e-qaror.gov.uz
31.05.2022
2
harakat qilish davlat quyi tizimining boshqaruv organlari, kuchlari va aholini tayyorlash
bo‘yicha 2022 yil uchun Tashkiliy ko‘rsatma”
1-ilovaga,
“Aholi va hududlarni tabiiy
hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2022
yilga mo‘ljallangan asosiy tadbirlar rejasi”
2-ilovaga
,“2022 o‘quv yilda maxsus-taktik
o‘quv mashqlarni o‘tkazish
reja-jadvali”
3-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
3. FVDT quyi tizimi xizmatlari, bo‘limlar, tuman hokimligi, iqtisodiyot ob’ektlari,
o‘quv va davolash muassasalari, idora va tashkilotlar
rahbarlari - Fuqaro muhofazasi
boshliqlariga:
bir hafta muddatda
- Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat
qilish davlat hududiy quyi tizimining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan
muxofaza qilish, fuqaro muxofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2022 yil
uchun asosiy tadbirlar rejalari ishlab chiqilsin va belgilangan vazifalar o‘z vaqtida sifatli
bajarilsin;
bir oy muddatda
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda
oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, raxbarlar tarkibi, kuch va vositalarning, aloqa va
xabar berish tizimlarining shayligini oshirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar uchun
moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari yaratish (yangilash) choralari ko‘rilsin;
doimiy ravishda
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
tadbirlari tizimli tashkil etilsin va ushbu tadbirlarlarda asosiy e’tibor javobgarlik
hududida profilaktik tadbirlar o‘tkazilishiga qaratilsin;
har chorakda
mazkur buyruqning ijrosi yuzasidan joylarda amalga oshirilgan
ishlar bo‘yicha taxliliy hisobotlar tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga taqdim etib
borilishi ta’minlansin.
4. Favqulodda vaziyatlar bo‘limi (B.Rajabboev):
Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va
yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2022 yil asosiy tadbirlar rejasidagi
tadbirlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini nazoratga olinsin, shuningdek, xar
chorak yakunida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlarning oldini
olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tahliliy
ma’lumot berib borilishi ta’minlansin;
FVDqT tarkibiga kiruvchi tizimlar tomonidan aholini va hududlarni favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasi sohasida olib borilayotgan
ishlarning amaldagi holatini Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf
etish bo‘yicha tuman komissiyasi yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilishi tashkil qilinsin;
Do'stlaringiz bilan baham: |