Udk: ziyodullayeva mahbuba



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/55
Sana31.12.2021
Hajmi1,36 Mb.
#215546
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
Bog'liq
buyruq-istak maylining ingliz va ozbek tillarida lingvokulturologik tadqiqi

 
 
 
 
 
2. Buyruq-istak mayli. Ish-harakatni bajarish-bajarmaslik haqida buyurish, istash, 
so‘rash,iltimos, maslahat,chaqiriq kabi ma’nolarni ifodalaydi. Buyruq-istak 
maylidagi fe’l xabar maylidan farqli ravishda maxsus mayl ko‘rsatkichlariga ega 
bo‘lib, bu mayl quyidagicha tuslanadi:  
 
 
 
 
 
Birl i k  
 
K o‘ p l i k  
 
1-
shaxs 
2 -
haxs  
 
3- 
haxs  
 
yoz+ay, 
ishla+yin  
 
yoz (yoz+gin),  
ishla(ishla+gin)  
yoz+sin, 
ishla+sin  
 
yoz+aylik, 
ishla+ylik  
 
yoz+ing, ishla+ng, 
ishla+ngiz yoz+sin 
(lar), ishla+sin (lar)  
 
Birinchi  shaxs  birligi  -(a)y  va  -(a)yin  affiksi  yordamida  yasaladi: boray, 


so‘zlayin. Bu  shaxsda  so‘zlovchining 
harakatni  bajarish  istagi
,  harakatga  bo‘lgan 
rag‘bati ifodalanadi: Mana bu kitoblarni o‘quvchilarga yetkazay. 
So‘zlovchining  o‘ziga  o‘zi  buyruq  berishi  mantiqqa  to‘g‘ri  kelmay-di,  shuning 
uchun  birinchi  shaxs  sof  buyruq  ma’nosida  ishlatilmaydi.  Xususan,  o‘zgaga 
bo‘lgan  murojaatda  istak  bilan  birga  iltimos  ham  ifodalanadi: Siz  bilan 
boray. Xuddi  shuningdek  hollarda  buyruq,  do‘q  ham  ifodalanishi  mumkin: Bu 
qilig‘ingni ikkinchi ko‘rmay! 
Birinchi shaxs ko‘plik faqat istakni emas, harakatga da’vat, iltimos kabi ma’nolarni 
ham  ifodalaydi.  Chunki  bu  shakl  so‘zlovchidan  tashqari  u  bilan  birga  bo‘lgan 
shaxslarni ham o‘z ichiga oladi: Bir yoqadan bosh chiqaraylik. Keling, mana shu 
ona-yer oldida so‘z beraylik. (P.Qodirov) 
Qat’iy  buyruq  ma’nosi  ikkinchi  shaxs  vositasida  ifodalanadi.  Chunki  bunda  nutq 
qaratilgan shaxsning o‘zi qatnashadi: Salim qoraga ayting, fermada hisob-kitobni 
to‘g‘rilab qo‘ysin. (H. F.) 
Bu  shaklda  sof  buyruq  bilan  birga  do‘q  qilish,  iltimos,  hatto  yalinish  kabi 
munosabatlar 
ham 
ifodalanishi 
mumkin: Yo‘qol, 
dedim! Ko‘zimga 
ko‘rinma!(do‘q). Stol ustiga qo‘ya qol (iltimos). Yo rabbiy, ilmimni ziyoda qilg‘il 
(o‘tinch). 
Ikkiichi shaxsning –gin\\ -gil affiksi bilan yasaluvchi shaklida esa buyruq ma’nosi 
kuchsizlanadi.  Bu  shakl  ko‘proq 
iltimos  yoki  oddiy  undash
,  da’vat  uchun 
qo‘llanadi: Boshingga  qilich  kelsa  ham  to‘g‘risini  gapirgin.  Otangga 
bo‘lmagil arzanda bandi, Bandidan chiqib bo‘l hunar farzandi. ( A.Jomiy) 
Uchinchi  shaxsda  harakatga  undash,  buyruq  ma’nolari  ikkinchi  shaxs  orqali 
bo‘ladi: Odamlar bilan yaxshi tanishsin, keyin menga uchrasin. (H. F.) 
Uchinchi  shaxsning  sof  buyruq  uchun  qo‘llanishi,  asosan,  majhul  nisbatdagi 
fe’llarda  uchraydi:Tuyaning  dumiga  bog‘lab  sazoyi  qilinsin.  (As.M.) Shuningdek, 


3-shaxs 
istak, 
iltimos 
kabi 
ma’nolarni 
ifodalash 
uchun 
ham 
qo‘llanadi: Farzandlarimiz murod-maqsadlariga yetishsin, qo‘sha qarishsin. 
Buyruq-istak  maylining  birinchi  va  uchinchi  shaxs  so‘roq,  taxmin,  o‘ylash  kabi 
ma’nolarni  ifodalovchi  vositalar  bilan  qo‘llana  oladi.  Ikkinchi  shaxs  shakli  esa 
bunday  xususiyatga ega  emas.  Bunga bu  shaxs  shakllarining ma’no  xususiyatlari 
sabab bo‘ladi. Masalan, ertaga kelaymi, ertaga kelsinmi, ertaga kelaymikin, ertaga 
kelsinmikin kabi qo‘llanish ko‘p uchraydi. 
Buyruq-istak  maylining  bo‘lishsiz  shakli  harakatning  bajarilish  ehtimoli  borligi, 
unga  ogohlantirish  kabi  ma’nolarda  ham  qo‘llanadi: Otlariga  ishonib  biror 
falokatga yo‘liqishmasin, tag‘in. 
Yordamchi  fe’llardan  faqat edi to‘liqsiz  fe’li  buyruq-istak  mayli-dagi  fe’llarning 
ikkinchi va uchinchi shaxs shakli bilan qo‘llana oladi: borgin edi, 
borsin edi 
kabi. 
Bunday qo‘llanish natijasida: 1) buyruq-istak mayli shakliga xos ma’no butunlay 
yo‘qoladi: bor borgin  edi,  aytma aytmagin  edi;2)  buyruq  -  istak  maylida 
harakatning  bajarilishi  mantiqan  kelasi  zamonga, edi to‘liqsiz  fe’li  bilan 
qo‘llanganda  esa  o‘tgan  zamonga  oid  bo‘ladi: kelsin -kelsin  edi; 3)  buyruq-istak 
shakli edi to‘liqsiz  fe’li  bilan  yoki  usiz  qo‘llanganda  ham  istak  ma’nosi 
ifodalanadi.  
 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish