e-qaror.gov.uz 31.05.2022 6 ta’lim muassasalari talabalarini yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarda to’g‘ri
harakat qilishga tayyorlash tadbirlari maxsus dasturlar asosida o’quv jarayonida (amaliy va
nazariy darslar sifatida) amalga oshiriladi.
4. Fuqaro muhofazasi kuch va vositalari hamda aholining favqulodda vaziyatlardan
muhofazalanish sohasidagi tayyorgarligini tekshirish qo’mondonlik-shtab, maxsus-taktik va
kompleks o’quv mashqlarini hamda mashg‘ulotlarini o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Tumanda favqulodda vaziyat(yong‘in)larga tayyorgarlik va fuqaro muxofazasi xolati
bo’yicha tekshirishlar 3 yilda bir marta.
Qo’mondonlik-shtab o’quv mashqlari:
Tuman hokimligi boshqaruv organlari
3 yilda bir marotaba (3 kecha-kunduzgacha) o’tkaziladi.
Maxsus-taktik o’quv mashqlari:
tashkilotlarda 3 yilda bir marta 6 soatgacha;
Kompleks o’quv mashqlari:
Xodimlari soni 200 nafardan ortiq tashkilotlarda xamda 400 nafardan ortiq shifo o’rniga
yega davolash-profilaktika muassasalarida 2 yilda bir marta bir kecha-kunduzgacha:
qolgan tashkilotlarda 2 yilda bir marta 6 soatgacha o’tkaziladi.
“Yosh qutqaruvchi” musobaqalari umumiy o’rta, o’rta-maxsus va kasb-xunar ta’limi
muassasalarida bir yilda bir marta o’tkaziladi.
5. Tumandagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari, qidiruv-qutqaruv, avariya-
qutqaruv va boshqa turdagi qutqaruv tuzilmalarining rahbarlar tarkibi Boshlang‘ich tayyorgarlik
va malaka oshirish markazida, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasini Xayot
faoliyati xavfsizligi o’quv markazlarida xamda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida
tayyorgarlikdan o’tkaziladi.
6. Korxona, tashkilot va muassasalarning xodimlari, ishchi va xizmatchilarni xamda
xarbiy xizmatchilarni xizmat va ish joylarida favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish, yong‘in
xavfsizligi va fuqaro muxofazasi soxasida tayyorlash
1-jadvaldagi
mavzularga muvofiq o’quv
mashg‘ulotlarini o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
7. Tashkilotlar, korxonalar va muassasalarning qutqaruv tuzilmalari shaxsiy tarkibini
favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish, yong‘in xavfsizligi va fuqaro muxofazasi soxasida
tayyorlash bo’yicha mashg‘ulotlari shaklida
2-jadvaldagi
mavzularga asosan tashkil yetiladi.
8. Ish bilan band bo’lmagan aholini favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish va fuqaro
muxofazasi soxasida tayyorlash (jami 15 soat hajmda), bo’yicha
3-jadvaldagi
mavzularga
muvofiq amalga oshiriladi.
9. FVDT quyi tizimlari kuch va vositalari tayyorgarligini oshirish maqsadida