Metanol sintez qilish texnologik sxemasi
Metanol sintez qilish texnologik sxemasi:
1-turbokompressor; 2- sirkulyasiyalovchi turbokompressor; 3-adsorber; 7-sovutgich; 8-separator; 9,10-rektifikatsiya kolonnalari; 11-drosselventili; 12-deflegmatorlar; 13-qaynatuvchi;
Metanol ishlab chiqarish Navoiyazot AJning 912 sexida amalga oshiriladi.
912 sex daslabki xomashyoni 909 sex yani asetilenning ishlab chiqarish jaroyonidagi ajralib chiqadigan chiqindi gazidan foydalaniladi.Metanol ishlab chiqarish sexi asosiy to’rtta bo’limga bo’linadi.
1. Tozalash bo’limi
2 .Sintez bo’limi
3 . Rektifikatsiya bo’limi
4. Saqlash bo’limi
Daslabki keladigan chiqindi gaz tarkibi
H2O
|
0.18%
|
C2H4
|
0.32%
|
H2
|
60.78%
|
S
|
0.62%
|
CO
|
28.22%
|
C2H6
|
0%
|
CO2
|
3.91%
|
|
|
СH4
|
5.352%
|
|
|
C2H2
|
0.038%
|
|
|
O2
|
0.43%
|
|
|
Ar
|
0.15%
|
|
|
Daslabki keladigan chiqindi gaz 6.5 MPa bosimda, 400 temperatura bilan tozalash bo’limiga keladi. U yerda gaz filtr yordamida qattiq qoldiq (temir qirindilaridan tozalanadi) keyin kompressor yordamida gazning bosimi 23 MPa
temperaturasi esa o’rtacha 108-1100 qizdirilib reaktorlarga yuboriladi
CHiqindi gazni tozalash
1.Birinchi va ikkinchi reaktorlar reagent rux asosiy vazifasi gaz tarkibidagi oltingugurtdan tozalash
|
Gazning kirishi
|
Gazning chiqishi
|
Temperatura
|
100-130
|
100-130
|
Bosim
|
23
|
22.1
|
Hajmi
|
96700
|
96700
|
2.Uchinchi reaktor reagenti mis asosiy vazifasi gaz tarkibidagi C2H2 dan tozalash
|
Gazning kirishi
|
Gazning chiqishi
|
Temperatura
|
130-200
|
161.8-231.9
|
Bosim
|
21.5
|
20.9
|
Hajmi
|
96700
|
96345-96337
|
3.To’rtinchi reaktor reagenti palladiy asosiy vazifasi gaz tarkibidagi C2H4 va O 2 dan tozalash
|
Gazning kirishi
|
Gazning chiqishi
|
Temperatura
|
90-180
|
138.2-227.2
|
Bosim
|
20.3
|
19.7-19.7
|
Hajmi
|
96345-96337
|
95945-95946
|
Tozalangan sintez-gaz 1-turbokompressorda 5-10 MPa bosimda siqiladi
va sirkulyasiyadan keluvchi gaz bilan aralashtiriladi, uni 2-turbokompressorda ishchi bosim hosil bo‘lguncha siqiladi. Aralashmani 3-chi adsorberdan o‘tkaziladi, u erda temir penta karbinoldan tozalanadi. Bu modda CO bilan jihoz temirini o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘ladi va reaktorda mayda dispers temir hosil qilib parchalanadi. Bunda CH4 va CO2 hosil bo‘lishi reaksiyalari maqsadga muvofiq emas. SHu sababga ko‘ra, shuningdek vodorod korroziyasini oldini olish uchun reaktor legirlangan po‘latdan yasalishi kerak.
Adsorberdan chiqadigan gaz ikki oqimga ajratiladi, bunda birinchi oqim 4-issiqlik almashtirgichda isitiladi va sintez uchun 5-reaktorning tepa tomoniga yuboriladi, boshqa oqim esa 5-reaktordagi katalizator qatlamiga sovuq xolda temperaturani boshqarib turish va isiqlikni sarflari uchun yuboriladi. Gaz yuqoridan pastga qarab katalizator qatlami bo‘ylab o‘tadi va reaktoran chiqqanda uning temperaturasi 30 0C teng bo‘ladi.
Ushbu gazni ham ikki oqimga ajratiladi: birinchi oqim 4-chi issiqlik almashtirgichdan o‘tadi va sintezga kelayotgan xom-ashyoni bir qismini isitishga xizmat qiladi, boshqa oqim esa 6-bug‘ generatoriga yo‘naltiriladi, uning issiqligidan yuqori bosimli bug‘ olishda foydalanladi. So‘ngra gaz oqimlari birlashtiriladi va 7-sovutgichda sovutiladi, u erda metanol kondensatsiyalanadi va 8-yuqori bosimli separatorda gazdan ajratiladi. Separatorning yuqorisidan kelayotgan gaz 2-chi sirkulyasiya kompressorida siqiladi va sintez jarayoniga qaytariladi.
Separatorni pastki tomonidan kelayotgan kondensat atmosfera bosimigacha drossellanadi va 9-chi rektifikatsiya kolonnasida metanol yoqish uchun kelayotgan erigan gazlar va uchuvchan mahsulotlardan (dimetil efiri) ajratiladi. 10-chi rektifikatsiya kolonnasida metanol xaydaladi, bunda metanolning tozaligi 99,95%, chiqimi 95% tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |