Tadqiqot obyekti va predmetining belgilanishi. Tadqiqotimiz manbai qilib Joan Roulingning “Garri Potter” asari olindi. Mazkur asarda tasvirlangan obrazlar, joylar va qahramonlar ismlari uning predmetini tashkil etadi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Ushbu magistrlik dissertatsiyasining maqsadi zamonaviy ingliz bolalar yozuvchisi Joan Roulingning “Garri Potter” asaridagi stilistik o`ziga xoslikni o`rganish. Tadqiqotning maqsadi uning quyidagi vazifalarini belgilaydi:
Angliya bolalar adabiyotining tarixi va rivojlanish bosqichlarini o`rganish;
Yozuvchi Joan Roulingning hayoti va adabiy faoliyati, shuningdek, uning “Garri Potter” asarining yaratilish tarixi haqida ma’lumot berish;
“Garri Potter” asarida zamon va makonning ifodalanishini ochib berish;
Asarda tasvirlangan sehrgarlar obrazlarini tahlil qilish;
Joan Rouling tomonidan “Garri Potter” asarida qo`llangan antonomasiyalarni tahlil qilish orqali yozuvchi mahoratini o`rganish;
Yozuvchi Roulingning asarda xalq og`zaki ijodiga yondashuvini tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |