e-qaror.gov.uz
09.03.2022
1
2022 йил «9» февраль
VI-37-18-10-138-K/22
Зангиота туман ҳокимлиги
Zangiota tumani mahalliy byudjet daromatlarining bajarilish xolati,
qo‘shimcha rezervlarni aniqlash, soliqlar va majburiy to‘lovlar kesimida
byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, pul manbalarini tushirish
yuzasidan amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida 2021 yil yakuniga ko‘ra
hisoboti
2021 yil uchun byudjet daromadlariga belgilangan 191,5 mlrd. so‘m prognoz
ko‘rsatkich amalda 227,6 mlrd. so‘mga yoki 118,9 foizga ta’minlanib, 36,3 mlrd.
so‘mga ortig‘i bilan bajarildi. Shuningdek Mahalliy byudjet daromadlari bo‘yicha
belgilangan 50,1 mlrd. so‘m prognoz ko‘rsatkich amalda 60,7 mlrd. so‘mga yoki
114,1 foizga ta’minlanib, 10,6 mlrd. so‘mga ortig‘i bilan bajarildi. Bundan
tashqari, jismoniy shaxslarga 2021 yil uchun hisoblangan 25,1 mlrd. so‘m mol-
mulk va yer solig‘idan o‘tgan yil davomida 26,5 mlrd. so‘mi yoki 105,6 foizi
undirildi.
Shuningdek, mazkur soliq turlaridan o‘tgan yilning 1 yanvar holatiga
mavjud 14,5 mlrd. so‘m soliq qarzidan 6,2 mlrd. so‘mi qisqartirilib, joriy yil uchun
respublika va mahalliy byudjet daromadlariga
belgilangan prognoz
ko‘rsatkichlarini oshig‘i bilan bajarish uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha taxlillar
o‘tkazilgan. Tumanda soliq organlari vakolati doirasida
doimiy ravishda
o‘tkazilayotgan o‘rganishlar, olib borilayotgan targ‘ibot va tashviqot ishlari
natijasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida va tumanda “Soliqchi – tadbirkorga
ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlik sub’ektlariga doimiy ravishda
ko‘maklashish, ularning muammolarini korxonabay kesimida ta’luqliligi bo‘yicha
vakolatli organlar bilan hamkorlikda o‘rganib, tizimli ravishda hal etish chora-
tadbirlarini ishlab chiqqan holda ishlar tashkillashtirilganligi, har bir yo‘nalishda
e-qaror.gov.uz
09.03.2022
2
muvaffaqiyatli yakunlash borasida barcha imkoniyatlar ishga solinganligi va
Zangiota tuman davlat soliq inspeksiyasining barcha shaxsiy tarkibi to‘liq jalb
etilgan holda ta’minlanishiga erishilganligi to‘g‘risida t
uman Davlat soliq
inspeksiyasi
boshlig‘i Sh.Nafasovning
hisobotini tinglab
, Xalq deputatlari
Zangiota tuman Kengashi
Q A R O R Q I L A D I:
1.
Tuman hokimligi, soliq inspeksiyasining mahalliy byudjet
daromatlarining bajarilish xolati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash, soliqlar va
majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga xisoblangan va amalda to‘langanligi, pul
manbalarini tushirish yuzasidan amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida 2021 yil
yakuniga ko‘ra Sh.Nafasovning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin
2. Tuman hokimi birinchi o‘rinbosari (F.Zokirov)
Davlat soliq inspeksiyasi
(Sh.Nafasov) bilan birgalikda:
-foydalanilmasdan bo‘sh turgan tadbirkorlik sub’ektlarini o‘rganish va
inventarizatsiyadan o‘tkazib ularga ta’sirchang soliq mexanizimini qo‘llash;
- faoliyati to‘xtab qolgan 620 nafar tadbirkorlarni o‘rganib ularni faoliyatini
yuritish
uchun imkoniyatlar yaratish;
-tumandagi soliq to‘lovchilarga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va
ularga kiritilgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida etkazish;
-soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlarning to‘g‘ri
hisoblab chiqarilishi,
byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘z vaqtida to‘liq to‘lanishi, soliq
to‘lovchilarning huquqlarini, qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya
qilish;
-soliq to‘lovchilar, soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog‘liq
ob’ektlar, hisoblab chiqilgan va to‘langan soliqlarning to‘liq va o‘z vaqtida hisobga
olinishini, shuningdek jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanish tartibiga rioya etishlarini nazoratini ta’minlash;
-soliq to‘lovchilarga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish
ishlarini tashkil etish, tekshirishlarni tartibga solishga doir qonunlar va boshqa
normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish, valyuta hamda eksport-import
operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga soliq to‘lovchilar –
yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar tomonidan
rioya etilishi yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida nazorat qilish yuklatilsin.
e-qaror.gov.uz
09.03.2022
3
3. Ushbu qarorning ijrosini nazarot qilish
tuman hokimining birinchi
o‘rinbosari (F.Zokirov) hamda Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy
komissiyasi raisi A.Inagamov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi
Tamikayev A. U.