7.
Jadvaldan foydalanib, n ni aniqlang.
A) 1 B) 4 C) 2 D) 3
8. Molekular massasi 56000 bo‘lgan polietilen
(−CH2 − CH2−)n molekulasining asosiy
uglerod zanjiri uzunligini (nm) hisoblang.
l(C − C)=0,154 nm
A) 308 B) 30,8 C) 616 D) 61,6
9. Natriy, kaliy va kalsiydan iborat 0,7 mol
aralashma suvda eritilganda 10,08 l (n.sh.) gaz
ajraldi. Boshlang‘ich aralashmadagi kaliyning
miqdori (mol) natriynikidan 1,5 marta ko‘p
bo‘lsa, hosil bo‘lgan kalsiy gidroksidning
massasini (g) hisoblang.
A) 22,2 B) 29,6 C) 14,8 D) 7,4
10. Qaysi moddaning suvli eritmasiga soda
qo‘shilganda gidroliz susayadi?
A) Al2(SO4)3 B) K2S C) CrCl3
D) F eBr3
11.
Yuqoridagi jarayonda olingan kislota massasi
dastlabki pirit massasidan 0,3 g ga kam bo‘lsa,
kislota massasini (g) hisoblang.
A) 14,7 B) 29,4 C) 19,6 D) 24,5
12. Ikki valentli metall oksidi va sulfatining
ekvimolar aralashmasi tarkibida metallning
massa ulushi 30% bo‘lsa, uni aniqlang.
A) Fe B) Mg C) Ca D) Cr
13. Vodorod sulfid va oltingugurt (IV)-oksid
reaksiyasi natijasida 48 g cho‘kma hosil bo‘ldi
va 11,2 l (n.sh.) SO2 ortib qoldi. Dastlabki
gazlar aralashmasining o‘rtacha molar
massasini (g/mol) hisoblang.
A) 49 B) 46 C) 44 D) 54
14. Linol kislota qaysi umumiy formulaga mos
keladi?
A) CnH2n−2O2 B) CnH2n−1O2
C) CnH2n−4O2 D) CnH2n−3O2
15. 44,1 g ortofosfat kislotaning suvli eritmasiga
180 ml 5M li ammiak eritmasi qo‘shildi.
Natijada konsentratsiyasi 2 mol/l bo‘lgan
eritma olindi. Hosil bo‘lgan eritma
hajmini (ml) aniqlang.
A) 200 B) 225 C) 250 D) 275
16. 0,01 mol benzol gomologi to‘liq yondirildi.
Ajralgan gaz 370 g 1%li kalsiy gidroksid
eritmasiga yuttirildi, bunda 3 g cho‘kma
ajraldi. Benzol gomologining formulasini
aniqlang. (Kalsiy gidroksid to‘liq sarflangan)
A) C7H8 B) C9H12 C) C8H10 D) C6H6
17. 0,25 mol X3Y O4 tuzi 100 ml suvda eritildi.
Tuz erishidan hosil bo‘lgan kation tarkibida
6·NA ta, anion tarkibida 13,6·NA ta elektron
bo‘lsa, tuzni aniqlang. (α=80%)
A) Na3PO4 B) Na3AsO4 C) Li3AsO4
D) Li3PO4
18. Aluminiy uchun mos keladigan ma’lumotlarni tanlang.
1) oksidi va gidroksidi amfoter xossaga ega;
2) qo‘zg‘almagan holatda [Ne] 3s23p2 elektron
konfiguratsiyaga ega; 3) davriy sistemada IIIA
guruhda joylashgan; 4) qo‘zg‘algan holatida 6ta
s-elektronlari mavjud
A) 1, 3 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 4
19. Etilen va asitilen gazlari aralashmasi yetarli
kislorodda yondirildi. Hosil bo‘lgan gazlar
aralashmasi tarkibida ϕ(CO2)=60% bo‘lsa,
dastlabki aralashmadagi asetilenning massa
ulushini aniqlang. (Suv bug‘lari
kondensatsialanmagan.)
A) 55 B) 40 C) 75 D) 65
20. 1 mol nitroetan katalizator ishtirokida H2 bilan qaytarildi. Olingan organik moddalar
aralashmasida C atomlari soni O atomlari
sonidan 1,2 molga ko‘p va H atomlari sonidan
4,2 molga kam bo‘lsa, reaksiya (%) unumini
hisoblang.
A) 60 B) 50 C) 70 D) 80
21. Quyidagi reaksiyani tenglashtiring hamda
molekular tuzilishli moddalar oldidagi
koeffitsiyentlar yig‘indisini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |