oqib tushayotgan eritkich bug‟latkich 27 ga tushadi, u erda
dimetilformamiddan suv bug‟lanib ketadi.Bug‟latkichdan chiqarilayotgan bug‟-gaz aralashmasi suv
va eritkich bug‟laridan, shuningdek yuqori asetilenli uglevodorodlardan tashkil topgan.U yordamchi
kolonnaga (sxemada ko‟rsatilmagan) haydash uchun keladi.
Piroliz jarayonini avtomatlashtirish. Piroliz jarayonining samaradorligi ko‟rsatkichi asetilen
chiqishi ( ajralishi) hisoblanadi, boshqarish maqsadi esa uni berilgan qiymatda tutib turishdan
iborat.Asetilenning chiqishi ( ajralishi) tabiiy gazning tarkibi, reaktordagi temperatura va tabiiy
gazning reaksiya zonasida bo‟lish vaqti bilan aniqlanadi. Tabiiy gazning tarkibining o‟zgarishi bilan
obektda g‟alayonlanishlar paydo bo‟ladi.Bunday g‟alayonlanishlar paydo bo‟lganda tabiiy gazdagi
metan to‟liq reaksiyaga kirishib ketishi uchun reaktordagi temperatura barqarorlashtirilmaydi, balki
piroliz gazlaridagi metan konsentrasiyasiga qarab o‟zgartiriladi. Bu temperatura yondirilayotgan gaz
miqdori va reaktorga berilayotgan metan va kislorodning nisbati bilan aniqlanadi.Tabiiy gaz va asosiy
kislorod oqimi sarflari nisbatini rostlovchi rostlagich o‟rnatiladi.Aniq rostlash uchun ikki konturli
sistema qo‟llaniladi, unda asosiysi piroliz gazidagi metan konsentrasiyasini rostlovchi rostlagich,
yordamchisi esa – baypas chizig‟ida kislorod sarfini rostlovchi rostlagich hisoblanadi.
Reaktor gorelkalarida alangani barqarorlashtirish uchun sarf rostlagichi yordamida
barqarorlashtiruvchi kislordning doimiy sarflanishi taminlanib turiladi. Shu maqsadda yana tabiiy gaz
va kislorodning temperaturalari doimiy qilib turiladi.Asetilen parchalanishining oldini olish uchun
piroliz gazlari temperaturasi reaktorga toblash uchun kiritiladigan sovuq suv sarfini o‟zgartirib
barqarorlashtiriladi.
Tabiiy gazning reaksiya zonasida bo‟lish vaqti gazning reaktor orqali o‟tish tezligiga bog‟liq
bo‟lib, u reaktorning bosim rejimi orqali aniqlanadi.Meyordagi bosim rejimini saqlab turish uchun
tabiiy gaz va kislorod bosimini rostlovchi rostlagichlar o‟rnatiladi.Bunda turbokompressor 1 ning
haydash chizig‟idagi kislorodning bosimi kislorodning haydash materialidan so‟rish magistraliga
drossellash orqali barqarorlashtiriladi.
Piroliz gazlarining skubber 6 da qurumdan berilgan darajada tozalanishi skubberga
uzatilayotgan suv sarfi rostlagichini o‟rnatish bilan erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: