e-qaror.gov.uz
30.05.2022
1
2022 йил «20» апрель
VI-44-51-5-73-K/22
Навбаҳор туман ҳокимлиги
Tumanni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajasini baholashning
reyting koʻrsatkichlari boʻyicha
erishiladigan amaliy chora-tadbirlar
dasturlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi “Hududlarni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi
PQ-4702-son qaroriga asosan hududlarni barqaror va jadal rivojlantirish uchun
ularning kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, tabiiy xomashyo
resurslaridan foydalanish samaradorligini, iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini,
shuningdek hududlarning boshqa qiyosiy ustun jihatlarini baholashning yagona
tizimi joriy etildi.
Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi va Oliy Majlis Senati Kengashining “Hududlarni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash
tizimi ustidan parlament
nazoratini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2020-yil 30-oktyabrdagi 528-IV/QQ-145-IV-
son Qoʻshma qarori qabul qilindi.
Qoʻshma qaror bilan tasdiqlangan tartibga asosan,
tumandagi iqtisodiy
koʻrsatkichlar, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash muhiti, infratuzilma va mavjud
resurslardan foydalanish darajasi oʻrganildi. Tahlillar asosida ulardagi holat
“yaxshi”, “oʻrta” va “qoniqarsiz” hududlarga ajratildi. Xususan, 2022-yil birinchi
chorak yakunlari dastlabki natijalarga koʻra tuman “oʻrta” topildi.
e-qaror.gov.uz
30.05.2022
2
Shu sababli, eng avvalo tumanda iqtisodiy koʻrsatkichlarni, tadbirkorlikni
qoʻllab-quvvatlash
muhitini, infratuzilma va mavjud resurslardan foydalanish
darajasini oʻrganib chiqib, “oʻrta” toifadan “yaxshi” toifaga oʻtkazish hamda 2022-
yil I I -chorak yakuni bilan “yaxshi” toifadagi hududga oʻtkazish boʻyicha amaliy
chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishlari lozim.
Jumladan, “oʻrta” deb baholanayotgan sektorlar
joriy yilning I I -chorak
yakuni bilan “yaxshi” toifadagi hududga oʻtkazish yuzasidan barcha zaruriy
choralarini koʻrish hamda koʻrsatkichlarni 30 foizga oshirib bajarishga qaratilgan
chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish talab etiladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Qoʻshma qaror bilan tasdiqlangan Tartibga
asosan belgilangan muddatlarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishni
reyting baholash natijalarini hamda bu borada hudud darajasidagi mavjud
muammolarni bartaraf etish, hamda bu borada mutasaddi rahbarlarning masʼuliyati
va javobgarligini yanada oshirish maqsadida xalq
deputatlari tuman Kengashi