Ularning malakasini oshirish xududiy markazi


Xulosa va tavsiyalar………………………………………………………….20



Download 135,5 Kb.
bet2/9
Sana03.08.2021
Hajmi135,5 Kb.
#137646
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdug'aniyev Ma`murjon

Xulosa va tavsiyalar………………………………………………………….20

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…………………………………………22

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Mustaqiligimizga erishganimizdan so’ng biz tariximizga doir har bir voqealarni asl holaticha o’rganish imkoniyatiga yega bo’ldik. Rossiya mustamlakachiligi davrida tariximizga haqqoniylik bilan yondashilmadi, sovet tizimiga mos qilib o’zbek fuqarolariga o’rgatilgan bo’lsada, ota – bobolarimiz o’zligini, o’z tarixini unutmasdan bizgacha qoldirishga harakat qildilar.

El-yurtimiz o’zining ko’p asrlik tarixi davomida bunday mash’um xatarlarni necha bor ko’rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz, tariximiz va ma’naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shunday fojiali o’tmish, bosib o’tgan mashaqqatli yo’limiz barchamizga saboq bo’lishi, bugungi voqelikni teran tahlil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo’lib yashashga da’vat yetish lozim. Zero o’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunni unutadigan millatning kelajagi yo’q1. Shuning uchun ham O’zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridanoq tarixni o’rganish borasida muhim qadamlar qo’yildi. 1998 yil 26 iyunda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bir guruh tarixchi olimlar va ijodkor ziyolilar vakillari bilan o’tkazgan uchrashuvidan keyin tarixni o’rganishga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. Ushbu uchrashuvda davlat rahbari tarixni qayta tiklash borasidagi eng dolzarb masalalarni ko’rsatib berdi. Hech qaysi bir xalq o’tmishini o’rganmay, o’zining zamon va makondagi o’rnini aniq belgilab olmasdan, nasl-nasabini, kimligini bilmasdan turib rivojlanishi mumkin emasligini ta’kidlaydi2. Shuningdek, I.A Karimov ushbu uchrashuvda davlatchilik tarixini o’rganish va qayta tiklash davlat siyosati darajasidagi muhim vazifalardan biri yekanligini quyidagicha bayon yetgan yedi: “Davlatchilik bugungi kunda o’ta siyosiy masala bo’lib turibdi. O’zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasidir. Asosiy maqsad davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir”3. O’zbek davlatchiligida IX – XII asrlar alohida ajralib turadi. Bu davrda o‘lkamizga arab madaniyatining ta’siri kuchaydi. Xalifalik hukmronligidan keyingi asrlarda ilm-ma’rifatning rivoji uchun sharoit yuzaga keldi. Yurtimizdan jahon ilm-fan rivojiga hissa qo‘shgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi buyuk mutafakkirlar yetishib chiqdi.

Shuningdek, bu davrda yashab ijod qilgan Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy, Mahmud az-Zamaxshariy singari mashhur ulamolarning Islom dini va ta’limotiga oid asarlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 7-fevral kuni “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli farmoni bilan 2017 – 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi. Dasturning to’rtinchi yo’nalishi “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari” deb nomlangan, bu yo’nalishning to’rtinchi bandi “Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish” hisoblanib, unga ko’ra buyuk ajdodlarimizning meroslari o’rganish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. “Harakatlar strategiyasi”ning beshinchi ustuvor yo’nalishlaridan biri “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash” hisoblanadi. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida ko’plab xalqlar haqida, ularning diniy qarashlari haqida ma’lumot berilganini hisobga olsak mavzuni o’rganish qanchalik dolzarbligini anglash qiyin emas.




Download 135,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish