II.Bob. O’zbekiston Respublikasida parlamentarizm va uni shakllantirish tartibi
1§. O’zbekistonda qonun chiqaruvchi organining huquqiy asosi va
uning namoyon bo’lish shakllari………………………………………..18-28
2§. Qonunchilik palatasining vakolatlari va tashkiliy shakllari……………………29-39
3§. Oliy Majlis Senatining huquqiy asoslari………………………………………...40-55
Xulosa…………………………………………………………………..56-57
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………….58-61
Kirish
Tadqiqiot ishining yangiligi. Ijtimoiy hayotning barcha tomonlarini huquqiy jihatdan aniq –ravshan tartibga solish, bir qancha huquqshunoslik muammolari kompleksini ham ilmiy, ham amaliy jihatdan hal etish kerak1, - degan edi O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov. O’zbekiston mustaqillik yillari davomida umuminsoniy qadriyatlar va boy milliy an’analar bilan yo’g’rilgan o’ziga xos rivojlanish yo’lini aniqlab oldi. Shu asosda davlat-huquqiy amaliyotda jahon parlamentarizmining boy tajribasidan unumli foydalanilib, respublika konstitusiyaviy tuzumida xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatlarning bo’linishi prinsiplariga mos davlat organlari tizimini shakllantirildi.
Mamlakatimizda ikki palatali parlament tashkil etish zaruriyati va unga yetarli sharoit tug’ilganligi hamda u qanday bo’lmog’i kerak ekanligi to’g’risida ilk bor Prezidentimiz I.A.Karimov 2000 yil 25 mayda ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida taklif kiritgan va uning asosiy konturlarini belgilab bergan edi2. Xalqimiz 2002 yil 27 yanvarda o’tkazilgan referendumda faol ishtirok etib, milliy davlatchilik taraqqiyotining hozirgi bosqichidagi muhim vazifalardan birini hal qilib, demokratiyani yanada rivojlantirish va huquqiy davlat qurish hamda fuqarolik jamiyatini qaror toptirish istiqbollarini ko’zlab referendumda tarixiy qaror qabul qildi. Ya’ni, referendumga kiritilgan masalalardan biri bo’lgan respublikamizda ikki palatali parlamentni tashkil etilishi masalasiga o’zining ijobiy munosabatini bildirdi.
O’zbekiston Respublikasida parlamentning qonun chiqaruvchi organ sifatida shakllanishi va rivojlanishi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu o’ziga xoslik o’zbek milliy davlatchiligini tarixiy rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir3. Zero, O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan kunlaridan boshlaboq demokratik huquqiy davlat qurish yo’lini tanladi va bu yo’lda ulug’vor maqsadlarga yo’naltirilgan izchil siyosat olib bormoqda.
Darhaqiqat, qonun chiqaruvchi organ davlat mexanizmida asosiy o’rin tutishi isbot talab qilmaydigan hol. Buning sababi shundaki, u ijro etuvchi hokimiyat amalga oshirishi lozim bo’lgan va sud hokimiyatining faoliyati uchun qonunchilik asosi bo’lib xizmat qiladigan umummajburiy talablarni o’rnatadi. Shuningdek, Oliy Majlis nazorat-tahlil, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, fuqarolar murojaatlarini ko’rib chiqish bo’yicha faoliyat olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |