Islom Abdug‘aniyevich Karimov
Kirish
Prezident I.A.Karimovning 1995-yil fevral oyidagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ro’zasidan.
Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard masadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib xayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uygonish g‘oyasini ro’yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muxim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi.
Jamiyatimiz rivojlanishining zamonaviy bosqichlarida, ko‘proq, ulg‘ayib kelayotgan kelajak avlod tarbiyasiga qaratilayapti. Bunda «inson katta miqdordagi bilimlar egasi qilib tarbiyalanib qolmay, balki o‘z vatanining sodiq farzandi, mehnati va xulq-atvori jihatidan yuqori madaniyatli shaxsni» tarbiyalash kiradi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida hayotimizni hal etuvchi muhim masalalari qatorida ta’lim – tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko‘tarish, barkamol avlodimiz kelajagiga daxldor qonun loyihalari ko‘rib chiqilib, muhokama qilindi. Maktab reformasi bir nechta salbiy holatlarni oldini olish maqsadida, faoliyat jarayonida to‘planib kelgan jiddiy kamchilik va xatoliklar bartaraf etish imkonini beradi. Ta’lim va tarbiya birligi tamoyilini maqsadli amalga oshirish, oila, maktab va jamiyat hamjihatligini ta’minlash zarur. Zamonaviy maktab tajribasida oddiy tuyuladigan holat, tarbiyachi pedagoglar tarbiya sohasida orqaga qolgan o‘smirlar va ularning ota-onalari bilan olib boriladigan ishlar uchun ko‘p kuch va vaqt sarflashadi, ammo bu ishlar hech qanday natija bermay qoldi. Bu holatning asosiy sabablaridan biri, bu, fikrimizcha, shundan iboratki, tarbiya tizimida olib borilayotgan ishlar umumiy olib borilmayotganligi, ya’ni o‘quvchilarning huquqbo’zarligini oldini olish jarayonining barcha qatnashchilarini tarbiya sohasidagi vazifalarini hisobga olmay, balki pedagogik faoliyatning himoyalangan qismiga ko‘proq ahamiyatning qaratilayotganligi.
Buning oldini olishda, asosan, tashkilotlardagi pedagoglarning vazifalarini to’g‘ri tushungan holda, ta’lim – tarbiyada qarovsiz qolgan o‘quvchilarni qayta tarbiyalashga qaratish lozim. Har tomonlama yetuk shaxslarni tarbiyalashda talabalarning huquqbo’zarligini oldini olish bo’yicha maktab va oila hamkorligi rahbari va tashkilotchisi sifatida pedagog faoliyatining mazmuni va o‘ziga xosligini yoritish, uni aniq tavsiyalar bilan ta’minlash, og‘ir tarbiyalanadigan o‘quvchilarning ota-onalariga ta’lim-tarbiya shakllari haqidagi tushunchani takomillashtirish lozim. Ta’lim – tarbiya borasida qarovsiz qolgan o‘quvchilarni qayta tarbiyalash bo‘yicha bajaradigan ishlarning samarali natijalariga faoliyat ishtirokchilari diqqatini qaratish lozim. Bunda agar pedagog: 1) zaruriyatdan kelib chiqqan holda ta’lim – tarbiya borasida qarovsiz qolgan har bir o‘smirning foydali faoliyatini kiritish; 2) quyidagi yunalishlar bo‘yicha barcha asosiy tarkiblar tashkilotchisi va yo’lboshchisi bo’lishi: a) ta’lim – tarbiya borasida qarovsiz qolgan bolalar va ularning ota – onasiga uslubiy yordam ko‘rsatish; b) qayta tarbiyalash ishlarini tashkil etishda bevosita qatnashish; v) barcha tarbiya jarayoni qatnashchilarini o‘smirlarni qayta tarbiyalash bo‘yicha ishlarning pedagogik shakl va uslublari bilan ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |