2- MAVZU: QOVURG’ALAR, TO’SH SUYAGI VA KO’KRAK QAFASI,
ULARNING YOSHGA DOIR XUSUSIYATLARI.
Qovurg`alar
12 juft bo`lib, 3 guruhga bo`linadi: birinchi yetti jufti
uchun qovurg’a oldingi uchi bilan to`sh suyagiga birikadi; VIII, IX, X
qovurg`alar soxta qovurg`alar deb atalib, ularning oldingi uchlari tog`aylar
vositasida o`zidan yuqorigi qovurg`alarga birikadi; XI va XII qovurg`alar —
yetim qovurg`alar
deb atalib, oldingi uchlari erkin holda qorin
mushaklarining ichida joylashadi. Qovurg`alarning hammasi orqa tarafda,
ko`krak umurtqalariga birikadi. Qovurg’aning oldingi uchi tog`ay moddasi
orqa qismi esa suyak qismidan iborat bo`ladi. Ularning orasida esa tanasi
jovlashadi. Orqa uchida boshcha
,
bo`yin qismi va bo`g`im yuzalari
bo`ladi.
II
dan X gacha qovurg`alarning bo`g`im yuzalari qirra vositasida ikkiga ajralgan
bo`ladi. Chunki bu qovurg`alarning bo`g`im yuzalari ikki qo`shni ko`krak
umurtqalari bilan birikadi. I, XI, XII qovurg`alarning har biri bittadan umurtqa
bilan birlashganligidan, bo`g`im yuzalarida qirra bo`lmaydi. Qovurg`aning
bo`yin qismini uning tanasiga o`tish sohasida yuqorigi 10 ta qovurg`ada
bo`rtiq bo`ladi. Bu bo`rtiqning bo`g`im yuzasi
umurtqalarning ko`ndalang
o`simtalari bilan birikadi. Qovurg`a tanasida burchak sohasi
tashqi va ichki
yuzalari bo`ladi. I qovurg`ada burchak sohasi bo`rtiqqa to`g`ri kelsa, qolgan
qovurg`alarda bu soha bo`rtiqdan uzoqlashadi. XII qovurg`ada esa burchak
bo`lmaydi. I qovurg`a tanasida esa yuqori va ostki yuzalar bo`ladi. Qovurg`alar
ichki yuzalarining ostki qirrasi sohasida qon tomirlar va nervlar joylashadigan
egat
, I
qovurg`aning ustki yuzasida narvonsimon mushaklar birikadigan
bo`rtiq bo`ladi. Bu bo`rtiqning tashqi sohasida o`mrov osti arteriyasining egati
bo`rtiqning ichki sohasida o`mrov osti venasining egati
bo`ladi.
O’ng tomondagi II qovurg’a
1-uch qismi, 2-tana qismi, 3-orqa qismi. 4- qovurg’aning boshchasi, 5- bo’yin
qismi. 6-qovurg’a bo’rtig’i.
To`sh suyagi
uch qismdan
:
sopi, tanasi
xanjarsimon o`simtasidan
iborat bo’ladi. To`sh suyagi sopining yuqori qismida bo`yinturuq o`ymasi,
yon
tomonida esa o`mrov suyagi bilan birikadigan o`yma
joylashadi. To`sh
suyagining sopi va tanasi orasida burchak
va yon taraflarida chin qovurg`alar
birikadigan o`ymalar
bo’ladi. To`sh suyagining xanjarsimon o`simtasi ikkiga
ajralgan holda yakunlanishi mumkin. Uning ichida qon tomirlariga boy bo’lgan
g`ovakli modda yaxshi taraqqiy etgan bo’ladi. Shu sababdan to`sh suyagining
ichidan qon quyishda foydalaniladi. To`sh suyagining ichida suyak iligi yaxshi
taraqqiy etganligi uchun uni boshqa odamga o`tkazish mumkin;
Ko`krak qafasi
ko`krak umurtqalaridan, qovur-g`alardan to`sh
suyagidan ulardagi bo`g`imlar, boylamlar va mushaklardan hosil bo`ladi.
Ko`krak umurtqalari ichki yuza tarafga egilgan bo’lib, uning ichki chetida,
qovurg`alarga o`tish sohasida, o`pkalarning orqa yuzasi kirib turadigan egat
bo’ladi. Ko`krak qafasining kengligi oldingi-orqa ko`rsatkichlardan katta
bo’ladi. Uning ichida ichki a'zolar (yurak, o`pka, qizilo`ngach va h. k)
joylashadi va uning shakli shu a'zolar tuzilishiga ta'sir qiladi. Ko`krak qafasi
mushaklari va o`pkasi yaxshi taraqqiy etgan , odamlarning ko`krak qafasi
kesilgan konus shaklida bo`lib, ko`krak qafasi kengroq bo’ladi. Bunday ko`krak
qafasi o`pkani havoga to’lgan holatini eslatganligi uchun inspiratorli ko`krak
qafasi deb ataladi. Aksincha ko`krak qafasi mushaklari va o`pka zaifroq
taraqqiy etgan bo’lsa, ko`krak qafasi tor va uzun bo`lib, oldingi orqa
ko`rsatgichlari kichikroq bo`ladi. Bunday ko`krak qafasi o`pkadan nafas
chiqargan holatni eslatib, eksperator holatdagi yoki yassi ko`krak qafasi
deyiladi. Ko`krak qafasining uchinchi turi silindrsimon deb atalib avvalgi ikki
ko`krak qafaslarining oraliq shakliga ega bo`ladi.