Tadqiqotning natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu magistrlik tadqiqoti davomida qo`lga kiritilgan natija va xulosalar Angliya adabiyoti, chet el adabiyoti, chet el bolalar adabiyoti, stilistika, adabiyotshunoslik nazariyasi kabi fanlarning tegishli o`rinlarini yoritishga yordam beradi. Shuningdek, bu natija va xulosalardan yuqorida zikr etilgan natijalar bo`yicha ma’ruza matnlarini tayyorlashda, malakaviy bitiruv ishlari va dissertatsiyalar yozishda, sohaga doir lug`atlar yaratishda bemalol foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |