31
Bo‘lib o‘tgan tortushuvlardan so‘ng 1999-yil oktyabr oyida qabul qilingan
qonun bilan boshqaruv tizimida tubdan islohotlarni amalga oshirdi. Bu qonunga
ko‘ra shu vaqtgacha mamlakat siyosiy hayotida salmoqli o‘ringa ega bo‘lib
kelayotgan ayrim tabaqa vakillarga qonunchilik sohasiga aralashishni man etdi.
Xususan, bu qonunga ko‘ra shu vaqtgacha vorislik huquqi asosida o‘tib kelayotgan
graflar, gersoglar va baronlarga yuqori palatada
qatnashish va ovoz berish
huquqidan mahrum qilindi. Bu kabi ishlarga qo‘li urushi Leyboristlar hukumatini
islohotlarga jiddiy ravishda yondashayotganligini ko‘rsatar edi. Faqatgina 92 perlar
konservatorlarning leyboristlar bilan olib borgan kelishuviga asosan o‘z o‘rinlarini
vaqtinchalik saqlab qoldi. Ular Lordlar palatasida oliy dindorlar qatori huquqa ega
bo‘ldi. Bundan tashqari 600 dan ziyodroq aristokratlar sulolasiga mansub bo‘lgan
perlar o‘zlarining o‘rta asrlarda o‘rnatilgan va shu vaqtlargacha davom e`tib
kelayotgan huquqlaridan mahrum bo‘lishdi. Bunday aristokaratlar orasida qirollik
oilasiga aloqadar bo‘lgan ya`ni qirolicha Yelizavetta II ning o‘g`illari ( taxt vorisi)
shahzoda Charlz va York gersogi undan tashqari uning turmush o‘rtog`i Edinburg
gersogi, shuningdek uning amakivachalari bo‘lgan gersoglar Kept va Glosterlar
ham bor edi.
Leyboristlar hukumati hokimiyat tepasida turgan vaqtda lordalar palatasida
ko‘pchilikni konservatorlar tarafdorlari egallab turar edilar.
Toni Bler hukumat
tepasiga kelgan yilning o‘zida qabul qilgan 38 ta qonunini jamoa palatasi
tasdig`idan o‘tmadi. Toni Bler lordalar palatasining boshlig`ini konservatorlarga
yon bosganlikda aybladi, 1998-yil 24-noyabrda parlamentning 2-sesiyasi
boshlanish arafasida uni ochib berish maqsadida qirolicha Yelizavett II deputatlar
oldida so‘zga chiqdi. Lordalar palatasini isloh qilish vaqti hali kelmaganligini o‘z
nutqida bir necha bor takidlab o‘tdi. An`anaga muvofiq qirolicha so‘zga chiqqanda
hamma jim bo‘ldi. Qirolicha bundan tashqari o‘z
nutqida yana bir qancha
narsalarga ham to‘xtaldi. Bundan keyin qabul qilinayotgan har qanday qonunga
ovoz berish muddati uzog`i bilan 20 minut bo‘lishi va qonunlarning hajmi esa 270
moddadan ziyod bo‘lmasligi kerak edi. Bler qabul qilinayotgan qonunlarning
32
sifatli bo‘lishga alohida e`tibor qaratish kerakligini takidladi. Shuningdek u lordlar
palatasi peri bilan kelishilgan holda ishlash tarafdori ekanligini bildirdi.
Margaret Bekker 1998-yil iyul oyida Jamoa palatasi lideri sifatida o‘z ishini
boshlagan edi. 1999-yil 19-yanvarda Jamoa palatasi deputatlari e`tiboriga “Lordlar
palatasi” qonun loyihasi havola etildi. 16- mart kuni bu qonunni ovozga qo‘ydi va
340 deputat bu qonunni yoqlab ovoz began bo‘lsa 132 nafari esa qarshi ovoz berdi.
Bu majlisning keyingi kuni lordlar palatasi to‘g`risida debat bo‘lib o‘tdi. 1999-yil
11-noyabrda tasdiqlangan qonunga ko‘ra lordalar palatasining 759 lordidan 92
nafari o‘zining doimiy palata a`zosi ekanligi huquqini saqlab qoldi. 1999-yil
oktayabr oyidan 2000-yil mart oyigacha bo‘lgan vaqt orolig`ida palata a`zolarining
soni 1330 tadan 669 tagacha qisqardi
30
.
Konistitutsiyaviy islohot boshlangandan so‘ng hukumat qabul qilayotgan
qonunlar sifati oshdi. Uning faoliyatini tekshirish
uchun Qirollik komissiyasi
tuzildi. Bu komissiyaga Jon Ueykxem boshliq etib tayinlandi. Bu komissiya 2000-
yilda maruza qildi, unga ko‘ra parlamentning lordlar palatasi soni 550 kishigacha
kamaytirish, 67, 87 yoki 195 tasi hududiy o‘lkalardan ovoz berish yo‘li bilan
saylanishi belgilandi.
2000-yil 7-mart kuni Qirollik komissiyasi lordlar
palatasi mavzusida debat
shaklidagi uchrashuv o‘tkazdi. Bu uchrashuvda bir qator muhim masalalar o‘rtaga
tashlandi. Toni Bler 2000-yil 4-mayda qirollik komissiyasining faxriy a`zosi etib
qabul qilindi. Lekin 2000-yil 19-iyun kuni parlamentning jamoa palatasi
yig`ilishida u Qirollik komissiyasi faoliyatini qattiq tanqid qildi. Shu yig`ilishning
o‘zida uning o‘rniga Birlashgan komitet tuzilganligini aytib o‘tdi. Shu bilan
birgalikda bo‘layotgan islohotlarni tezroq tugatish zarurligi ham takidlandi.
30
Остапенко Г.С., Прокопов А.Ю. Новейшая история Велико британии: XX — начало XXI
века: Учеб. пособие. — М.: Вузовский учебник: ИНФРА-М, 2012. — ст.367.