3
KIRISH.
Kirib kelgan XXI asr insoniyatning taraqqiyotida yangi yuqori
texnologiyalari, axborot texnologiyalari davri bo’lib insoniyat taraqqiyotida tub
burilishlarni asosi bo’ladi. Bu yangi davr ta’lim sohasiga ham o’zining ta’sirini
o’tkazadi ta’lim tizimi doimiy ravishda jamiyatning talab va ehtiyojlarini
qondirishga xizmat qilgan. Hozirgi kunda bizning jamiyatimiz ham bozor
iqtisodiyotiga asoslangan demokratik taraqqiyot yo’lidan bormoqda bozor
munosabatlariga asoslangan jamiyat yuqori texnologiyalar va axborot
texnologiyalariga asoslangan taqdirdagina ko’zlangan natijaga erishadi. Shu
sababli hozirgi kunda milliy fanimiz oldida jahon fani yutuqlarini tahlil qilish
o’zlashtirish hamda uni jamiyat taraqqiyotiga xizmat qildirish dolzarb
hisoblanadi.
Yangi sharoitda jamiyatda yuz berayotgan, tub siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
o’zgarishlar tarix fanining sifat o’zgarishlarini talab qiladi O’tgan asrning 90-
yillaridan tarix fanida uzoq vaqt hukm surgan metod va metodologiyadan voz
kechildi. Hamda bu sohada yangi metod va metodologiyani tadqiq etish amalga
oshirish boshlandi. Bizning milliy tarix fanimiz uzoq vaqt jahon tarix fani
metodologiyasidan
ajralib
qoldi.
Hozirgi
kunda
globallashuv
va
integratsiyalashuv jarayoni jadal borayotgan bir davrda O’zbekiston suveren
davlat sifatida jahon hamjamiyatida dadil qadamlar bilan kirib bormoqda.
Zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari, jahon fani erishgan yutuqlarni
o’zlashtirish mamlakatimizning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Biz
boshqa fanlar kabi jahon tarix fani erishgan yutuqlarni o’rganishimiz va ulardan
tarixiy tadqiqot metodologiyasida, tarixni o’rganishda unumli foydalanishimiz
hayotiy zaruriyat bo’lib qoladi.
Shu jihatdan qaraganda, tarixning mazmun-mohiyatini tushunish, anglash
va tarixiy tafakkurga doir zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqish, demak,
bugungi kunga kelib insoniyat bosib o’tgan zalvarli yo’l orqali o’tmish va hozirgi
paytdagi tarixchi olimlarimiz va faylasuflarimizning xulosalarini hisobga olgan
holda ularga yangicha yondashish lozim deb hisoblaymiz. O’tmishda to’plangan
4
boy tarixiy ilmiy merosni o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz
I.Karimov takidlaganidek, ”Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plagan
hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o’zida mujassam etgan nodir
qo’lyozmalarini jiddiy o’rganish vaqti keldi”
1
. Tarixiy tadqiqotlarni ilmiyligini
ta’minlash, uning mazmun-mohiyatini xolisona ochib berish uchun biz nafaqat
yurtimiz allomalarining asarlaridan balki, jahon tamaddun sivilizatsiyasiga ulkan
hissa qo’shgan G’arb faylasuflari, tarixchilari asarlarini tadqiq va tahlil qilish
orqali erishishimiz mumkin. Tarix fani metodologik muammolarni chuqur
o’rganish zamon talabi.
Do'stlaringiz bilan baham: