g) Insonparvar
-
shaxsiy texnologiyalar
- insonparvarlik mohiyati bilan
ajralib turadi,
unga yordam beradi, qo’llab-quvvatlaydi. Talabaning kuchiga
hurmat, undagi qobiliyatlarni ochilishiga yordam berish va majburiy ta’lim-
tarbiyani rad etadi.
d) Hamkorlik texnologiyalar
-
u demokratizm, tenglik, g’oyalarini ilgari
suradi va o’qituvchi talaba munosabatlarida subyekt-subyektga asoslanadi.
O’qituvchi va talaba ta’lim-tarbiya maqsadi mazmunini ishlab chiqadi. Hamjihatlik
bilan o’z faoliyatlariga baho qo’yadi.
e) Erkin tarbiya texnologiyasi
- bunda talabaga barcha yo’nalishlar
bo’yicha erkin tanlash huquqi beriladi. Tanlash davomida
talaba subyekt nuqtai
nazaridan namoyon qiladi va natijaga tashqi ta’sirdan emas, balki ichki kuch
vositasida ergashadi.
j) Ezotermik texnologiya
- bular ezotermik (“anglanmagan, bilib turib”)
bilimlarga - haqiqat va unga olib boruvchi yo’llarga asoslanadi. Bunda pedagogik
jarayon habar berish, muloqot qilishdan iborat bo’lmay, balki, haqiqatga payvand
bo’lish bilan iborat bo’ladi. Ekzotik paradigmada insoning o’zi koinot bilan o’zaro
axborot almashish markaziga aylanadi.
O’rganuvchilar toifalariga ko’ra pedagogik texnologiyalar
quyidagilarga
bo’linadi:
Oilaviy (an’anaviy) texnologiya
- u o’rtacha talabaga asoslangan.
Chuqurlashtirib o’qitish texnologiyasi
- gimnaziya, lisey, maxsus
ta’lim.
Qiyin va iqtidorli talabalar bilan ishlashga mo’ljallangan
texnologiyalar.
Mavjud bo’lgan o’qitish tizimlarini modernizasiya
qilish va modifikasiya
qilish asosiga qurilgan texnologiyalar:
A)
Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratiyalashtirish
asosidagi pedagogik texnologiyalar. Unga Sh.A. Amomashvillining hamkorlik,
insonparvar - shaxsiy texnologiyasi kiradi.
B)
Talabalarning faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish asosiga
qurilgan pedagogik texnologiyalari. Masalan, o’yinli texnologiyalar, Shatalovning
tayanch signallar konspekti asosida o’qitish texnologiyalari.
V)
O’qitish jaryonini tashkil qilish va
boshqarish samaradorligiga
asoslangan pedagogik texnologiyalar. O’qitish jarayonining samaradorligini tashkil
qilish va boshqarishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Masalan: dasturli
o’qitish, differensiallashgan o’qitish texnologiyasi, individuallashtirilgan o’qitish
texnologiyasi.
O’qitishning guruhli va jamoaviy usullari, kompyuterli
texnologiyalar va
hokazolar.
G)
Xalq pedagogik texnologiyasi. Masalan: tabiat bilan o’xshashlik.