Tadqiqot ob'ekti va predmeti. Mazkur dissertasiya tadqiqotining ob'ekti – optsion shartnomalari, uning savdosini tashkil etuvchi ya’ni chiqaruvchi fond birjalari va boshqa qimmatli qog’ozlar bozori bilan aloqador institutlar xisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Dessertatsiya ishining asosiy maqsadi O'zbekiston fond bozorida mavjud muamolarningning hozirgi holatini baholash va uni iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida, xorijiy tajribani o'rgangan holda, uni bartaraf etish bo'yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. Qo'yilgan maqsadga muvofiq, magistrlik dissertasiyasining asosiy vazifalari bo'lib quyidagilar qo'yildi: yuqorida qo'yilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda, ushbu tadqiqotda quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Xalqaro fond birjalarini, shuningdek moliyaviy instrumentlarni o'rganish va mohiyatini aniqlash, ularni tasniflarga ajratgan holda ko'rib chiqish;
Fond birjalarida opsionlar savdosi tashkil qilishda Moskva fond birjasi va boshqa fond birjasi tajribalarini o'rganish;
Maskava fond birjalari tajribasini O'zbekiston sharoitida qo'llash istiqbollari yoritish;
O'zbekiston fond bozorining tahlil qilish va yuqoridagi xulosalarga asoslanib takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotni asosiy masalalari va farazlari. Opsoinlar sektorining xozirgi xolati va mavjud muammolar, ularni taqdiq etishning xorij tajribasini keng qo'llash yo'llari hisoblanadi.
Tadqiqot mavzusi bo'yicha adabiyotlar tahlili. O’zbekiston fond bozoiridagi xosilaviy qimmatli qog’ozlarning iqtisodiyotdagi ahamiyati,uni baholash ko'rsatkichlari va rivojlanishining nazariy va amaliy jihatlari Alimov I.I, N.X.Juamev, Richard Dj.Tyulz, Jon C.Hall, Burenin A.B, I.Butikov , Sh.Sh. Shoxa'zamiy va boshqa ko'plab tadqiqotchi va olimlarning kitoblaridan foydlalanildi..
Tadqiqotda qo'llanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqotning asosiy ilmiy manbalari bo'lib, O'zbekiston Respublikasida fond bozorida ijobiy muhitini yaratish va tashkil etishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qator ma’ruzalari,farmonlari, asarlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek jahon ommaviy axborot vositalari materiallari hisoblanadi.
Dissertatsiyada statistik guruhlash, tizimli tahlil qilish, qiyosiy taqqoslash, ilmiy-mantiqiy umumlashtirish usullari qoʼllanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |