Farg’ona tumanidagi
Umumiy o’rta ta’lim maktab
9- sinf o’quvchilari uchun
ILM URUG’INI SOCHSANG
ELGA HOSIL BERGUSI.D.I.MENDELEYEV
Kimyo fanidan
Qiziqarli savollar
2018-yil
Tayyorladi: 2-IDUMI Kimyo fani o’qituvchisi
Chimiyon: Sodiqov B
UGLEROD GURUHCHASI
1. Elektronlarni oson beruvchi va oson biriktirib oluvchi elementlar oralig'ida nechanchi guruh turadi?
J: 4-guruh
2. CH4 yoki SiH4 ning asos yoki kislota xossalarini namoyon qilmasligiga sabab nima?
J: С va Si elektrmanfiyliklari vodorodnikiga yaqin bo'lganligi
3. Uglerodning sun’iy allotropik shakl o'zgarishi...
J: Karbin
4. Uglerod erkin holda qanday ko'rinishlarda uchraydi?
J: Grafit va olmos
5. Olmosning kristall panjarasida 1 ta С atomi nechta uglerod atomi bilan bog'langan bo'ladi?
J: 4 ta
6. Qaysi modda issiqlikni yaxshi o'tkazib, elektr tokini yomon o'tkazadi?
J: Olmos
7. Metall yaltiroqligiga ega, yumshoq, qora rangli kristall moddani aniqlang.
J: Grafit
8. Qurum va koks uglerodning qaysi allotropik ko'rinishidan tuzilgan?
J: Grafit
9. Karbinda С atomlarining o'zaro bog'lanishi fazoviy holatda qanday bo'ladi?
J: Chiziqli
10. Karbinning nechta turi bor?
J: 2 ta: poliin va polimetilen tuzilishli
11. Uglerodning 80-yillar oxirtarida kashf qilingan allotropik shakl o'zgarishi qaysi?
J: Fulleren
12. Gazsimon ugierod qattiq hoiatga o'tganida hosil bo'ladigan modda ...
J: Fulleren
13. Tog' jinslari nurashiga sabab bo'luvchi modda qaysi?
J: C02
14. Uglerodga eng boy qazilma nima?
J: Toshko'mir
15. Uglerodning yer qobig'ida tarqalish miqdori (foizda) qancha?
J: 0,023%
16. O'zbekistonda ko'mir qazib olinadigan konlar...
J: Sharg'un, Boysun, Angren
17. Uglerodning nechta izotopi bor?
J: 8 ta (9 -16)
18. Ugierod qaynash haroratigacha qizdirilganida qanday hodisa yuz beradi?
J: Sublimatlanadi
19. Bir moddaning yuzasida ikkinchi moddaning yutilishi qanday ataladi?
J: Adsorbsiya
20. Yuzasida yutilish jarayoni yuz beradigan modda ...
J: Adsorbent
21. Adsorbentlik xossalarini namoyon qiluvchi moddalar qanday agregat holatlarda bo'ladi?
J: Suyuq va qattiq
22. Moddaga tashqi muhitdan boshqa moddalarning yutilishi nima deyiladi?
J: Sorbsiya
23. Biror modda sirtiga yutilgan modda qanday ataladi?
J: Adsorbtiv
24. Ko'mirning yutish yuzasi qanday orttiriladi?
J: O'ta qizigan suv bug'i bilan
25. Uglerod qaysi galogen bilan bevosita ta’sirlashadi?
J: Ftor (CF4 h/q)
26. Uglerod kislorod bilan necha xil oksid hosil qila oladi?
J: 2 xil: CO va C02
27. Rangsiz, hidsiz, o'ta zaharli, havodan yengil, suvda kam eriydigan befarq oksidni ayting.
J: CO
28. Suyuq holatidan ko'p miqdorda issiqlik yutib, oq qattiq massa hosil qiladigan oksid ...
J: C02
29. Quruq muz qanday olinadi?
J: Suyuq C02 ni bug'latib
30. C02 ta’sirida yonish yuz beradimi?
J: Ha; masalan, Mg unda yonadi
31. Kislotalarni neytrallashda qaysi moddalardan foydalanish mumkin?
J: Karbonatlardan
32. Qaysi metallarning karbonatlari qizdirilganida parchalanmaydi?
J: Ishqoriy metal! karbonatlari
33. O‘t o'chirish ballonlarini zaryadlashda qo'llaniladigan moddani ko'rsating.
J: NaHCO3
34. Soda olishning ammiak usulini kim, qachon yaratgan?
J: 1863-yili E.G.Solve
Do'stlaringiz bilan baham: |