Udk shirinova Aziza Dehqonovna Shavkat Rahmon she’riyatining poetik xususiyatlari


Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili)



Download 57,57 Kb.
bet4/5
Sana07.04.2022
Hajmi57,57 Kb.
#533015
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kirish namuna

Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili): Shavkat Rahmon ijodi o‘z davridayoq adabiy tanqidchilik va adabiyotshunoslikning diqqat-e’tiborida bo‘ldi, ushbu jarayon bugungi kunda ham davom etmoqda. Olima R.Mullaxo‘jayevaning fikricha, shoir she’rlari va umuman, ijodining o‘rganilishini obyekt qamroviga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga 80-yillar avlodining asarlariga o‘z vaqtida e’lon qilingan adabiy tanqid yo‘nalishidagi maqolalarni va ushbu davrga xos muammolar tadqiq etilgan monografiyalar, dissertatsiyalarni kiritish mumkin. Ularda bu avlod ijodini XX asr o‘zbek she’riyatining bir bosqichi sifatida olib qaragan mualliflar Shavkat Rahmon she’riyatini g‘oyaviy-tematik, poetik nuqtayi nazardan o‘rganib, yutuq va kamchiliklarini ko‘rsatib o‘tganlar3. Ikkinchi guruhni S.Mamajonov, B.Nazarov, N.Rahimjonov, I.Haqqulov, U.Azim, A.A’zam, U.Hamdamov, A.Mahkamov, N.Otaxonov, T.Adashboev, O.Abdullaev, Nabijon Boqiy, Nazar Eshonqul, Q.Rahimboeva, Z.Isomiddinov, R.Qo‘chqorov, M.Namozov, X.Ismoilov, Z.Mirzaeva, D.Rajabov, H.Ahmedova, Vafo Fayzullo, N.Jonuzoqov kabi olim va ijodkorlarning bevosita shoirning muayyan she’rlari, to‘plamlari, umuman, ijodi va hayoti obyekt bo‘lgan taqriz, maqolalari hamda esselari4 tashkil etadi.
Shavkat Rahmon ijodi e’lon bo‘lishi bilan olimlar e’tiborini tortdi. Ammo ilk qadamdayoq tanqidiy qarash bilan tahlilga tortganlar ham, shoir ijodini himoya qilganlar ham topildi. Ustoz adabiyotshunos Ibrohim Haqqul “Anglash va his qilish san’ati” maqolasida munaqqid Safo Ochil bilan bahslashdi va bir qator shoirlarning, jumladan, Shavkat Rahmonning she’rlari noto‘g‘ri tahlil qilinganini ta’kidladi. Shavkat Rahmonning “She’rlaringda baxt so‘zi kam uchrar degan do‘stimga”, “So‘z qudrati” singari she’rlarini noo‘rin tanqid qilganini tahlillar asosida dalillab berdi va munaqqidlar O.Sharafiddinov, B.Akramovlar ham shoirning bu she’rlarini e’tirof etganini ta’kidladi. Ustoz adabiyotshunos shunday xulosa qildi: “Demak, “Shavkat Rahmonning ko‘pchilik she’rlarida qanday fikr ilgari surilayotganiga tushunish qiyin”, – degan fikrlar ham asossizdir”5. Adabiyotshunos Qozoqboy Yo‘ldosh shoir she’riyatini talqin ham qildi, tahlilga ham tortdi. “Shavkat Rahmon tamomila o‘ziga xos shaxs va olamni mutlaqo o‘zgacha ko‘radigan, o‘zgacha tuyadigan, kutilmagan hayotiy manzaralar zamiridan fojia topa biladigan shoir edi. Uning baxti ham, baxtsizligi ham boshqalarga o‘xshamasdi”6. Darhaqiqat, Shavkat Rahmon ijodi haqida fikrlaganda, olimlarning tahlil va talqinlari alohidalik kasb etadi. Lekin Shavkat Rahmon ijodi, hayoti mavjud tadqiqotlarda u yoki bu darajada o‘rganilgan bo‘lsa-da, monografik tarzda o‘rganilmagan edi. 2020-yilning oxiriga kelib olima R.Mullaxo‘jayeva Shavkat Rahmon ijodini 80-yillar poetik tafakkurining yangilanishi kontekstida tadqiq etdi. Bu tadqiqot shoir ijodini o‘rganishda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda Shavkat Rahmonning hayot yo‘li, ijodining shakllanish bosqichlari yaxlit tadqiq etilgan. Ammo shoir ijodining poetik xususiyatlarini monografik tarzda tadqiq etish hali ham dolzarblik kasb etib kelmoqda. Bu esa mazkur tadqiqot mavzusining o‘rinli tanlanganini dalillaydi.

Download 57,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish