ISHQORIY VA ISHQORIY-YER METALLAR.
1. Ishqoriy metallar nima sababdan kerosin ichida saqlanadi.
Havoda oksidlanadi.
2. Ishqoriy metallarning havoda oksidlanish reaksiyalarini yozing.
Litiy oksid hosil qiladi, qolganlari esa peroksidlar hosil qilib oksidlanadi.
3. Ishqoriy metall oksidlarini ularning peroksidlaridan qay yo’l bilan olish mumkin
shu metalni Peroksidi bilan birgalikda qizdirish orqali
4. Ishqorlar nima sababdan suvda juda yaxshi eriydi
Metall ionlarining zaryadi kichik, radiusi esa kattaligi uchun
5. Peroksidlarga issiq va sovuq suv ta’siri reaksiya tenglamalarini yozing.
Na2O2+H2O→NaOH+H2O2 sovuq
Na2O2+H2O→NaOH+O2 issiq
6. Ishqorlar texnikada qanday yo’l bilan olinadi
Xloridlarining suvdagi eritmasini elektroliz qilib
7. Ishqoriy metallarning karbonat va bikarbonat tuzlari haqida nimalarni bilasiz.
Ishqoriy metallar (Li dan boshqasi) karbonat (Na2CO3) va bikarbonatlar NaHCO3 hosil qiladi. Na dan Cs ga tomon ular bikarbonatlarining issiqqa chidamliligi oshib boradi. Karbonatlari suvda yaxshi, bikarbonatlari esa yomon eriydi.
8. Natriy va kaliyning qaysi tuzlari cho’kma va ular haqida nimalar bilasiz.
Natriy va kaliy tuzlarining deyarli hammasi suvda yaxshi eriydi. Faqat Na[Sb(OH)6], KHC4H4O6, K3[Co(NO2)6] birikmalari suvda erimaydi. Analitik kimyoda, ko'pincha, shu tuzlarning hosil bo'lishiga qarab K+ va Na+ topiladi.
9. Natriyning eng ko'p uchraydigan birikmalari — natriy xlorid NaCl (osh tuzi), natriy nitrat (NaNO3 ) silvinit (KCl • NaCl) va glauber tuzi (Na2SO4 • 10H2O) dir.
10. Kaliyning eng ko'p uchraydigan birikmalari
silvinit (KCl • NaCl), karnallit (KCl • MgCl2 ■ 6H2O), kainit (KCl • MgSO4 • 6H2O) va kaliy xlorid (KCl) dir.
11. Osh tuzining asosiy konlarini sanang
Donbassda, Janubiy Uralda, Orenburg shahri yonida, Kavkaz, O'rta Osiyo va Qozog'istondadir.
12. Kaliyli tuzlar qayerlarda ko’proq uchraydi
Dunyoda kaliyli tuzlarning eng katta qismi Uralda — Solikamskda (silvinit KCl•NaCl va karnallit KCl • MgCl2 ■ 6H20 minerallari) topilgan. Belorussiyada (Soligorsk shahrida) kaliyli tuzlarning katta qatlamlari bor
13. Natriy metalini 3 xil, kaliy metalini 2 xil usulda oling.
Natriy ––– a) NaCl va b) NaOH suyuqlanma elektrolizi,
Kaliy ––– a) KC1 + Na → NaCl + К b) KOH + Na → NaOH + К
c) Na2CO3 + 2C → 2Na + ЗСО
14. Natriy va kaliyning fizik xossalarini sanang
Natriy va kaliy juda plastik, yumshoq, elektr toki va issiqlikni yaxshi o'tkazadi. Natriy va kaliy — kumush rangli oq metallar, natriyning zichligi 0,97 g/sm3
, kaliyniki — 0,86 g/sm3. Natriy 97,8°da
suyuqlanib, 900°da qaynaydi. Kaliy esa 69,5°da suyuqlanib, 776°da qaynaydi. Ikkala metall ham suvdan vodorodni shiddatli siqib chiqaradi.
15. Natriy metali va uning birikmalari ishtirokida boradigan 10 xil reaksiya yozing
16. Kaliy metali va uning birikmalari ishtirokida boradigan 10 xil reaksiya yozing
17. Natriy va kaliy metallari nima maqsadlarda ishlatiladi
Natriy va kaliy o'zlarining peroksidlari va amidlarini (Na2O2, K2O2, NaNH2, KNH2) olishda, ularning qotishmalari yadro reaksiyalarida issiqlik tashuvchi sifatida, titan ishlab chiqarishda, organik moddalarni sintez qilishda, metall-organik birikmalar olishda ishlatiladi.
18. Natriy va kaliy ishqorlarining fizik xossalarini ayting
Natriy va kaliy ishqorlari oq xira tusli qattiq moddalar bo'lib, 300 — 400°da eruvchan kristallardir. Suvda va spirtda yaxshi eriydi. Kuchli elektrolitlar bo'lganligi uchun suvdagi eritmalarda to'liq dissotsilanadi. Havo namligini va havodagi karbonat angidridni yutish xususiyatiga ega bo'lganligi uchun ular gazlarni qurituvchi sifatida ham qoilaniladi. Bu ishqorlarning suvli eritmalari havodagi karbonat angidridni yutish xossasiga ega.
19. Sovuq va issiq ishqor eritmalarining xlor gazi bilan reaksiya tenglamasini yozing
2NaOH + Cl2 → NaCl + NaClO + H2O (sovuqda)
6NaOH + 3Cl2 → 5NaCl + NaClO3 + 3H2O (70°C gacha qizdirilganda)
20. KCl tuzidan bertole tuzi olindi. Reaksiyada ishtirok etgan xlorning ekvivalentini aniqlang
21. Na, K, Ca, Mg, Zn va Hg metallarining kons: (nitrat, sulfat va xlorid) kislotalarga ta’sir reaksiyasini yozing.
22. NaOH sanoatda nima maqsadlarda ishlatiladi.
neft mahsulotlari, benzin va kerosinni begona moddalardan tozalashda, sun'iy ipak sanoatida, konchilik sanoatida, soda ishlab chiqarishda va kimyo sanoatining boshqa tarmoqlarida ishlatiladi.
23. Na, K, Ca, Mg, Zn va Hg metallarining suy: (nitrat, sulfat va xlorid) kislotalarga ta’sir reaksiyasini yozing.
24. Na, K, Ca, Mg, Zn va Hg metallarining juda suy: (nitrat, sulfat va xlorid) kislotalarga ta’sir reaksiyasini yozing.
25. Tuproqda kaliy va uning birikmalari kam bo'lsa .......
Kaliy o'simliklarning oziqlanishi uchun zarur element hisoblanadi. Tuproqda kaliy
va uning birikmalari kam bo'lsa, hosildorlik ancha kamayib ketishi mumkin, Kaliy asosida hosil qilinadigan birikmalarning 90 % ga yaqin qismi o'g'itlar hosil qilish maqsadlarida ishlatiladi.
26. tozalanmagan o'g'itlar — .....
bular kaliy va natriyning xlorli birikmalaridir. Silvinitlar (KCl • NaCl) va magniy
bilan kaliy tuzlarining birikmalari (MgSO4 • KCl • 3H2O) kainit deyiladigan minerallardan tolqonsimon qilib tayyorlanadi;
27. konsentrlangan o'g'itlar —
kaliy xlorid va kaliy sulfat tuz-larini qayta ishlash natijasida hosil qilinadigan
o'g'itlar bo'lib, konsentratlar deyiladi, chunk! bu o'g'itlar aralash o'g'itlarni kaliy birikmalari bilan boyitish asosida hosil qilinadi, tarkibida potash K2CO3 bo'ladigan yog'och va torf kuli ham konsentrlangan o'g'itlarga kiradi.
28. Kalsiyning fizik xossalari.
Kalsiy kumush rang-oq va ishqoriy metallarga qaraganda ancha qattiq, lekin yengil metalldir.
Zichligi 1,55 g/sm3 ga teng. Kalsiy 850°da suyuqlanib, 1482°da qaynaydi.
29. Kalsiyning tabiiy izotoplarini sanang
Tabiiy kalsiy massa sonlari 40 (asosiy izotopi), 42, 43, 44, 46 va 48 bo'lgan oltita
izotopi aralashmasidan iborat.
30. Nima sababdan kalsiy og'zi zich berkitiladigan idishlarda yoki kerosin ostida saqlanadi
Kalsiy havoda oson oksidlana-di, shuning uchun u og'zi zich berkitiladigan
idishlarda yoki kerosin qavati ostida saqlanadi.
31. Kalsiy qaysi metallar bilan qotishmalar hosil qiladi
Kalsiy turli metallar bilan masalan, Zi, Mg, Pb, Cu, Be, Zn, Cd, Al, Ag, Hg
tegishli qotishmalarni hosil qilishi mumkin.
32. Kalsiy nam havoda qaysi moddalar bilan to'g'ridan to'g'ri kimyoviy reaksiyaga kirishadi.
Kislorod, azot va suv bilan.
33. Kalsiy kisorod , vodorod , galogenlar , oltingugurt va azot bilan qanday haroratlarda birikadi.
Reaksiya tenglamalarini yozing.
kisorod bilan 350 – 450 °C da, vodorod bilan 150—170 °C da, galogenlar bilan
400 °C da, oltingugurt va azot bilan 300—400 °C da birikadi:
Ca + H →CaH + 45,88 kkal
Ca + Cl2→ CaCl2+ 190,0 kkal
Ca + l/2O2→ CaO + 151,7 kkal
Ca+S→CaS+ 115,3 kkal
2Ca + N2→Ca2N2+ 102,3 kkal
34. Kalsiyning ammiak bilan reaksiya tenglamasini yozing(qizdirilganda).
Kalsiy qizdirilganida gaz holdagi ammiak bilan reaksiyaga kirishib, aralash amid
hosil qiladi. Uni kalsiy diamid (Ca(NH2)2) va kalsiy (CaH2) gidrid hosil qiladi.
35. Kalsiyning har xil konsentratsiyadagi kislotalarga munosabati qanday
Kalsiy suyultirilgan kislotalar bilan kimyoviy reaksiyaga oson, konsentrlangan
kislotalar bilan esa qiyin reaksiyaga kirishadi.
36. Kalsiy oddiy sharoitda qaysi moddalar bilan reaksiyaga kirisha oladi. Reaksiya tenglamalarini yozing.
oddiy sharoitda: havoda → CaO, Ca3N2
suv bilan → Ca(OH)2
spirt bilan → Ca(OC2H5)
ftor bilan → CaF2
suyultirilgan kislotalar bilan → (HCl, H2SO4, HNO3)
tegishli tuzlar (CaCl2, CaSO4, Ca(NO3)2) hosil qiladi;
37. Kalsiy qizdirilganda qaysi moddalar bilan reaksiyaga kirisha oladi. Reaksiya tenglamalarini yozing.
qizdirilganda: vodorod bilan → CaH2
kisiorod bilan → CaO
galogenlar bilan → CaX,(X = Сl, Br, J)
oltingugurt bilan → CaS
azot, fosfor, arsen, surma bilan → Ca3N2, Ca3P2, Ca3As2,
Ca3Sb2 uglerod bilan → CaC2
gaz holidagi ammiak bilan → Ca(NH2)2 + CaH2 larni hosil qiladi.
38. Kalsiy metali sanoatda qaysi metallarni olishda qaytaruvchi sifatida ishlatiladi.
(Na, K, Rb, Cs, Cr, Ti, Zr, Th)
39.So'ndirilgan ohak nima maqsadlarda ishlatiladi.
Uyni suvash ishlarida, g'ishtlarni bir-biriga mahkamlashda sement o'rniga ishlatish mumkin.
40.Ohakning qotishini reaksiya yordamida ifodalang.
Ca(OH)2 + CO2 havodan → CaCO3 + H20
41.20°C da 0.5 litr suvda necha gramm kalsiy gidroksid eriydi.
0.8 g kalsiy gidroksid eriydi
42. Kalsiyning tabiatdagi kalsit ,dolomit minerallari formulalarini korsating.
Kalsit- (CaC03), Dolomit-(CaC03 • MgC03)
43.Xlorli ohak qanday hosil qilinadi. Uning hosil bo'lish reaksiyasi
2Ca(OH)2 + 2C12 → CaCl2 + Ca(OCl)2 + 2H20
Ca(OH)2 + 2NaOH + 2C12 → Ca(OCl)2 + 2NaCl + 2H20
44. Xlorli ohak nima maqsaqlarda ishlatiladi.
Xlorli ohak to'qimachilik sanoatida, qog'oz sanoatida va dezinfeksiya ishlarida keng qo'llaniladi.
45. Suvning qattiqligi tarkibidagi tuzlarning miqdoriga qarab qanday turlarga bo’linadi.
Suvning qattiqligi tarkibidagi bu tuzlarning miqdoriga qarab doimiy, muvaqqat va
umumiy qattiqlikka bo'linadi.
46. Suvning muvaqqat qattiqligi deganda nimani tushunasiz va u haqida nimalar bilasiz.
Suvning muvaqqat qattiqligi deganda tarkibida kalsiy va magniyning
bikarbonatlari bor suv tushuniladi. Bunday suv ohistalik bilan qizdirilganda, bikarbonatlar
karbonatlarga aylanishi natijasida suvning tagiga cho'kadi va qattiqligi yo'qoladi: Ca(HC03)2 → CaC03 + H20 + CO2
47. Suvning doimiy qattiqligi deganda nimani tushunasiz va u haqida nimalar bilasiz.
Kalsiy va magniy sulfat tuzi erigan suv doimiy qattiqlikka ega bo'lgan suv
deyiladi. Bunday tuzli suvni qaynatish yo'li bilan yumshatib bo'lmaydi. Uni kimyoviy ishlov berish orqaligina yumshatish mumkin.
48. Suvning umumiy qattiqligi deganda nimani tushunasiz va u haqida nimalar bilasiz. U qanday ifodalanadi.
Muvaqqat va doimiy qattiqlikning yig'indisi umumiy qattiqlik deyiladi. Suvning
umumiy qattiqligi 1 litr suvdagi kalsiy va magniy ionlarining milligramm-ekvivalentlari yig'indisi bilan ifodalanadi. Shuning uchun bunday suvda 20,04 mg/l Ca2+ yoki 12,16 mg/l Mg2+ ionlari bo'lishi ko'zda tutiladi.
49. Nima uchun qattiq suvni bug' qozonlarida ishlatib bo'lmaydi.
Bu tuzlar qozonning sirtida quyqa hosil qiladi va qozon tubiga cho'kib, ortiqcha
miqdordagi yoqilg'i yoki elektr quwati talab qiladi.
50. Suvning qattiqligini kimyoviy ishlov berish natijasida yo'qotish (yoki yumshatish) mumkin. Ular ichida qanday usullar ahamiyatli: Reaksiya yordamida ifodalang.
So'ndirilgan ohak bilan ishlash (Ca(OH)2), soda (Na2C03) bilan ishlash, kationitlar
bilan ishlash. Hozir shu maqsadda alumosilikatlardan ham (Na2Al2Si4012) foydalanilmoqda.
Reaksiya tenglamalari;
1.Ca(HC03)2 + Ca(OH)2 → 2CaC03+ 2H20;
2.Ca(HC03)2+ Na2C03 → CaC03 + 2NaHC03;
3.Na2C03 + CaS04 →CaC03 + Na2S04;
4.Ca(HC03)2 + Na2AI2S208→CaAl2S208 * nH20 + 2NaHC03;
5.Na2Al2S208 • nH20 + CaS04 → CaAl2S208 • nH20 + Na2S04
51.Keyingi vaqtlarda suvning qattiqligini kimyoviy ishlov berish natijasida yo'qotish uchun tarkibida aminogruppa bor polimerlardan foydalanilmoqda.
Aminograppalar suvli eritmada nima uchun xizmat qiladi.
Aminograppalar suvli eritmada kislotalarni bog'lash uchun xizmat qiladi. Bunda tegishli tuzlar hosil qilish natijasida suvdagi kislotalar yo'qotiladi. Bu vaqtda quyidagi reaksiya ketishi mumkin:
Z • NH2 + HC1 → [Z • NH3]C1
Do'stlaringiz bilan baham: |