Улуғмуродов н. Х


Texnologik jarayonlari avtomatlashtirish sxemalari



Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/191
Sana28.04.2022
Hajmi4,42 Mb.
#587856
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   191
Bog'liq
t2P5DMw2oKgwNeq6TofERWIy9iCst2i1zOdhpmZn

Texnologik jarayonlari avtomatlashtirish sxemalari 
Avtomatlashtirishning prinsipial sxemasi loyihaning asosiy texnikaviy xujjati bo‟lib, u 
texnologik qurilmaning avtomatlashtirilish darajasi va prinsipini ko‟rsatadi. Bunda boshqarish 
sistemasini tuzishning bosh bosqichida qabul qilingan barcha prinsipial echimlar o‟z ifodasini topadi. 
CHizma boshqarish ob‟ekti, nazorat, rostlash, dasturli boshqarish, signalizasiya, blokirovka, himoya va 
avtomatlashtirishda ishlatiladigan vositalar haqida tushuncha berishi lozim. Odatda signalizasiya, 
blokirovka va himoya maxsus chizmalarda kengaytirib beriladi. Prinsipial chizmalarda boshqarish 
organlari va kommunikasiyalar bilan birga texnologik qurilmani chizmasi, avtomatlashtirish 
vositalarini, texnologik agregatlarining turli qurilmalari bilan avtomatlashtirish vositalari o‟rtasidagi 
o‟zaro bog‟lanishlarni sxematik ko‟rsatiladi. 
Avtomatlashtirish masalalari texnologik vositalaridan foydalanib hal etiladi, bu vositalarga 
tanlangan qurilmalar, dastlabki axborotni aniqlovchi, axborotni almashtirish va qayta ishlov berish 
vositalari, xizmat ko‟rsatuvchi xodimlarga axborotni tanishtirish va chiqarib berish vositalari hamda 
yordamchi vositalar kiradi. 
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sxemalarini (TJAS) ishlab chiqishda quyidagi 
qoidalarga amal qilish lozim:
1) 
avtomatlashtirishning 
texnik vositalarini tanlashda texnologik jarayonning xarakterini, jarayonning yong‟inga va portlashga 
moyilligini; atrof muhitning zaharliligini va agressivligini; o‟lchanayotgan muhitning fizik-kimyoviy 
xossalarini va parametrlarni; o‟lchov o‟zgartkichlarining o‟rnatilgan joydan nazorat va boshqaruv 
punktlarigacha axborot signallarini uzatish uzoqligini, boshqarish sistemasiga ishonchliligi aniqligi va 
tez ta‟sir ko‟rsatishi xususidagi talablarni hisobga olish zarur
2) TJAS avtomatlashtirishning XT ning seriyalab ishlab chiqariladigan vositalari asosida 
ko‟rilishi kerak; bunda qo‟shilishi soddaligi, o‟zaro bog‟lanuvchanligi, shchitlarda va boshqaruv 
pultlarida joylanishi qulayligi bilan ifodalanuvchi bir xillashtirilgan sistemalardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir; 
3) avtomatlashtirish sistemalari faqat seriyalab chiqarilgan apparatura asosidagina yasalishi 
mumkin bo‟lmagan xollarda loyihalash jarayonida yangi avtomatlashtirish vositalarini ishlab chiqish 
uchun texnik vazifalar beriladi
4) 
yordamchi 
energiyadan 
foydalanuvchi 
avtomatlashtirish 
vositalarini 
tanlash 
avtomatlashtiriladigan ob‟ektning yong‟in chiqishi va portlashga xavflilik sharoitlari bilan, axborot va 
boshqarish signallarining tez ishlashi va uzatish masofasiga qo‟yiladigan talablar bilan belgilanadi; 
5) dispetcherlik shchitlari va pultlarida o‟rnatiladigan signalizasiya va boshqarish asboblari va 
apparaturasi miqdori cheklangan bo‟lishi kerak. Apparaturaning ortiqcha bo‟lishi xizmat ko‟rsatuvchi 
xodimlarning diqqat e‟tiborini texnologik jarayonning kechishini belgilovchi asosiy avtomatlashtirish 
vositalaridan chetga tortadi, qurilmani ishlatishni murakkablashtiradi, uning tannarxini oshirib 
yuboradi; 
6) TJASini ishlab chiqishda sistemadagi boshqarish vazifalarini orttira borish imkonini hisobga 
olish kerak. 
Avtomatlashtirish sxemasining yuqori qismida texnologik sxema tasvirlanadi, u TBO ning ishlash 
prinsipi haqida tasavvur berishi kerak. Prinsipial chizmalarda datchiklarning sezgir elementlari
rostlash organlari va ijro etuvchi mexanizmlari texnologik chizmaning taxminan montaj kilinishi lozim 


168 
bo‟lgan nuktalarida ifodalanadi. Texnologik chizmalarda texnologik jarayonning xarakterini 
ifodalaydigan ko‟rinishda agregatlar soddalashtirib ko‟rsatiladi; bunda masshtabga e‟tibor berilmaydi; 
lekin agregatlarning shakli taxminan uxshash bo‟lishi kerak. 
Texnologik chizmalar, odatda, chapdan ungga karab uqiladi. Apparatlarni ifodalaydigan 
chiziklarning kalinligi 0,2....0,3 mm bo‟lishi kerak. Chizmada xar bir apparat belgilanib ko‟rsatiladi. 
Agar apparatlar rakamlar bilan belgilangan bo‟lsa, u xolda uskunalarni ko‟rsatuvchi jadval beriladi. 
Texnologik kuruvlarni avtomatlashtirishning prinsipial chizmasida suyuklik, bug va gaz uchun 
muljallangan kuruvlar shartli belgilar asosida ifodalanadi.Ularning ba‟zilari 18,1-jadvalda keltirilgan. 
Kuruv chiziklarining uzilishida yonma-yon rakamlar orasidagi masofa 50mm dan kam bulmasligi 
kerak agar texnologik chizmada nazarda tutilmagan suyuk yoki gazsimon


169 


170 
muhitlarning belgilari uchrasa,boshqa rakamlardan foydalanishi mumkin, faqat bu xolda chizmaning 
bir chetida qabul qilingan shatli belgilarga izox berilishi kerak. 


171 
Chizmalarni ukishni osonlashtirish maqsadida truboprovod belgilariga modda yunalishini ko‟rsatuvchi 
strelkalar kuyiladi,shuningdek chizmada prinsipial vazifaga ega bo‟lgan tusuvchi moslamalarning 
belgilari xam beriladi
Truboprovod belgi chiziklarining kengligi 0,6...1mm bo‟lishi kerak. 
Avtomatlashtirishning prinsipial chizmasida texnologik jarayonni avtomatik boshqarish 
vositalarining xammasi shartli ravishda ko‟rsatiladi. Prinsipial chizmalarda avtomatlashtirish
vositalarining shartli tasvirlari GOST 21,404-85 talablari asosida bajariladi. 
Avtomatlashtirish prinsipial chizmasining pastki qismida boshqarish shchiti va pultiga montaj 
kilinadigan nazorat va avtomatika asboblari ko‟rsatiladi. 
Avtomatlashtirish asboblari va vositalarini va shartli belgilarini belgilashning ikki usuli tavsiya 
etiladi: soddalashtirilgan va mufassal kengaytirilgan belgilash uslubida murakkab vazifalarni, 
masalan, nazorat, rostlash va signalizasiyani amalga oshiruvchi hamda ayrim blok ko‟rinishida 
ishlangan avtomatlashtirish asboblari va vositalari bitta shartli belgi bilan ifodalanadi. Yordamchi 
vazifalarni bajaruvchi qurilmalar tasvirlanmaydi. 
Mufassal kengaytirilgan belgilash uslubida xar bir asbob yoki blok aloxida shartli belgi bilan 
tasvirlanadi. 
Asbobning shartli belgilanishini 18.3-rasm ifodalaydi. Grafik tasvirning yuqori qismida 
ulchanayotgan kattalikning va asbobning funksional belgilarining xarfiy belgilari ifodalanadi, pastki 
qismida esa asbobning yoki avtomatlashtirish vositalari majmuasining pozision belgilari kuyiladi. Bitta 
parametrni o‟lchash, signallash yoki avtomatlashtirish vositalari komplektidagi barcha asboblar bitta 
nomer bilan belgilanadi, uning xar bir tarkibiy qismiga esa kushimcha rakamli indeks beriladi. 
Apparatura komplektida kushimcha rakamli indekslarning berilishi quyidagi ketma-ketlikda 
amalga oshiriladi: datchik, o‟lchovchi yoki rostlovchi asbob, qayta ulagich va xokazo. 
Avtomatlashtirish sxemasining (AS)pozision belgilanishiloyihaning barcha materiallarida saklanadi. 
Asbobning yoki qurilmaning belgilanishidagi birinchi rakam ulchanayotgan kattalikni nomi 
hisoblanadi.kulda bajariladigan ishlar uchun muljallangan qurilmaning xarfiy belgilanishi N xarfidan 
boshlanishi kerak.


172 

Download 4,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish