81
Umumiy xulosalar
Iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot
texnologiyalari, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalari ommaviy
ravishda joriy etilayotgan hamda ulardan foydalanilayotgan bir vaqtda
fuqarolarimizning axborotga ortib borayotgan talab va ehtiyojlarini yanada
to„liqroq qondirish borasidagi sa‟y-harakatlar teletomoshabin, o„quvchi va
kitobxonlarni bee‟tibor qoldirmayapti.
Ayni paytda ommaviy axborot vositalarining texnologik jihatdan shiddat bilan
o„zgarishi uslublarning yanada sayqallashishiga, jilovlanishiga sabab bo„lyapti,
desak xato bo„lmaydi.
Jumladan, Oliy Majlis yig„inlarida, turli xil anjumanlarda, ijtimoiy-siyosiy
masalalarga bag„ishlangan bosh maqolalar, felyeton, pamfletlar, murojaatnomalar,
chaqiriqlar, deklaratsiyalar, gazeta va jurnallarda, shuningdek, radio va
televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlar nutqida ham tasviriy
ifodalarning ishlatilishi an‟ana tusiga kirganligi buning yorqin dalilidir. Til
jurnalist uchun muhim ish quroli hisoblanar ekan, undan unumli foydalanish har
bir ijodkorning so„z boyligi va tajribasiga bog„liq. Til shunday o„ziga xos tabiatga
egaki, uni odamlar ongiga zo„rlab yoki majburlab tiqishtirib bo„lmaydi. Til
dunyoni o„ziga xos tarzda ko„rish, bilish, idrok etish va anglash, ayni paytda
boshqalarga tayinli ta‟sir etishning qudratli quroli hisoblanadi. Tilni faqat kishilar
o„rtasidagi aloqa vositasi sifatidagina talqin etish insonning tabiiy tilini, bu
benihoya murakkab va muhtasham hodisani jo„nlashtirishdan aniq bir milliy qiyofa
yoki milliy-ruhiy zamindan mutlaqo mosuvo bo„lgan sun‟iy tilga tenglashtirishdan
boshqa narsa emasligi ma‟lum bo„ladi. Har bir so„z xalq tili, ko„ngliga yaqin
bo„lsa, u oson va tez singadi. Tildan unumli foydalanish, so„z qo„llash borasidagi
muammolar o„z yechimini topib borib, yuksaklarga, ko„zlangan maqsadlarga
erishmoqda. So„zlarning qo„llanish doirasi va imkoniyati cheksizligi matbuotga
ham o„z ta‟sirini o„tkazib kelmoqda. Keng ilm, jamoat ahli, o„quvchilar ommasi
matbuot orqali tilga e‟tibor beradilar, o„rni kelganda undan o„rganadilar, saboq
oladilar. Shunday ekan, jurnalist, siyosiy sharhlovchi tomonidan perifraza (tasviriy
82
ifoda)lardan samarali foydalanish, berilgan axborotni yanada sayqallashtirib
tinglovchiga yetkazish ko„zlangan maqsadlarga erishishda dasturil amal bo„lib
xizmat qilishi ayni muddaodir.
Bundan ko„zlangan maqsad axborotlashgan va axborotlar ko„lami kengaygan
bir davrda jamiyat ahliga aniq va ishonchli, muhim va zarur ma‟lumotlarni ta‟sirli
va ahamiyatli, tez va oson yetkazib berishdir. Keltirilgan ushbu fikrlarimizning
mohiyatini ikkinchi va uchinchi boblarimizda asoslab berdik.
Ushbu malakaviy bitiruv ishimizda tasviriy ifoda (perifraza)larning o„zbek
tilshunosligidagi o„rganilish darajasi, bugungi kundagi ahamiyati, roli, dolzarbligi
yuzasidan masala mohiyatiga yondashib, to„rtinchi hokimiyat degan tushunchani
yuzaga keltirayotgan ommaviy
axborot
vositalarida
perifraza
(tasviriy
ifoda)larning qo„llanilishi masalasiga to„xtalib, ishonchli ma‟lumot va misollar
bilan tanishtirib, asoslab berdik. Bu tahliliy asoslarimizdan ma‟lum bo„ldiki,
tasviriy ifodalar bo„yicha tadqiqotlarni davom ettirish, uning ochilmagan qirralarini
kashf etib, ilm ahliga taqdim qilish, ma‟noviy guruhlar doirasining salmog„ini
davom ettirish, ularni yanada kengroq sinonimlik, omonimlik xususiyatlarini
o„rganib, omonim, sinonim va izohli lug„atlarni tuzish va yaratish keyingi galdagi
vazifalardan bo„lib qolishidan dalolat berdi.
Shuni alohida ta‟kidlash joizki, Mustaqillik davrida O„zbekistonning Xalqaro
munosabatlari shakllandi, u teng huquqli suveren davlat sifatida jahon maydoniga
dadil kirib kela oldi. Ayni davrda mamlakatimizda so„z erkinligi qaror topdi. Til
bilan bog„liq muammolar orqali milliy tuyg„ularni ro„kach qilib, ulardan g„arazli
maqsadlarda foydalanishga chek qo„yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: