Ko’mirni qayta ishlash
Ko’mirni qayta ishlashni asosiy usullari ko’mirni quruq haydash va gazifikasiyalashdir. Ko’mirni quruq haydash uni havosiz qizdirib kimyoviy parchalashdan iborat. Ko’mirni quruq haydashning ikki xil varianti farqlanadi : yarimkokslash va kokslash. Birinchi jarayon 500 – 550 oC da, ikkinchisi 900 – 1050oCda amalga oshiriladi.
Toshko’mirni yarim kokslashdagi bosh vazifa - suyuq uglevodorod (benzin) olish va bu bilan birga yarim koks (CO, CO2, H2, N2, CH4 va boshqalar) gazlar aralashmasi hosil bo’ladi. Yarim koks metallurgiyada ishlatiladi. Undan kalsiy karbid olishda va ko’mirni gazifikasiyalashda foydalaniladi. Toshko’mirni yarim kokslashda temperatura 550 OCdan oshmasligi kerak. Chunki yuqori temperaturada suyuq uglevodorodlarning unumi kamayadi.
Bir tonna toshko’mirdan 110 m3 gaz, 750 – 800 kg yarim koks va 8 kg smola va qoramoy olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |